Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Kolibakteriozning oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlari
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Kolibakteriozning oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlari. Kolibakterioz qayd qilingan parrandachilik xo‘jaliklarida tashkiliy-xo‘jalik, zoogigiyenik va veterinariya-sanitariya qoidalariga qat’iyan rioya qilish talab etiladi. Bu vaqtda tovuqxonadagi zoogigiyenik talablarga rioya qilgan holda tovuqlarni asrash, to‘liq ratsionli oziqalar bilan ta’minlash, bir xil yoshdagi tovuqlar podasini me’yor asosida saqlash, ozuqalar esherixiya bilan ifloslanmagan bo‘lishi, ular kemiruvchilar va sinantrop qushlar axlatlari bilan ifloslanmagan bo‘lishi zarur.
Dezinfeksiya qilish maqsadida 3 % li o‘yuvchi natriyning 45-50° C li eritmasi, ksilonaftning suvli eritmalari, 2% li faol xlorli ohak, 5% li xloramin eritmasi, 20 % li yangi so‘ndirilgan ohak bilan 2 marta ohaklash oralig‘i 1 soatdan va 4 % li naftazolning 50o C li issiq eritmalari ishlatiladi. Bu eritmalar 1l/m2 - ga ekspozitsiyasi 2-3 kun, jo‘jalar kiritilgancha aerozol holida 15-20 ml 1m3 - ga sepiladi, ekspozitsiyasi 6 soat. Umumiy profilaktik vosita sifatida 1 kunlik jo‘jalarga 3 kun davomida 10 ml suv hisobiga 1 ml propion-asidofil kultura preparatini aralashtirib ichirish yaxshi samara beradi. Maxsus profilaktika maqsadida jo‘jalar 15 va 30 kunligida kolibakteriozga qarshi VITI da yaratilgan GOA formolvaksina 129 bilan har 1 boshga 2 tomchi dozada og‘ziga tomizilib emlanadi. Ushbu vaksina bilan tovuqlar tegishli Yo‘riqnoma asosida emlansa, passiv immunitet tuxum orqali inkubatoriyadan chiqqan jo‘jalarni 2-3 hafta kolibakteriozdan himoya etadi. Qolgan tovuqlarga dori-darmonlar esherixiyalarning sezgirlik darajasi laboratoriya sharoitida aniqlanilgandan keyin beriladi. Antibiotikoterapiya - tovuqlar so‘yilish muddatiga 6 kun qolganida to‘xtatiladi. Kasallikdan sog‘lom bo‘lmagan parrandaxona tovuqlaridan foydalanilib bo‘lingandan keyin ular go‘shtga topshiriladi. Go‘shtlari veterinariya-sanitariya ko‘rigidan o‘tkazilib, agar ichki organlarida yuqumli kasalliklarga xos o‘zgarishlar bo‘lsa, go‘sht to‘lig‘icha foydalanishdan chetlatiladi. Parrandachilik fermalarining veterinariya- sanitariya holatini talab darajasida saqlash va joriy dezinfeksiya o‘tkazib turish, yosh parrandalar oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olishda asosiy omillardan bo‘lib hisoblanadi. Nazorat savollari: Kolibakterioz qanday kasallik? Kolibakteriozning qo‘zg‘atuvchisi? Kasallikning klinik belgilarini ta’riflang? Kasallikni davolash va oldini olish tadbirlari? 130
Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling