Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet72/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Epizootologiyasi. Tabiiy sharoitda pulloroz qo‘zg‘atuvchisiga tovuqlar va kurkalar juda moyil, ko‘pgina yovvoyi parrandalar, tustovuqlar, bedana, sesarka, tovus, tuyaqush, kabutar, o‘rdak, g‘oz, kanareyka, oq qush chumchuqlar va boshqa qushlar kamroq moyil. Laboratoriya hayvonlaridan ushbu qo‘zg‘atuvchiga oq sichqonlar, kalamush va quyonlar sezgirroq. Tabiiy sharoitda go‘shtdor zotli jo‘jalar tuxum beradigan zotlarga nisbatan kasallikka o‘ta moyildir. Xo‘rozlar kamroq kasallanadi. Kasallanishda jo‘janing yoshi katta rol o‘ynaydi. Tabiiy sharoitda 5-7 kunlik jo‘jalarda pulloroz ko‘proq namoyon bo‘lib, 20 kun ichida ularda enzootik tarqalish kuzatiladi. Jo‘jalarni zich joylashtirish, harorat va namlikni me’yorda saqlamaslik, o‘z vaqtida to‘yimli va vitaminlarga boy ozuqa bilan parvarish qilmaslik omillari organizmning rezistentligini pasaytirib, kasallikni rivojlanishiga ko‘maklashadi. Kasal tovuqlardan olingan tuxumlarning inkubatsiyaga qo‘yilishi va ochirilgan jo‘jalarning tarqatilishi kasallik tarqalishida katta ahamiyatga ega. Salmonella tashuvchi tovuqlardan yangi olingan tuxumlar o‘rtacha 12 %, 2 hafta 17-220 C haroratda turgan tuxum esa 25-35 % pulloroz qo‘zg‘atuvchisi bilan zararlangan bo‘ladi. Ulardan chiqqan yosh jo‘jalar 80 % gacha qo‘zg‘atuvchi bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Transovarial yo‘l bilan qo‘zg‘atuvchini yuqtirib olgan jo‘jalarning o‘t xaltasida ular faol saqlanadi va axlati bilan ajralib


120






tovuqxonani, ozuqa, suv va havoni ifloslantiradi. Bundan tashqari,
xo‘jaliklarning o‘zaro kelishib har xil epizootik sharoitdagi fabrikalardan jo‘ja
olib kelishi ham kasallik tarqalishiga sabab bo‘ladi. Nosog‘lom xo‘jalikdan
keltirilgan jo‘jalar orqali kasallik juda tez tarqaladi. Pulloroz nosog‘lom
xo‘jalikdagi oziq-ovqat qoldiqlari, to‘shamalar, dalaga chiqarilgan go‘ng orqali
ham tarqaladi. Kasallik asosan transovarial, alimentar va aerogen yo‘l bilan
yuqadi.
Inkubatoriyadan chiqqan jo‘jalar orasida kasallari bo‘lsa, ular birinchi
kundanoq juda ko‘p jo‘jalarni zararlaydi. Ushbu kasallikka stasionarlik xos.
Pulloroz parrandachilikka katta iqtisodiy zarar keltiradi. 50-70 foizgacha
jo‘jalar nobud bo‘ladi. Pulloroz chiqqan xo‘jalikni sog‘lomlashtirish juda qiyin,
chunki uning qo‘zg‘atuvchisi tabiatda keng tarqalgan. Zararlangan jo‘jalarning
boshqa xo‘jaliklarga tarqatilishi o‘sha joylarda pulloroz o‘chog‘ini yaratadi.
Kasallikka qarshi o‘tkaziladigan tadbirlar katta miqdorda mablag‘ talab etadi.
Dezinfeksiya, deratizatsiya, dezinseksiya ishlarini amalga oshirish uchun ham
katta xarajat sarflanadi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling