Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


GETERAKIDOZ VA UNING OLDINIOLISH TADBIRLARI


Download 2.16 Mb.
bet57/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

GETERAKIDOZ VA UNING OLDINIOLISH TADBIRLARI




Reja: 1. Geterakidoz qo‘zg‘atuvchisi va uning kelib chiqish
sabablari.

  1. Klinik belgilari, patogenezi, tashxisi.

  2. Kasallikning oldini olish va davolash tadbirlari.

Mashg‘ulotni maqsadi: Talabalarga geterakidozning kelib chiqish sabablarini, patogenezini, tashxisi va kasallangan parrandalarni davolash usulini o‘rgatish.
Kerakli jihozlar. Kasal jo‘ja, patmateriallar, slaydlar, taqdimotlar, kodoskop, turli xil jadvallar.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga geterakidoz kasalligi bo‘yicha tushuntirib beradi. Kasallikni oldini olish va davolash muolajalarini yozdirib amalda ko‘rsatib beradi.
Tayanch iboralar: Tovuq, jo‘ja, geterakidoz, nematoda, parazit.
Parrandalar geterakidozi - surunkali oqimda kechuvchi invazion kasallik bo‘lib, un parrandalarning ko‘r va chanbar ichaklarida Heterakis gallinarum ning parazitlik qilishi tufayli qo‘zg‘atilib, kasallik holsizlanish, ishtahani pasayishi, hazm organ faoliyatining izdan chiqishi, ich o‘tish, o‘sish - rivojlanishdan orqada qolish va mahsuldorlikni pasayishi bilan xarakterlanadi.
Invaziyaning intensivligi juda ham yuqori bo‘lgan paytlarda parrandalarni nobud bo‘lishi kuzatiladi.
Qo‘zg‘atuvchining sistematikasi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi - Hetrakis gallinarumning sistematikadagi o‘rni quyidagicha: Nemathelminthes tipi, Nematoda sinfi, Oxyurata kenja turkumi, Heterakiidae oilasi, Heterakis avlodiga kiradi.
Qo‘zg‘atuvchi Heterakis gallinarum - bu ham oq-sarg‘ich tusdagi nematoda bo‘lib, ayrim jinsli parazit. Parazitning bosh tomoni biroz yassilangan bo‘lib, unda yopiq tipdagi 3 - ta lablar bilan o‘ralgan og‘iz teshigi joylashgan,


99






qizilo‘ngachi ichak naylariga o‘tishdan oldin biroz kengayib bulbusni
(oshqozonchani) hosil qilgan.
Erkaklarining uzunligi 7-13 mm,
eni 0,24-0,40 mm, ikkita notekis,
biri uzun, biri kalta spikulasi bor,
o‘ng tomondagi spikulaning
uzunligi 2 mm, chap tomondagisi 27-rasm. Heterakis gallinarum yuqoridagi
- 0,65-0,70 mm, kloakani old erkagi, pastidagi urg‘ochisi
tomonida kuchli rivojlangan xitinli jinsiy so‘rg‘ichchasi bor, dum uchida
qanotsimon o‘simtasi mavjud.
Urg‘ochilarining uzunligi 7-15 mm, eni 0,27-0,45 mm ga teng, vulva
teshigi tananing o‘rta qismining pastrog‘ida joylashgan. Parazit tashqi muhitga
uzunchoq-ovalsimon shakldagi, tashqi qobig‘i silliq bo‘lgan, uzunligi
0,063-0,075 mm, eni - 0,034-0,038 mm keladigan, ko‘kimtir tusdagi tuxumlarni
ajratib chiqaradi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling