Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet84/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Tayanch iboralari: Parranda, jo‘jalar, respirator mikoplazmoz, vaksina, parrandaxona, jo‘jaxona, xona harorati, tuxumdor tovuqlar, go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalar, Mycoplasma gallisepticum, me’yor, polimorf, dezinfeksiya.
Respirator mikoplazmoz - havo xaltachalari kasalligi (lot. - Mycoplasmosis respiratoria) - tovuq, kurka, o‘rdak va g‘ozlarning surunkali infeksion kasalligi bo‘lib, nafas olish a’zolari va paylarning jarohatlanishi, kuchli ozish va jigar parenximasining degeneratsiyasi bilan xarakterlanadi.
1936 yilda J. Nelson, T. Gibs tovuqlarda kasallikni birinchi bo‘lib “koriza” nomi bilan, sekin boshlanuvchi va uzoq davom etuvchi kasallik sifatida yozishgan. Keyinchalik D. Edvard, E. Frend ushbu qo‘zg‘atuvchini bakteriya va viruslardan tubdan farq qilgani uchun mikoplazma deb atashni va 1961 yil XEB kasallikni respirator mikoplazmoz deb nomlashni tavsiya etishdi.


135




1950-1955 yillar kasallik faqat AQSh va Kanadada ma’lum bo‘lgan, keyinchalik tuxum inkubatsiyasi boshqa mamlakatlar hududlarida ham tashkil etish jarayonida respirator mikoplazmoz barcha mamlakatlarda ro‘yxatga olina boshlandi.
Iqtisodiy zarari. Iqtisodiy zarar tovuqlar mahsuldorligining keskin pasayishi, jo‘jalarning o‘lishidan (10% gacha tuxum otalanmaydi), katta parrandalarning majburiy so‘yilishidan tashkil topadi. AQSh da har yili o‘rtacha ushbu kasallik 124 mln dollar zarar keltiradi. Rossiyada ushbu kasallik va esherixioz ulushi parranda infeksion kasalliklarining 76% ni tashkil etadi.
Qo‘zg‘atuvchisi va uning chidamliligi.
Mycoplasma gallisepticum Mycoplasma avlodiga Mycoplasmataceae - oilasi, Mycoplasmasetales 10- qatoriga va Mollicutes sinfiga mansub. 4 ta mikoplazma turlari: M. gallisepticum, M. synoviae, M. meleagridis va M. iowae shtammlarining amaliy epizootologik ahamiyati katta. Bulardan M. meleagridis turi shartli patogen hisoblanib, kasallangan kurkalardan ajratib olingan. M. gallisepticum bular orasida o‘ta patogen tur hisoblanadi va parrandalar orasida katta talafot keltiradi. Mikoplazmalar polimorf bo‘lib, grammanfiy, Romanovskiy bo‘yicha och binafsha rangga bo‘yaladi, ular bakterial filtrlardan o‘tadi. Ularda tipik hujayra qobig‘i bo‘lmaydi, Edvard, Marten va Xottengir ozuqa muhitlarida o‘sadi. Juda kichik o‘lchamli bo‘lgani sababli tabiatda har xil shaklda mavjud bo‘ladi. Jo‘jalardan ajratilgan M. gallisepticum ning o‘lchami 0,05-0,08 mkm. Faqat sun’iy ozuqa muhitida o‘sishi uni bakteriyalarga yaqinlashtiradi, ammo uning ozuqa muhitida o‘sishi uchun unga mutsin, RNK, DNK, to‘laqonli oqsillar, sterin va vitaminlar qo‘shish talab etiladi.
Mikoplazmalar sun’iy ozuqa muhitlarida juda sekin o‘sishi tufayli ularning o‘sishi ko‘zga ko‘rinmaydi, shuning uchun tovuq va jo‘jalardan ajratilgan kulturalarni 5-7 kun oraliq bilan 5 marta, kurkalardan ajratilganini esa - 10 marta “ko‘r passaj” qilish talab etiladi. Mikoplazmalar 9-10 kunlik tovuq embrionining sariq xaltasida yengil rivojlanadi va embrionning rivojlanishini orqaga suradi. Ushbu qo‘zg‘atuvchining antigenlik xususiyati juda murakkab. Hozirgi vaqtda


136




M. gallisepticum ning bir nechta serovariantlari aniqlangan. Mikoplazma antigenlari zardob antitetolari bilan reaksiyaga kirishadi. 8-ta serologik tipi aniqlangan bo‘lib, uning A-turi yuqori patogenli hisoblanadi.
M. gallisepticum o‘zining patogenligini sovuq haroratda uzoq muddat saqlay oladi. -30° C da 1-3 yilgacha, +5° C da 3 hafta, liofil holatda 2-3 yil faol saqlanadi. Mikoplazmalar oksitetratsiklin, streptomitsin, eritromitsin, tilozinga sezgir. Penitsillin 1000 - 2400 B, atsetat taliy 1:200, 1:4000 ular o‘sishiga ta’sir qilmaydi, ammo boshqa mikroorganizmlarni o‘sishiga halaqit beradi. Bu usuldan mikoplazmani toza ajratib olishda foydalaniladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling