Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- PARRANDALARDAN OLINGAN QON NAMUNALARIDAN, QONNING SHAKLLIELEMENTLARINIANIQLASH
- Mashg‘ulotning maqsadi
- Mashg‘ulotning borishi
- Leykositlarni sanash
16-rasm. B2 gipovitaminozi
81
83
Moddalar almashinuvining buzilishlari parrandalar orasida keng tarqalgan bo‘lib, parrandalarning 50 - 60 % kasalliklari va o‘limi ularning hisobiga to‘g‘ri keladi. Vitaminlar va mineral moddalar yetishmovchiligi kasalliklari keng tarqalgan bo‘lib, ko‘pincha bir vaqtning o‘zida bir necha vitamin va mineral moddalarning yetishmovchiliklari aralash patologiya holida, noaniq belgilar bilan qayd etiladi. Nazorat savollari Moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklariga qaysi kasalliklar kiradi? Ushbu kasalliklarga tashxis qo‘yish qanday amalga oshiriladi? D gipovitaminozda gi o‘zgarishlar? B guruh vitaminozlarini sanang? 84
SHAKLLIELEMENTLARINIANIQLASH (Sam VMI kafedra laboratoriyalarida) Rej a: 1. Qon olish va undagi eritrosit va leykositlami sanash. Gemoglobinni aniqlash. Laboratoriya mashg‘uloti kafedra, vivariyda va institut o‘quv tajriba xo‘jaligida o‘tiladi. Talabalar laboratoriya mashg‘ulotiga ma’ruza materiallari bo‘yicha o‘qib keladilar: Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga parrandalar qonidagi eritrositlar va leykositlarni sanash hamda gemoglobinni aniqlash va tekshirish natijalarini klinik tahlil qilish usullarini o‘rgatish. Kerakli jihozlar: Gemopoez bo‘yicha jadval, kamqonlik kasalliklarining tasnifi bo‘yicha jadval, parranda qonining tarkibi bo‘yicha jadval, leykoformula bo‘yicha rasmli jadvallar, darslik, o‘quv qo‘llanma, tarqatma materiallar, kodoskop, kasal parranda, klinik tekshirish uchun asbob va uskunalar, mikroskop, qon olish va reaktivlar to‘plami. Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga kasal parranda qonidagi eritrositlar va leykositlarni sanash usullarini tushuntiradi, yozdiradi va amalda bajaradi. Tayanch iboralar: Parranda, jo‘ja, qon, kamqonlik, leykoformula, mikroskop, qon olish, eritrosit, leykosit, gemoglobin. Eritrositlarni sanash. Katta melanjerning (0,5-1-101 raqamlari bo‘lgan melanjer) 0,5 yoki 1 chizig‘igacha qon olinib, to 101 chizig‘igacha fiziologik eritma bilan to‘ldiriladi va panjalar orasiga olinib yaxshilab chayqaladi. Goryayev to‘rini distillangan suvda chayqab quritilgach, unga yopqich oynacha yopiladi (Nyuton halqachalari paydo bo‘lishi kerak). Mikroskopda yorug‘lik topilgach, uning kichik obyektivi orqali stolcha ustiga o‘rnatilgan Goryayev turining kattakchalari topiladi. 85 Goryayev turida 225 ta katta kattakcha bo‘lib, shundan 25 tasi 16 tadan kichik kattakchalarga bo‘lingan bo‘ladi, 100 tasida faqat 4 tadan to‘g‘ri chiziqlar bo‘ladi va qolgan 100 tasi absolyut toza bo‘ladi. Goryayev to‘ri mikroskop ostida aniq ko‘ringach, 1 tomchi tayyor aralashmadan tomizamiz va 5 ta katta kattakchalar ichidagi eritrositlarni sanab chiqamiz. Kichik kattakchalardagi eritrositlarni sanashda har bir kattakchaga o‘zining yuqorigi va old devoridagi eritrositlar ham qo‘shib sanaladi. Orqa va past devoridagi eritrositlar esa boshqa kichkina kattakchalarga ta’luqli bo‘ladi. Hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi: ax4000x 100 (200) X = , bu yerda 80 X - 1 ml qondagi eritrositlar miqdori (mln mkl); a - 5 ta katta kattakchadagi eritrositlar soni; 100 (200) - suyultirish darajasi; 80 - kichik kattakchalar soni. Leykositlarni sanash uchun qon kichik melanjerning (0,5-1-11 chiziqli) 0,5 yoki 1 chizig‘igacha qon olinib, to 11 gacha 3% li uksus kislotasi to‘ldiriladi. Sanashda 100 ta katta kattakchadagi leykositlar sanaladi, qolganlarni xuddi eritrositlarni sanashga o‘xshash bo‘ladi. Hisoblashda quyidagi formuladan foydalaniladi: ax4000x 10 (20) X = , bu yerda 400 (1600) X - 1 mkl qondagi leykositlar soni, ming mkl; 10 (20) - suyultirish darajasi; 400 (1600) - 25 ta (yoki 100 ta) katta kattakchadagi kichik kattakchalar soni; a - 25 ta (yoki 100 ta) katta kattakchada sanalgan leykositlar soni. 86
Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling