PASTERELLYOZ VA UNGA QARSHIKURASHISH TADBIRLARI
Reja: 1. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari
Klinik belgilari, oldini olish, tashxisi, qiyosiy tashxisi va davolash.
Kasallikka qarshi kurash tadbirlari
Mashg‘ulotning maqsadi: Pasterellyozni qo‘zg‘atuvchilari, kelib chiqish sabablarini, kasallikka qarshi kurashni o‘rganadilar. Boshqa kasalliklardan qiyoslaydilar.
Kerakli jihozlar. Turli rangli rasmlar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga pastrellyozning kelib sabablari, diagnozi kasalliklardan farqlashni tushuntirib beradi. Davolash, oldini olish va qarshi kurash tadbirlarini yozdiradi.
Tayanch iboralari: Parranda, jo‘jalar, pasterellyoz, vaksina, parrandaxona, jo‘jaxona, xona harorati, tuxumdor tovuqlar, go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalar, ochiq va yopiq joylarda asrash, me’yor, dezinfeksiya.
Pasterellyoz qo‘zg‘atuvchisi va uning xususiyatlari. Rossiyalik olim E.M.Zemmer 1878 yilda birinchi marta pasterellyoz qo‘zg‘atuvchisini yirik shoxli moldan ajratdi va uni o‘rganib chiqib, ta’rif berdi. 1880 yilda Lui Paster pasterellyoz qo‘zg‘atuvchisini parrandadan ajratdi. Keyinroq olimlarning ilmiy izlanishlari natijasida boshqa tur hayvonlardan ham gemorragik septisemiya qo‘zg‘atuvchisi ajratildi. 1897-1900 yillarda Liner bu mikroblarning barcha guruhini umumiy xili Pasteurella deb atashni taklif qildi. 1910 yilda buyuk L.Paster sharafiga kasallik qo‘zg‘atuvchisi-Pasteurella, u qo‘zg‘atadigan kasallik esa pasterellyoz deb nomlanadi.
Pasterellyoz - (Pasteurellosis) gemorragik septisemiya sut emizuvchilar va parrandalarning yuqumli kasalligi (parrandalar vabosi) bo‘lib, o‘tkir kechganda
131
septisemiya, yarim o‘tkir va surunkali kechganda esa ko‘proq o‘pkaning zararlanish belgilari namoyon bo‘ladi.
Kasallik bilan barcha sut emizuvchi hayvonlar, parrandalar va odamlar kasallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |