Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


LABORATORIYADA KAPROLOGIK TEKSHIRISH TARTIBLARI


Download 2.16 Mb.
bet69/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

LABORATORIYADA KAPROLOGIK TEKSHIRISH TARTIBLARI
(Askaridioz, Eymerioz).
(Sam VMI kafedra laboratoriyalarida)
Reja: 1.
Patologik materiallami tayyorlash.

  1. T ovuq eymeriozining laboratoriya tashxisi.

  2. T ovuq askaridiozining laboratoriya tashxisi.

Mashg‘ulotning maqsadi: Laboratoriya mashg‘ulotlari kafedradagi zooparazitologiya laboratoriyasida olib boriladi, Talabalarga kaprologik tekshirish uchun namunalar olish, ularni tekshirish usullarini, mikroskopda kuzatishni o‘rganadilar. Natijalarni yozishib oladilar.
Kerakli jihozlar. Turli rasmli jadvallar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar, kasal parranda, askaridioz bilan kasallangan tovuq axlati, eymerioz bilan kasallangan tovuq fekali. Sentrafuga, Darling suyuqligi, stakanchalar, to‘yingan eritma.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga eymerioz, askaridiozga tashxis qo‘yishda kaprologik tekshirish usulini tushuntiradi, yozdiradi va amalda bajarib ko‘rsatadi.
Tayanch iboralar: Tovuq, jo‘ja, eymerioz, askaridioz, kaprologik, Darling usuli, Fyulleborn usuli, patmaterial, tezak, to‘yingan eritma, sentrifuga.
Laboratoriya tekshirishlari uchun xo‘jaliklardan keltirilgan patologik materiallarni (namunalarni) laboratoriyada kaprologik tekshirish uchun qaysi usullarda tekshirishlariga qarab tayyorlanadi. Kerakli bo‘ladigan reaktivlar va buyumlarni to‘g‘rilab olishimiz lozim.
Tovuq askaridioziga laboratoriyada kaprologik tekshirishda biz quyidagi usullarni qo‘llaymiz.
Gelment tuxumlarini flotatsiya qilish usuli (A.Fyulleborn usuli) Gelment tuxumlarining suyuqlik yuzasiga suzib chiqishi uchun osh tuzining to‘yingan eritmasi ishlatiladi, (solishtirma og‘irligi 1,18 ga teng). To‘yingan eritmani


115




tayyorlash quyidagicha: kostryulka yoki chelakda qaynab turgan suvga to‘yingan eritma hosil bo‘lguncha osh tuzi solinadi. Hosil bo‘lgan bu eritma paxta yoki doka orqali biror idishga suzib qo‘yiladi. Ushbu eritmani tayyorlash uchun 1 litr suvga 380-400 gr osh tuzi solinadi.
Tekshirish uchun 5-10 gramm tezak olinib, biror stakanga solinadi va bir qism tezakka 20 qism to‘yingan eritma solinadi. Hosil bo‘lgan aralashma shisha yoki yog‘och tayoqcha bilan aralashtirilib, simli to‘rdan yoki dokadan toza stakanga suziladi. Ushbu aralashma 30-40 daqiqa tindiriladi. Endi solishtirma og‘irligi to‘yingan osh tuzining solishtirma og‘irligidan kam bo‘lgan gelment tuxumlari eritma yuziga qalqib chiqadi. Keyin suv yuzini, (suv yuziga qalqib chiqqan gelment tuxumlarini) yupqa pardani sim ilmoqcha bilan kesib olinadi va bir necha tomchi suyuqlik buyum oynasi ustiga quyilib, usti qoplagich oyna bilan qoplanadida, mikroskopda tekshiriladi. Namuna tez qurib qolishi mumkin. Quriy boshlasa, qoplagich oyna ostiga pipetka bilan suv yoki teng miqdorda suyultirilgan glitserin tomiziladi. Simli ilmoq ishlatilgandan so‘ng spirt lampasi alangasida kuydiriladi.
Sherbovich usulida -
stakanga 5-10 gr fekali solinib, ustiga avval oz miqdorda so‘ngra bir qism tezakka 10 qism suv to‘g‘ri kelguncha suv quyib aralashtiriladi. Hosil bo‘lgan aralashma toza stakanga sim to‘rda suzilib, 10-15 daqiqa tindiriladi. Va ustki qismi boshqa idishga to‘kilib cho‘kma sentrifuga probirkalariga solinib, 2-3 daqiqa davomida aylantiriladi. Sentrifugada aylantirilgandan keyin suyuq qismi boshqa idishga quyiladi, cho‘kma ustiga esa giposulfitning to‘yingan eritmasidan qo‘shib aralashtirilib, yana 2-3 daqiqa sentrifuga aylantiriladi-da, so‘ngra probirka ustki qismi simli ilmoq bilan olinib mikroskopda tekshiriladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling