Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet90/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Epizootologik ma’lumotlar. Tovuq, kurka, kaklik, bedana, to‘ti,
kanareyka, chumchuq, sayroqi qush, zyablik, oqqush, tuyaqush va yirtqich
qushlarning chechak bilan kasallanishi aniqlangan. G‘oz va o‘rdaklar esa
nisbatan kam kasalanishadi.
Kasal va kasalanib sog‘aygan parrandalar - infeksiya manbai hisoblanadi.
Chunki tashqi muhit ularning tanasidan tushadigan teri epiteliysining
ajratmalari, og‘iz, burun va ko‘z shilliqlari hamda axlati orqali doimiy ravishda
zararlanib turadi. Parranda terisi va shilliq pardalarning tirnalgan sohasi
“infeksiya eshigi” vazifasini o‘taydi.
Chechak kasalligi 4 - 12 oylik tovuqlar orasida ko‘p uchrab, kasalikning
teri shaklida 5 - 8 %, difteritik va aralash shaklida esa 50 - 70 % gacha
parranda o‘ladi, tuxumdorlik esa 40 - 50 % ga kamayadi.
Patogenez. Chechakni qo‘zg‘atuvchi virus organizmga kirgach, dastlab,
“kirish eshigi” atrofidagi to‘qimalarda tarqalib, 24 - 48 soatdan key in esa qon
oqimi orqali turli organlar bo‘ylab yoyiladi. Bu holat viremiya jarayonining
birinchi bosqichi hisoblanib, virus barcha organlarda ko‘payadi va to‘planadi.
Viremiyaning ikkinchi bosqichida esa virus
shilliq qavatlarning jarohatlanishi boshlanadi.
Klinik belgilari. Tovuqlarda
kasallikning yashirin (inkubatsion) davri

  1. 14 kun davom etadi. Parrandalarda
    kasallikning teri (ko‘p uchrovchi tipik
    shakli), difteritik, aralash va atipik (ichki
    organlarning jarohatlanishi) shakllari
    namoyon bo‘ladi. Tovuqlarda chechakning

teri va aralash shakllarida tumshuq, 43-rasm. Tovuq boshidagi chechak
qovoq, toj, sirg‘acha hamda tananing patsiz sohalarida doirasimon oqish -


keng qamrovli tarqalib, teri va


144




sarg‘ish, so‘ngra qizg‘ish dog‘chalar paydo bo‘lib, keyinchalik 0,5 sm gacha
diametrli o‘lchamdagi so‘galsimon epiteliomaga aylanadi.
Kasallikning 17- 19- kunlari esa infeksiyaning ikkilamchi xuruji kuzatilib,
parranda tanasining nisbatan toza
qismlarida ham chechak
yarachalarining hosil bo‘lishi qayd
etiladi. Tananing chechak yarachalari
hosil bo‘lgan sohasida teri juda
qalinlashib, toj va sirg‘achalarning
shakli o‘zgaradi. Ko‘z qovoqlarining
jarohatlanishi esa uni deformasiya-
lanishiga sabab bo‘ladi va natijada parranda ko‘zlarini yopolmaydi. Ayni paytda
konyuktivit, keratit va panoftalmiya rivojlanadi. Chechak difteritik va qo‘shma
shakllarda kechganda, nafas olish a’zolari va og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq
pardalarida xira oqimtir toshmalar va tugunchalar paydo bo‘ladi. Ular tez
tarqaladi va bir-biri bilan qo‘shilib o‘lchami kattalashadi. Jarohat burun shilliq
pardalarida bo‘lsa (rinit), burun teshiklaridan oldin serozli, shilliq va keyin
yiringli suyuqlik oqadi. Patologik jarayon toj, ko‘zlar atrofiga tarqaladi
Ko‘pincha ko‘zlar difteritik jarohatga
uchraydi. Avval konyuktivitdan
boshlanib, keyin yorug‘likka qaray
olmaydi, yosh oqadi, qizarib qovoqlar
shishadi, giperemiya boshlanib, shishib
ketadi. Ekssudat ko‘z qovoqlarida qotib,
uni yopishtirib qo‘yadi. Ko‘z majburiy
ochilsa, undan yiring aralash suyuqlik 45-rasm. Og‘iz bo‘shlig‘idagi chechak
oqadi. Ba’zan ikkala ko‘z ham jarohatlanadi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling