Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet45/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Bi (tiamin) gipovitaminozida oyoqlar falaji yoki yarim falaji, harakat muvozanatining buzilishi, boshni orqaga qilish; B2 (riboflavin) gipovitaminozda





14-rasm. Vitamin B1 yetishmovchiligida
oyoqlarni falajlanishi



79




umumiy holsizlanish, oyoq barmoqlarining buralib qolishi, anemiya,
dermatitlar, ko‘zning xiralashishi, vaskulyarizatsiyasi (qontalash ko‘z):
B6 (piridoksin) gipovitaminozida oyoq va qanotlarning zaiflashuvi, nerv
qo‘zg‘alishining kuchayishi, ko‘z,
kloaka atrofida dermatitlar;
B3 - (pantoten kislotasi)
gipovitaminozida terining quruq
bo‘lishi, bo‘yinda va boshdagi
patlarning tushishi, ko‘z, quloq,
oyoq ostida terining qalinlashgan
joylarining paydo bo‘lishi, ba’zan
konyuktivit va keratitlar;
B5 (nikotin kislotasi)
gipovitaminozida teri funksiyasining
buzilishi, dermatitlar; PP gipovitaminozida og‘iz bo‘shlig‘ida va tilda
o‘zgarishlar (qora til); B12 (sianokobalamin) gipovitaminozida anemiya va
umumiy rezistentlikning pasayishi belgilari xarakterli bo‘ladi.
Davolash. Ratsionga hayvonot olamidan olinadigan va yashil oziqalar kiritiladi, oziqalarga achitqilar qo‘shiladi, atsidofilli preparatlar (PABK, ABK), vitaminlarning sintetik preparatlari: tiamin bromid, riboflavin, piridoksin, nikotinamid, xolin-xlorid, pantoten va folat kislotasi hamda polivitaminlar (multivit, chiktonik) tavsiyanomasiga asosan ishlatiladi.
Oldini olish. Parrandalarning B guruhi vitaminlariga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun ratsionga yashil oziqalar, o‘t uni, achitqilar, sut qoldiqlari, yog‘i olingan sut, go‘sht - suyak va baliq uni, o‘stirilgan donlar kiritiladi. Vitaminlarning sintetik preparatlari, makro - va mikroelementlar tuzlari qo‘llaniladi. 1 kg oziqa tarkibida B guruhi vitaminlari (mg): tiamin 1 - 2,5, riboflavin 4 - 6, piridoksin 4 - 8, pantoten kislotasi 6 -10, nikotinamid 30 - 50, biotin 0,1 - 0,2, xolin 1000 - 2000, folat kislotasi 0,6 - 2, sianokobalamin 10 - 15 bo‘lishi lozim.






Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling