Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet53/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Mashg‘ulotni maqsadi: Singamoz kasalliklari haqida tushunchalarni shakllantirish. Singamoz kasalliklarining kelib chiqish sabablarini aniqlash, klinik belgilarini farqlash, dastlabki tashxish qo‘yish va davolash haqidagi bilimlarini shakllantirish.
Kerakli jihozlar. Turli rasmli jadvallar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar, antgelmentiklar.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga singamoz kasalligining sabablari to‘g‘risida tushuncha beradi. Kasallikini diagnozini va davolash muolajalarini yozdiradi hamda amalda ko‘rsatib beradi.
Tayanch iboralari: Parranda, jo‘jalar, singamoz, A gipovitaminoz, broyler jo‘jalar, Syngamus trachea, Syngamus skrjabinomorpha, gelmentsizlantirish, piperazin tuzlari.
Singamoz - bu tovuq, kurka, sesarka va, shuningdek, yovvoyi parrandalar nafas yo‘llarining gelmentozlari bo‘lib, ungi singaride (Syngamidae) oilasiga kiruvchi ikki tur nematodalar Syngamus trachea va Syngamus skrjabinomorpha qo‘zgaydi. Ulardan singamus skryabinomorfa kam tarqalgan bo‘lib, faqat g’arbiy Gruziyada uchraydi. U qo‘zg’atadigan singamoz kasalligi veterinariya sohasida mutlaqo o‘rganilmagan. Shu sababli quyida Syngamus trachea qo‘zg’atadigan singamoz kasalligi haqida fikr yuritamiz. Singamuslar tovuq, kurka, sesarka, qirg‘ovul va boshqa ko‘pgina parrandalarning kekirdagida va bronxlarida parazitlik qiladi. Singamoz bilan asosan jo‘jalar kasallanadi va kasallik enzootiya ko‘rinishida o‘tib, parrandalarning ko‘pchiligi nobud bo‘ladi.


93




Qo‘zg’atuvchilari. Parrandalaming kekirdagidan yangigina olingan


singamuslar och qizil rangda, qon so‘rganlari esa jigar rangda bo‘lib, ularning
rangii yutgan qonga bog’liqdir. Jinsiy jihatdan yetilgan erkak va urg’ochi
singamuslar hamma vaqt bir-biriga birikkan holda bo‘ladi
Erkaklari urg’ochilaridan birmuncha kichik, og’iz kapsulasi yarim
sharsimon xitinlashgan bo‘lib, juda yaxshi rivojlangan. Erkaklarining uzunligi
2-4 mm, bursa va bir-biriga teng ikkita
spikulasi bor. Urg’ochilarining uzunligi
7-20 mm, jinsiy teshigi tanasining
oldingi qismida joylashgan. Tuxumlari
noto‘g’ri oval shaklda bo‘lib, uzunligi
0,070-0,095 mm, eni 0,039 - 0,044 mm,
ikkala uchida tiqini bor. 23-rasm. Syngamus trachea lichinkasi
Rivojlanishi. Urg’ochi singamuslar parrandalaming kekirdagiga tuxum
qo‘yadi, so‘ngra ularni tebranuvchi epitelial hujayralar og’izga qarab, suradi va
yutilib oshqozonga tushadi. Tuxumlar oshqozonda hech qanday o‘zgarmaydi,
invazion davrga yetmasdan turib tashqi muhitga chiqarib tashlanadi. Tashqi
muhitda issiq 270 C bo‘lsa, 8-9 kun ichida tuxumdagi lichinka ikki marta tullab,
o‘zining invazion davriga
yetadi. Tovuqlar yutgan
gelmentlarning invazion
tuxumlari oshqozon shiralari
ta’sirida erib, undan
lichinkalar ajralib chiqadi va
ichak qon tomirlariga o‘tib,
qon bilan o‘pkaga boradi.
O‘pka alveolalarida lichinkalar
yana ikki marta tullaydi,

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling