kasallangan jo‘ja o‘ lmaydi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar.
Jasad o‘ta oriq, ko‘rinarli shilliq
pardalari oqish tusda. Yorib
ko‘rilganda asosiy o‘zgarishlar
ichakda bo‘lib, ularning qay
darajadaligi eymeriyaning turi va
invaziyaning intensivligiga bog‘liq
bo‘ladi. Ichak bo‘shlig‘ida ivigan qon 32-rasm. Eimeria tenella bilan
laxtalari uchraydi. zararlangan jo‘ja ko‘richagi
Diagnoz qo‘yish. Diagnozni belgilashda xo‘jalikning epizootologik holati, yil mavsumi, parrandalarning yoshi, klinik hamda patologoanatomik o‘zgarishlari, laboratoriyada kaprologik tekshirish natijalari hisobga olinadi.
Jo‘jalar orasida ich ketishi boshlanishi va tezagi bilan qonli suyuqlik o‘tishi hamda ko‘plab o‘lishi eymeriozga gumon qilishga asos bo‘ladi.
Yakuniy diagnoz jo‘ja tezak namunasi yoki o‘lgan tovuq ichaklarining shikastlangan joyidan olingan qirindilarni mikroskop ostida Darling usuli bo‘yicha tekshirilib, oosistlar mavjudligiga asoslangan holda belgilanadi. Parrandalarni tirikligida aniq va ishonchli tashxisni qo‘yishda kaprologik tekshirish olib borilib, Eimeria tuxumlari topilgandan so‘ng tovuq eymerioziga tashxis qo‘yiladi.
Davolash. Tovuq eymeriozini davolashda bugungi kunda ko‘plab dori preparatlari ishlatiladi:
110
Amprolin eymeriostatigini 1 litr suvga 1 ml miqdorda 5-7 kun davomida uzluksiz qo‘llaniladi.
Amprolium 25 % preparati parrandaga beriladigan 1 kg yemga 0,5 gr hisobida qo‘shiladi.
DD-Toltra-25 eymeriostatigi 1 litr suvga 1 ml miqdorida 2 kun davomida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |