Toltroks eymeriostatigi 1 litr suvga 1 ml miqdorida 2 kun davomida beriladi.
Intrakoks eymeriostatik preparati 1 litr suvga 1 ml hisobida 2 kun mobaynida qo‘llaniladi.
Koksuril eymeriostatigini 1 litr suvga 1 ml hisobida qilib 48 soat davomida qo‘llash yuqori samara beradi.
Amprol plyus 0,5 g/kg parranda yemiga aralashtirilib 5-7 kun davomida qo‘llaniladi. Yuqorida tavsiya etilgan eymeriostatik preparatlarga bir vaqtda vitaminlar qo‘shib berilsa, yuqori samara beradi.
Kolikoksid - kolikoksid premiksining 1,0 gr 1 kg yemga aralashtirib, 10-12 kun davomida qo‘llash yuqori davolovchi ta’sir ko‘rsatadi, oldini olishda 0,5 gr 1 kg yemga aralashtirib berish yuqori samara beradi.
Oldini olish. Kasallikni oldini olish maqsadida yosh jo‘jalarni katta yoshdagi parrandalar bilan birga saqlamaslik. Jo‘jalarni 2-4 oylikgacha sim kataklarda asrash ham ularni eymeriozdan sog‘lom saqlashda yaxshi samara beradi. Jo‘jalarni 10 kunligidan boshlab kasallikni oldini oluvchi antieymeriy dori darmonlari berib borish maqsadga muvofiqdir. Jo‘jalarni o‘z vaqtida reja asosida dezinvaziyalab borish kerak.
Nazorat savollari
Tovuq eymeriozini kelib chiqish sabablari nimalardan iborat?
Kasallik qo‘zg‘atuvchisining xususiyligi nimada?
Eymeriozning epizootologiyasi haqida gapirib bering?
111
KURKALAR GISTOMONOZI VA UNING OLDINIOLISH TADBIRLARI
Reja: 1. Kurkalar gistomonozi qo‘zg‘atuvchilari
Kurkalar gistomonozini epizootologiyasi.
Klinik belgilari, patogenezi, tashxisi.
Kasallikning oldini olish va davolash tadbirlari
Do'stlaringiz bilan baham: |