Klinik belgilari. Inkubatsion
(yashirin) davr 7-30 kun davom etib,
kasallik o‘tkir va surunkali kechadi.
Kasal jo‘jalarda ishtahaning
pasayishi, kam harakatlilik, nimjonlik, bir-
biriga tiqilib turish, issiqlikka intilish va
qanotlarining tushib (osilib) turishi
kuzatiladi. Ich o‘tishi boshlanib, och
sarg‘ish yoki yashil tusdagi, ko‘pikli va
yoqimsiz hidli axlat ajraladi. kasallangan kurka
Qon aylanishi buzilib, kasal parrandaning bosh terisi to‘q ko‘kimtir rangga
kiradi “Qora bosh” deb nomlanadi. Qonda eritrotsit va gemoglobin keskin
kamayib, 1-3 haftada kasal jo‘jalarning o‘limi boshlanadi.
Patologonatomik o‘zgarishlar. Bosh
terisi qoraygan, qorin bo‘shlig‘ida fibrinli
massa. Asosiy o‘zgarishlar ko‘r ichaklarda
bo‘lib, ular ko‘pikli sarg‘ish yoki qoramtir
massa bilan to‘lib turadi. So‘ngra
zichlashib, qattiqlashadi, uning
bo‘shlig‘ida eritrotsit, leykotsit va
gistomonadalarning to‘planishidan “tiqin”
hosil bo‘ladi.
34-rasm. Zararlangan ichki organlar
33-rasm. Gistomonoz bilan
113
Tashxis. Epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar, patologoanatomik o‘zgarishlar va mikroskopik tekshiruv asosida qo‘yiladi.
Laboratoriyada o‘ldirilgan kasal jo‘janing ichak shilliq qavatidan olingan surtmani “Ezilgan tomchi” usulida tekshirilganda, mikroskopda gistomonadalar topiladi.
Davolash va profilaktika. Kasallik oqibatidagi juda nimjon jo‘jalar o‘ldirilib yo‘qotiladi, qolganlari davolanadi.
Davolash uchun metronidazol (trixopol) tarkibli dorilarni 0,05 % miqdorda omuxta yemga qo‘shib, 9 kungacha (yo‘riqnoma asosida) qo‘llaniladi. Shuningdek, furazolidon va boshqa antibiotiklardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kasallikni oldini olish uchun jo‘jalarni katta yoshli parrandalardan ajratgan holda maqbul sharoitda asrash va to‘yimli ratsionda oziqlantirish talab etiladi.
Nazorat savollari:
Kurkalar gistomonozi kelib chiqish sabablari?
Gistomonoz biologiyasi?
Gistomonozning patologoanatomik o‘zgarishlari?
Gistomonozga tashxis qo‘yish usullari?
Kurkalar gistomonozini davolash usullari?
114
Do'stlaringiz bilan baham: |