Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet51/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Qo‘zg‘atuvchining tuzilishi.
Gelmentlarning uzunligi 2,5 dan 12 sm
gacha (erkaklari 2,5-7 sm, urg‘ochilari
12 sm gacha) bo‘ladi.
Gelmentlarning boshi uchta katta
lab bilan o‘ralgan, dumida qanoti va 10
juft o‘simtasi hamda xitinlashgan jinsiy
spikulasi bor. Urg‘ochilarida tanasining
o‘rtasidan pastki tomonga qarab jinsiy
teshigi ochiladi. Tuxumi oval shaklda.
Rivojlanishi. Urg‘ochi askaridiy
tovuqning ingichka ichagiga tuxum
19-rasm. Ascaridia gallining tuzilishi. qo‘yadi. Tashqi muhitga tushgandan
keyin issiqlik va namlik yetarli bo‘lganda, lichinka paydo bo‘ladi. U tullagandan
keyin yetilib, invazion shaklga aylanadi.
Tovuq ozuqa yoki suv bilan
invazion tuxumni yutib yuborib
zararlanadi. Tovuqning jig‘ildonida
tuxum po‘sti parchalanib, ichidan
chiqqan lichinkasi ichak bo‘ylab harakat
qiladi, u ingichka ichakda joylashadi.
Tovuqning liberkyun bezlarining
ichida lichinkalar 18-20 kun davomida
rivojlanib, ingichka ichakka o‘tgach,
jinsiy voyaga yetadi. Buning uchun
28-40 kun vaqt talab qiladi (yozda-28, 20-rasm. Ascaridia gallining
kuzda-35, qishda-40, bahorda-30 kungacha). lichinkasi va tuxumi


90


Epizootologiyasi. Askaridoz kasalligiga asosan 2 dan 8-10 oylikkacha


bo‘lgan jo‘jalar va yosh tovuqlar chalinadi. Bunda gelment tuxumining
rivojlanishi uchun harorat 17-30 daraja, nisbiy namlik esa 100% gacha bo‘lishi
lozim.
Yoz faslida askaridiy tuxumlari 15-35 kunda rivojlanadi. Tovuq tezagidan
askaridiy tuxumi 1-1,5 kunda quyosh nurlari ta’sirida invazion xususiyatlarini
yo‘qotadi va zararsizlanadi. Qishda nobud bo‘lmay qolgan tuxumlar jo‘jalarga
kasallikni yuqtiradi. Askaridiylar tovuq organizmida 9-14 oygacha parazitlik
qiladi. Kasallik bahor va kuzda avj olib, qish va yozda nisbatan kam tarqaladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling