Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet78/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Klinik belgilari. Kolibakteriozning umumiy klinik alomatlaridan biri
jo‘jalarning nimjonligi, sust harakatchanligi, tashqi muhit ta’surotlarim
sezgirligi darajasining pasayishi,
ishtahaning kamayishi va
chanqoqlik kabilar kuzatiladi.
Keyin ich ketish va asab
tizimining buzilishi simptomlari
paydo bo‘ladi. Tana harorati
1-1,5o C oshadi. Kasallik o‘tkir
kechganida o‘limi 2-3 kundan 37-rasm. Kolibakteriozga chalingan
keyin sodir bo‘ladi. jo‘jalar
Asab tizimining izdan chiqishi, mushaklarning tortishishi, parez, oyoqlar falaji, bo‘yinning qiyshayishi, boshini orqaga tashlash kabi alomatlar paydo bo‘ladi. O‘lim kasallikning 7-10 kunlari sodir bo‘ladi va 70 % - gachani tashkil etadi.
Tovuqlarning 150 kunlikdan kattalari orasida kolibakterioz o‘tkir va surunkali ravishda o‘tadi. Ularning tuxum tug‘ishi kamayadi yoki umuman to‘xtaydi. Ularda ovarit, salpingit va sariq peritonit hosil bo‘lishi bilan namoyon bo‘ladi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Kolibakteriozdan o‘lgan parrandalarni patologoanatomik tekshirishlarda quyidagi eng xarakterli belgilar: septik jarayonlar, ichki a’zolarda, shilliq va seroz pardalarda kichik nuqtali qon quyilishlar, ayniqsa yurakda, jigarda nuqtali qon quyilishlar, biroz jigarning va taloqning kattalashishi, ichak tizimi shilliq pardalarida kataral yallig‘lanishlar, mayda qon quyilishlar kuzatiladi.





127




Ingichka va yo‘g‘on
bo‘lim ichaklari shilliq
pardalarining hammasi
shishgan, qizargan va seroz
suyuqlik bilan to‘yingan
bo‘ladi. Qorin bo‘shlig‘i
38-rasm. 5 kunlik jo‘jada patologoanatomik to‘lig‘icha oq parda
o‘zgarishlari bilan qoplangan. Katta
yoshdagi tovuqlarning ko‘payish organlarining patologiyasi, ya’ni sariq peritonit yoki kataral - fibrinozli salpingit, tuxum yo‘llarining ichida fibrinli moddalar aniqlanadi, follikulalar deformatsiyaga uchragan bo‘ladi.
Tashxis. Parrandachilik xo‘jaliklarida kolibakterioz kasalligiga dastlabki epizootologik ma’lumotlarga, kasallikning klinik alomatlariga, patologoanatomik o‘zgarishlarga va yakuniy tashxis o‘lgan parrandalardan olingan patmateriallarni bakteriologik tekshirish natijalariga qarab qo‘yiladi. Bakteriologik tekshirishlar uchun laboratoriyaga bir necha yangi o‘lgan parrandalar jo‘natiladi. Kulturaning patogenlik darajasi yuqtirilgandan 4-5 kun keyin jo‘jani kasal bo‘lishi va o‘lishi va undan kulturani ajratish bilan aniqlaniladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling