Raillietina tetragona- ham xuddi oldingi parazitga o‘xshash bo‘lib, farqi
qo‘zg‘atuvchining xartumida jami bo‘lib 100 ga yaqin xitinli ilmoqchalar bir
qator bo‘lib joylashgan bo‘ladi.
Hamma jinsiy teshiklari bo‘g‘inlarning bir tomonida joylashgan. Taxminan
20-30 donadan iborat urug‘donlari bo‘g‘inning o‘rtasida joylashadi.
Biologik rivojlanishi Raillietina
tetragona va Raillietina echinobothrida
laming oraliq xo‘jayini chumolilardir.
Mulohazalarga ko‘ra, chumolilarning
lichinkalari invaziyalanadi va ular
voyaga yetib, chumoliga aylanishi bilan
chumoli tanasidagi sistiserkoid ham
rivojlanishdan to‘xtaydi.
Chumoli bilan tovuqlar yutgan
sistiserkoidlar 19-23 kunda jinsiy
voyaga yetgan sestodga aylanadi.
30-rasm. Rayetinoz lichinkasining
taraqqiyoti
29-rasm. Raillietina echinobothrida
qo‘zg‘atuvchisi tashqi ko‘rinishi
103
Parrandalar kasallikni yilning ikkinchi yarmida yuqtiradi.
Klinik belgilari - Raillietina tetragona va Raillietina echinobothrida bilan zararlangan tovuqlarning oshqozoni buziladi, ozib ketadi, ishtahasi pasayadi, chanqaydi, ichi ketadi yoki qotadi. Parranda iloji boricha sekin harakatlanadi. Patlari hurpayib, qanotlari shalviraydi. Ayrim vaqtlarda eritrosit bilan gemoglobin miqdori juda kamayib ketadi. Shilliq pardalari kasallikning boshlanishidayoq sarg‘ayadi, keyinchalik esa ko‘karadi. Nafas olish tezlashadi.
Patogenezi - ayrim sestodlar parranda ichagining shilliq pardalarini skoleks so‘rg‘ichlari bilan qattiq jarohatlaydi. Ular ko‘p miqdorda to‘planib, ichakning tiqilib qolishiga va hatto yorilib peritonit kasalligi rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Sestodlarda modda almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan zaharli moddalar tovuq organizmini zaharlab, holdan toydiradi.
Tashxisi - kasallikni aniqlashda uning klinik belgilarini o‘rganib tovuq ichagidagi ko‘p sestodlar borligi bilan tasdiqlash aniqroq bo‘ladi. Tovuq ichagida sestodlarning bor - yo‘qligini aniqlash uchun kasal tovuqlarning tezagidan gelment bo‘g‘inlarini aniqlash kerak. Buning uchun tovuq axlatini bir necha marta takror yuvib, so‘ngra idish tagida qolgan cho‘kma lupa ostida ko‘zdan kechiriladi. Lekin sestodlarning bo‘g‘inlari uzluksiz bo‘linib turmaydi. Shuning uchun o‘lgan yoki majburiy so‘yilgan tovuqni yorib kasallikni aniqlash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |