Kasallikni oldini olish - jo‘jalarni sestodlarning yuqishidan saqlash kerak. Buning uchun ularga alohida bino, hovli va maydon ajratilishi kerak. Tovuqxonalar iloji boricha tez-tez tozalanib, qaynoq suv bilan yoki kavsharlaydigan lampa bilan dezinvaziyalanishi kerak. Tovuqlarni sestodlardan to‘liq tozalash uchun qishda gelmentsizlantirish kerak. Tovuqlarning mollyuska, qo‘ng‘iz va boshqa oraliq xo‘jayinlari bilan oziqlanishiga va sestoda tuxumi bilan invaziyalanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Tovuq tezagi to‘planib biotermik usulda zararsizlantirilishi lozim.
Davolash Tovuqlarni davolash uchun vodorod bromidli arekolinning suvdagi (1:1000) nisbatdagi eritmasi ishlatiladi.
104
Guruh usulida feliksan preparati parrandalaming 1 kg tirik vazniga 0,5 g dan yemga aralashtirib 7 kun davomida berishning samarasi yuqori. Bu preparatning yuqorida ko‘rsatilgan dozasi oziqqa individual ravishda qo‘shib berilsa ham bo‘ladi.
Qalay arsenatni tabletka holida ishlatish uchun har bir tovuqqa quyidagi dozani taklif etish ham mumkin: uch- to‘rt oylik jo‘jalarga 0,07 g, to‘rt oydan olti oygacha 0,1 g; olti oydan katta tovuqlarga 0,2 g feliksan preparati, tovuq boshiga 0,5 g guruh usulida berilganda ham yaxshi natija beradi.
Nazorat savollari
Rayetinozni kelib chiqish sabablari?
Kasallik qo‘zg‘atuvchisining tuzilishi?
Tovuq rayetinozining epizootologiyasi?
Rayetinozni oldini olish va davolash tadbirlari?
105
TOVUQ EYMERIOZI VA UNING OLDINIOLISH TADBIRLARI
Reja: 1. Tovuq eymeriozining qo‘zg‘atuvchilari.
Eymerioz qo‘zg‘atuvchilarining xususiyatlari.
Klinik belgilari, patogenezi, tashxisi.
Kasallikning oldini olish va davolash tadbirlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |