Ajratma diagnozi. Kasallikni Nyukasl kasalligi, esherixioz, ILT va infeksion bronxitdan farqlash lozim. Barcha hollarda laboratoriyaviy tekshirishlar yakuniy diagnoz qo‘yishga asos bo‘ladi.
Davolash. Davolash maqsadga muvofiq emas, chunki maxsus davolash vositalari yaratilmagan. Mikoplazmalarga ta’sir spektri keng bo‘lgan tilan qatorli antibiotiklar (tilan, spektam, eriprim, oratil 100, tiamutin, tetratiamutin va boshq.) ozuqaga yoki suvga qo‘shib beriladi.
Immunitet. Kasallikdan tuzalgan parrandalarda immunitet shakllangani uchun mikoplazmozga qarshi tirik va faolsizlantirilgan vaksinalar qo‘llaniladi. Rossiyada ushbu kasallikka qarshi faolsizlanti-rilgan vaksina yaratilgan, samaradorligi 80 %, immunitet 6-8 oy.
140
Profilaktikasi. Parrandalami vaksinatsiya stressidan saqlash uchun ularga emlashdan 3 kun oldin har kuni va keyin 3 kun davomida (jami 7 kun) antistress premikslari (tarkibi-vitaminlar, dibazol, aminazin, glyukoza) beriladi. Parrandaxonalar glyuteks bilan jo‘jalar turgan holda dezinfeksiya qilinadi. Mikoplazmozning oldini olishda asosiy tadbirlardan biri - bu fermani sanitariya holatini yaxshilashga e’tibor berish hisoblanadi. Yangi partiya jo‘jalarni qabul qilishdan oldin binoni parrandalardan ozod etish, uni obdon tozalash, temir asboblarni sovunli issiq suv bilan yuvish, dezinfeksiya qilish va bino kamida 10-15 kun sanatsiyada turishi shart.
Kasallikning oldini olishi uchun parrandalar rezistentligini oshirish lozim. Parranda guruhlarida ularning yoshi bir xil bo‘lishi kerak. Dezinfeksiya 60-70°C issiq 2 % li o‘yuvchi natriy, formaldegid, 20 % - yangi so‘ndirilgan ohak bilan o‘tkaziladi. Yakunlovchi dezinfeksiya formaldegid bug‘i bilan 20 ml/m3 hisobida o‘tkaziladi. Xo‘jalikka sog‘lom xo‘jalikdan tuxum, jo‘ja olishni qattiq nazorat qilish shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |