RAYETINOZ VA UNING OLDINIOLISH TADBIRLARI
Reja: 1. Rayetinoz haqida, qo‘zg‘atuvchisi, kasallikni kelib chiqish
sabablari.
Klinik belgilari, patogenezi, tashxisi.
Kasallikning oldini olish va davolash tadbirlari.
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga rayetinoz kasalliklari bilan kasallangan parrandalarni davolash usulini o‘rgatish.
Kerakli jihozlar: Turli rasmli jadvallar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar, kasal parranda.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga kasallik to‘g‘risida tushuncha beradi. Uni (tashxisi, davolash va oldini olishni) talabalarga yozdiradi.
Tayanch iboralar: Tovuq, jo‘ja, rayetinoz, parazit, qo‘zg‘atuvchi, sistematikasi, davolash vositalari. Raillietina tetragona, Raillietina echinobothrida, Raillietina penetrans, Raillietina volzi, Raillietina cesticillus.
Qo‘zg‘atuvchi sestodoz kasallik qo‘zg‘atuvchilari sistematikasi bo‘yicha Plathelmenthes tipiga, Cestoda sinfiga, Cyclophillidae turkumiga, Davaineidae oilasiga, Raillietina avlodlariga mansub bo‘lib quyidagi turlari keng tarqalgan: Raillietina tetragona, Raillietina echinobothrida.
Raillietina echinobothrida - strobilasining uzunligi 250 mm, eni 1-4 mm, differensial ahamiyatga ega bo‘lgan uch qismdan: boshchasi (skoleksi), bo‘yin va ko‘pgina bo‘g‘inlardan iborat. Skoleksi yumaloq shaklda bo‘lib, 8-10 qatordan iborat mayda xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan, xartumida ikki qator bo‘lib joylashgan, jami 200 ga yaqin xitinli ilmoqchalar bilan qurollangan.
102
Hamma jinsiy teshiklari bo‘g‘inlarning bir tomonida joylashgan.
Urug‘donlari 20-30 dona bo‘lib, bo‘g‘inlarning o‘rtada joylashadi. Jinsiy bursa
uzunroq 0,13-0,18 mm keladi.
Tuxumdon hamma bo‘g‘inlarning
o‘rta qismida to‘plangan va uning
orqasida sariqlik tanachalari
joylashgan. Yetilgan bo‘g‘inda
faqat bachadon qolgan bo‘lib, bir
necha kapsulaga bo‘lingan,
ularning har birini ichida esa 6-12
dona tuxum bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |