Qarshi kurashish chora-tadbirlari. Kasallik laboratoriyaviy usulda aniqlansa, tuman bosh noziri dalolatnomasi asosida hokim qarori bilan xo‘jalik nosog‘lom deb e’lon qilinadi va unga cheklov qo‘yiladi. Kasal tovuq, jo‘jalarni saqlash maqsadga muvofiq emas, ular o‘ldirilib kuydiriladi. Shartli sog‘lom parrandalarga antibiotiklar, sulfanilamid preparatlar berilib, to tovuqlardan ovqat uchun tuxum va go‘sht olishgacha saqlanadi. Keyinchalik barcha nosog‘lom guruh parrandalar yo‘qotiladi. Go‘ng va to‘shamalar biotermik
zararsizlantiriladi.
Kasallikning tarqalishini bartaraf qilishda nomaqbul omillarni yo‘qotish hal qiluvchi ahamiyatga ega, chunki ular yashirin o‘tuvchi mikoplazmoz qo‘zg‘atuvchisini faollashtiradi. Parrandalarni zoogigiyenik me’yorlar asosida joylashtirish, binoda havo namligi rejimini saqlash, ularni to‘la qonli ozuqalar bilan boqish kasallikning oldini olishga yordam beradi.
Xo‘jalikda 3-4 oy davomida inkubatsiyani to‘xtashish zarur. Respirator mikoplazmozni butunlay yo‘qotish uchun muntazam har haftada bir marta
141
dezinfeksiya o‘tkazilib turiladi va nosog‘lom fermadagi parrandalami butunlay yangi sog‘lom jo‘jalar bilan almashtirish talab etiladi. Yangi keltirilgan parrandalardan sog‘lom jo‘ja olingunga qadar xo‘jalikda cheklov qoladi. Shuning uchun fermada yangi sog‘lom jo‘jalar keltirilgandan keyin ham cheklov ta’siri 6 oy davom etadi. Xo‘jalikda barcha sog‘lomlash-tirish tadbirlari o‘tkazilgandan va tuxumlardan sog‘lom jo‘ja chiqqandan hamda yakuniy dezinfeksiyadan so‘ng, tuman veterinariya bosh noziri dalolatnomasi asosida hokim qarori bilan fermadan cheklov olinadi.
Nazorat savollari:
Respirator mikoplazmoz kasalligining qo‘zg‘atuvchi manbani va va uning o‘tish omillarini aytib bering.
Respirator mikoplazmoz kasalligining epizootologiyasini, uning keng tarqalishiga ko‘maklashuvchi omillarni tushuntirib bering.
Respirator mikoplazmoz kasalligida qanday klinik belgilar namoyon bo‘ladi?
Respirator mikoplazmoz kasallikni davolovchi preparatlarni sanang.
Respirator mikoplazmoz kasalligiga qarshi kurashish chora-tadbirlari nimalardan tashkil topadi?
142
Do'stlaringiz bilan baham: |