Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Qo‘zg‘atuvchisi - pasteurella multocida


Download 2.16 Mb.
bet82/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Qo‘zg‘atuvchisi - pasteurella multocida - harakatsiz, grammanfiy, spora va xivchinlar hosil qilmaydigan aerob bakteriyadir. Romanovskiy - gimza hamda metil ko‘ki bilan yaxshi bo‘yaladi. Oddiy sun’iy muhitlarda yaxshi o‘sadi.
Iqtisodiy zarar. Pasterellyozdan keladigan iqtisodiy zarar juda katta. O‘lim 70—75 foizgacha yetib, kasal parrandalar ozib ketadi. Uzoq yillar davomida olimlar kasallikni har xil tur hayvon va parrandalarda pasterellalarning ularga xos bo‘lgan turlari qo‘zg‘atadi deb hisoblashgan. Keyinchalik pasterellyoz qo‘zg‘atuvchisining patogenlik va immunogenlik xususiyatlarini o‘rganib chiqib, umumiy bitta tur Pasteurella multocida
aniqlangan.
Pasterellyozning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga, uning etiologiyasini aniqlab beruvchi sabablar majmuasi ta’siriga bog‘liq. Bunda asosiy sabab qo‘zg‘atuvchi Pasteurella multocida hisoblanadi. U tabiatda juda keng tarqalgan.
Ko‘pchilik olimlar tomonidan keng ko‘lamda tekshirishlar, kuzatishlar o‘tkazilganligiga qaramay, organizmda kasallikning paydo bo‘lish sababi, patogenezi haligacha to‘liq o‘rganilmagan.
Kasallikni oldini olish uchun sog‘lom xo‘jaliklarga qo‘zg‘atuvchining kasal parrandalar va pasterella tashuvchilar hamda ozuqalar bilan kirishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish kerak. Asosiy e’tibomi umumiy veterinariya- sanitariya qoidalariga rioya qilinishiga va parrandalarni normal zoogigiyena sharoitlarida saqlash hamda balansli ratsion asosida oziqlantirishga qaratish kerak.
Parrandachilik xo‘jaliklarida pasterellyoz kasalligi chiqsa, cheklov o‘rnatiladi. Kasal va gumon qilinganlari o‘ldirilib, o‘laksalari kuydiriladi.


132




Ba’zan nosog‘lom tovuqxonadagi hamma tovuqlar o‘ldiriladi. Tuxumlar formaldegid bug‘ida dezinfeksiya qilinadi. Zararlangan deb gumon qilingan parrandalar izolyasiya qilinadi, qolganlari emlanadi. Kasallik keng tarqalganda, emlanishdan oldin shoshilinch profilaktika o‘tkaziladi, sog‘lom parrandalarga guruhli antibiotiklar va sulfanilamidlar beriladi. Hamma kasal parrandalar olingach, binolar tozalanib, dezinfeksiya, deratizatsiya va yakunlovchi dezinfeksiya o‘tkazilib, uning sifati bakteriologik tekshirilgach cheklash bekor qilinadi.
Pasterellyozga hamma uy va yovvoyi sut emizuvchi hayvonlar va parrandalar moyil. Bu kasallik odamlarda ham uchraydi. Tovuqlar va quyonlar o‘rtasida kasallik odatda epizootiya holida namoyon bo‘ladi.
Pasterellaning antigenlik xususiyati har xil. Reaksiya natijalari bo‘yicha pasterellaning 4 ta serologik guruhini ajratib olishga imkon yaratadi. A, V, D va Ye (Karter, 1961) pasterellaning serotiplari aniqlangan. Pasterellaning A tipi parrandalarda kasallik qo‘zg‘atadi. Kamdan - kam cho‘chqalarda, ko‘proq qoramollar va qo‘toslarda V va E tipi, hamma tur hayvonlarda esa D tipi uchraydi. Pasterellaning epizotik shtammalari oq sichqonlar uchun yuqori virulentli.






Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling