Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet86/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri 4-23 kunni tashkil etadi. Klinik belgilarni namoyon bo‘lishi ko‘pgina omillarga bog‘liq. O‘rtacha kasallik 10-40%, maksimum 60-70% parrandalarda o‘tkir kechadi.


138






Ulaming 3-7 oyligida va tuxum
qo‘yish davrida mikoplazmoz eng ko‘p
uchraydi. Ushbu kasallikning asosiy
belgisi, parrandalarning nafas olish
a’zolarining jarohatlanishi hisoblanadi.
Kasal parrandalar tez nafas oladi va
ularda yo‘tal kuzatiladi. Nafas olishda
kekirdakdan xirillash eshitiladi va
tumshuqlarini ochib nafas oladi. Kasal 41-rasm. Respirator mikoplazmoz
parranda bo‘ynini cho‘zib esnaydi, bilan kasallangan jo‘ja
ozuqa emay qo‘yadi, oriqlab ketadi, nimjonlashadi, qanotlarini yig‘ib ololmaydi.
Ko‘pincha bir yoki ikki tomonlama rinit, burunlardan seroz yoki seroz-fibrinli
ekssudat ajraladi. Ekssudatni qotishi natijasida burun teshiklari yopilib qoladi.
Ko‘pincha kasallik me’yoriy tana haroratida kechadi. Ayrim hollarda u 10C
ga ko‘tarilishi mumkin. Tuxum qo‘yish pasayadi. Jo‘jalarda klinik belgilar
shiddatliroq o‘tadi. Kasal jo‘jalar o‘sishdan qoladi va bu holatda 75% jo‘ja
ishlab chiqarishga yaroqsiz bo‘ladi.
Jo‘jalarda kasallik o‘tkir kechsa, o‘lim 10-25 %, tovuqlarda o‘lim 4-6 %,
embrionlarda 10-30 %
bo‘ladi, tuxum qo‘yishi 10-40 % kamayadi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar.
orqada qolgan, tovuqlar esa, kuchli
ozgan bo‘ladi. Ayrim
parrandalarning burun teshiklari
qotgan seroz-jigarrang ekssudat bilan
yopilib qolganini ko‘rish mumkin.
Nafas olish a’zolarida kataral
yallig‘lanish, giperemiya, ko‘krak va
qorin havo xaltachalarida shilimshiq 42-rasm. O‘pkadagi nekrotik o‘choqlar
to‘planib qoladi, tomoq, xiqildoqda va shilimshiq moddalar


O‘lgan jo‘jalar o‘sish va rivojlanishdan








139


fibrinli yallig‘lanish, kazeoz massa kuzatiladi. O‘pka kesilganda nekrotik o‘choqlar ko‘zga tashlanadi.
Kasallik surunkali kechganda fibrinli plevrit, peritonit, aerosakkulit, perigepatit, periepikardit kuzatiladi. Sekundar infeksiyaning turiga qarab patanatomik o‘zgarishlar ham farqlanadi.
Diagnostika. Respirator mikoplazmoz kasalligiga diagnoz klinik belgilar, patologoanatomik o‘zgarishlar, epizootologik ma’lumotlar va albatta laboratoriyaviy tekshirish natijalariga asosida qo‘yiladi. Laboratoriyaviy tekshirish uchun, qon, uning zardobi, o‘lgan tovuq, jo‘ja, ularning havo xaltachalari, kekirdak, o‘pka bo‘lakchalari, bosh miyasi yuboriladi. Patologik material Edvard buloni va agariga ekiladi, tovuq embrioni zararlantiriladi, jo‘jalarga biosinov qo‘yiladi. Ulardan sof kultura ajratiladi. Tovuqlarda mikoplazmoz antigeni bilan QTAR, ZTAR (zardob tomchi agglyutinatsiya reaksiyasi), IFT va PZR qo‘yiladi. 7-9 kunlik tovuq embrioniga patologik material suspenziyasi yuborilsa, 3-7 kundan keyin embrion o‘ladi, ular o‘sish va rivojlanishda orqada qoladi, bo‘yin va boshi shishgan, qon to‘plangan bo‘ladi. Jigar va talog‘i kattalashgan, artrit va aerosakkulit kuzatiladi. Ko‘p hollarda embrionning xorion-allantois pardasi qalinlashgan bo‘ladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling