Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Tovuq eymeriozida laboratoriya sharoitida kaprologik usulda tekshirishda quyidagilarni bilishimiz kerak bo‘ladi


Download 2.16 Mb.
bet70/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Tovuq eymeriozida laboratoriya sharoitida kaprologik usulda tekshirishda quyidagilarni bilishimiz kerak bo‘ladi.
Eymeriyalarning xususiyligi - bu avlodga mansub eymeriyalar bir biriga juda o‘xshash bo‘lishsada, biroq ular evolyutsion taraqqiyoti jarayonida moslashgan birgina hayvon turida parazitlik qilishadi.


116




Eymeriyalaming qat’iy xususiyligi nafaqat xo‘jayinga nisbatan balki, organizmning uchrash joyiga, organ va to‘qimalarida parazitlik qilish xususiyati ham aynan o‘ziga xos bo‘ladi.
Eymeriyalarning turlarini va rivojlanishini o‘rganish, jo‘jalarni eksperimental zararlab tajriba o‘tkazish maqsadidagi tadqiqotlarimizda eymeriyalarning yuqoridagi biologik xususiyati yana bir marta tasdiqlandi.
Oosistlarini ajratib olishda VNIVIP, M.V.Krilov metodikasi bo‘yicha stakanchalarda jo‘jalarning axlati olindi, ustiga kaliy bixromat tuzining 2 % li suvdagi eritmasidan ozroq qo‘yildi va yaxshilab aralashtirildi. Keyin 1:20 nisbatda 2 % li kaliy bixromat tuzining eritmasi solindi. Doka yoki simli to‘r suzgichdan o‘tkazildi va suyuq aralashma sentrafuga probirkalariga quyilib, 2500 aylana tezlikda 5 minut davomida sentrafuga qilindi. Probirkalardagi suyuqlikning ustki qismi boshqa idishga to‘kilib, cho‘kmasi qoldirilib, cho‘kmaga osh tuzining to‘yingan eritmasidan solindi va keyin yaxshilab aralashtirildi. Sentrafugada 10 minut davomida 1500 aylana tezlikda qayta sentrafuga qilinadi. Probirkalar ustki qismi to‘kib tashlanib, tagidagi cho‘kma qismi boshqa idishga yig‘ib olinib ustiga toza suv (1:10) nisbatda qo‘yilib, 1-2 kun saqlanadi. Tindirilgan idishning ustki qismini, cho‘kma loyqalatilmasdan so‘rg‘ich nay orqali so‘rib olindi. Cho‘kmaga kaliy bixromat tuzining 2 % li suvdagi eritmasi solinib, termostatga qo‘yildi. Oosistlar termostatda +250 +270 C da saqlandi va sporulyatsiya bo‘lish jarayonini tezlashtirish uchun kompressorda havo haydalib turildi. Oosistadagi sporulyatsiya jarayoni har kuni kuzatilib borildi va termostatda qulay sharoitda o‘z rivojlanishini davom ettirdi. Uning tarkibidagi tuzilmalari zichlashib, shar shakliga kirib markazga to‘planishdi. Undan keyin 2 - 3 - kunlari ushbu sharchalar har biri 4 tadan bo‘laklarga, sporoblastlarga bo‘linib, 4 ta sporaga aylandi. Xususiy zich parda bilan o‘ralgan sporosistalar har biri 2 tadan uzunchoq, o‘roqsimon shakldagi sporazoitlarni hosil qiladi.
Termostatda qulay sharoitda oosistalar 3 sutka davomida rivojlanib, sporulyatsiya jarayonini o‘z nihoyasiga yetkazadi.


117


Nazorat savollari:




  1. Askaridiozga laboratoriya sharoitida qanday tashxis qo‘yiladi?

  2. Qaysi usullarda tekshiriladi?

  3. Eymeriyalarning xususiyligi nimada?

  4. Darling usulida tekshirishni ayting?

  5. Krilov metodikasi bo‘yicha tekshirish qanday?


118



Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling