Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot


Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita


Download 74.33 Kb.
bet2/7
Sana22.12.2022
Hajmi74.33 Kb.
#1042552
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishii

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo’yicha qo’mita
(MHXSQ)ning maqsadi va uning tavsifi

Bugungi kunda, buxgalteriya hisobining xalqaro standarti sifatida ikkita etalon: Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari – MHXS (International Financial Reporting Standards – IFRS) hamda AQShning Buxgalteriya hisobining umum qabul qilingan qoidalari – BHUQ (GenerallyAcceptedAccounting Principles – GAAP) tan olingan. Jahon fond bozorlarida listingdan o’tish uchun taqdim qilinadigan moliyaviy hisobot aynan shu ikki standart talablari asosida tayyorlanadi va taqdim etiladi. Bunda shuni e‟tiborga olish lozimki, AQSh fond bozori listingiga kirish uchun GAAP (BHUQ) talablari, qolgan fond birjalari uchun esa MHXS talablari asosida moliyaviy hisobot taqdim etiladi. To’g’ri, AQShning Buxgalteriya hisobining umumqabul qilingan qoidalarida “standart” so’zi mavjud emas. Lekin yuqoridagi standartlargaberilganta‟riflarga Muvofiq, GAAPni buxgalteriya hisobining xalqaro standarti sifatida qarashimiz mumkin. Ko’pgina xorijiy olimlar tomonidan ham GAAP xalqaro standart sifatida tan olinadi. Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti hisoblangan GAAP yaratilishida Ingliz-sakson buxgalteriya hisobi qoidalari katta manba bo’lib xizmat qilgan. Shu bilan birga, uning nazariy asoslarini ishlab chiqishda mamlakatning, nafaqat buxgalteriya hisobi bilan bevosita shug’ullanuvchi olimlari, balki barcha iqtisodiy yo’nalishda faoliyat yurituvchi mashhur olimlar o’z hissalarini qo’shishgan. Lekin GAAPning rivojlanishida qanchalik ko’p omillar o’z izini qoldirmasin, u pozitivizm ta‟siri doirasida shakllandi (pozitivizm-fanning rolini faktlar va hodisalarni yozib borishdangina iborat deb cheklab qo’yadi, ularning mohiyatini tushuntirib berishdan bosh tortadi, u asosan amaliyot va tajribaga tayanadi). Ishonch bilan aytish mumkinki, GAAP AQSiqtisodiyotining ellik yillik amaliy tajribasining mevasidir. Amaldagi GAAP Amerika moliyaviy hisobi standartlari bo’yicha Kengash - FASB tomonidan ishlab chiqilmoqda. Unda 7 nafar ekspert faoliyat yuritadi. Shu


bilan birga, GAAPni ishlab chiqish va qabul qilishda Amerika qimmatli qog’ozlar va birjalar bo’yicha Komissiyasi (SEC) katta ta‟sirko’rsatadi. Bundan tashqari, ushbu jarayonlarda Amerika ijtimoiy diplomli buxgalterlar instituti - AICPA, Amerika buxgalterlar assotsiatsiyasi – AAA va Davlat tashkilotlari hisobi uchun standartlar Boshqarmasi - GASB ham faol ishtirok etishadi. GAAP jahonning boshqa mamlakatlari buxgalteriya hisobi standartlariga qanchalik sezilarli ta‟sir ko’rsatmasin, u barcha mamlakatlarni qamrab ololmaydi. U
asosan AQSh fond bozori listingiga kiradigan mamlakatlar uchun talab belgilaydi. Tabiiyki, bunday sharoitda, dunyoning boshqa mamlakatlari uchun buxgalteriya hisobining yangi xalqaro standartlari yaratish zarurati tug’iladi. Ana shunday omillar ta‟siri ostida, hozirda Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qo’mitasi (MHXSQ) deb nomlangan Buxgalteriya hisobining xalqaro 8
standartlari qo’mitasiga (BHXSQ) asos solindi. Ushbu qo’mitalar tomonidan Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari (BHXS) va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) ishlab chiqilgan. O’quvchi to’liq tasavvurga ega bo’lishi uchun, biz BHXSQ va MHXSQning faoliyati to’g’risida batafsilroq ma‟lumotlar beramiz.

– 1973-yilning 29-iyunida 10 ta yirik mamlakatning (Avstraliya, Kanada, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Irlandiya va Amerika Qo’shma Shtatlari) buxgalter va auditorlar uyushmasi tomonidan


BHXSQga asos solindi.

– 1975-yilda ilk standartlar hisoblangan 1-BHXS (1975-y.) “Hisob siyosati yoritilishi” va 2-BHXS (1975-y.) “Tovar-moddiy zaxiralarni tarixiy qiymat bo’yicha hisob tizimi doirasida baholanishi va taqdim etilishi”ning yakuniy variantlari chop etilgan.


– 1989-yilda Yevropa buxgalterlar federatsiyasi (EBF) buxgalteriya


standartlarining xalqaro uyg’unlashuvini va BHXSQ faoliyatida Yevropa mamlakatlarining yanada faol qatnashishini qo’llab-quvvatlaydi. Yevropa buxgalterlar federatsiyasi Kengashi (IFAS) davlat sektori korxonalari uchun davlat tijorat korxonalari tomonidan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda BHXSdan foydalanish majburiyatini yuklaydigan ko’rsatmalarni tasdiqlaydi.

– 1994-yilda BHXSQni nazorat qilish va moliyalashtirish masalalari bilan shug’ullanuvchi Maslahat Kengashiga asos solindi.


– 1995-yilda Yevropa Komissiyasi (EK) BHXSQ va QQKXT (Qimmatli qog’ozlar bo’yicha komissiyalarning xalqaro tashkiloti) o’rtasidagi asosiy standartlarni ishlab chiqishni yakunlash to’g’risidagi bitimni qo’llab-quvvatlaydi hamda Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga BHXSni qo’llash majburiyatini yuklaydi.


– 1996-yilda Qimmatli qog’ozlar va AQSh birjalari bo’yicha komissiyasi qimmatli qog’ozlarni xalqaro bozorlarda joylashtirish maqsadida moliyaviy hisobotni tayyorlashga doir standartlarni tezkor ishlab chiqish borasidagi BHXSQning tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi.


– 1998-yilda “Katta yettilik” mamlakatlarining Moliya vazirlari va Xalqaro valyuta fondi (XVF) “Xalqaro moliyaviy arxitekturani mustahkamlash” maqsadida BHXSni qo’llab-quvvatlashga chorlaydi.

– 2000-yilda QQKXT o’z a‟zolariga transmilliy kompaniyalar tomonidan qimmatli qog’ozlarni xalqaro fond bozorlariga joylashtirilishida BHXSQ standartlaridan foydalanishga ruxsat berishni tavsiya etadi.


– 2000-yilda BHXSQ a‟zolari bo’lgan tashkilotlar BHXSQni qayta tashkil etish va uning yangi nizomini tasdiqlaydi.


– 2001-yilda MHXSQ tarkibi va qo’mitaning yangi nomi e‟lon qilinadi. BHXSQ Fondi tashkil etiladi. 2001-yil 1-aprelda MHXSQ BHXSQdan standartlarni chop etish va qabul qilish mas‟uliyatini qabul qilib oladi. MHXSQ amaldagi BHXS va Sharhlash bo’yicha doimiy qo’mitani (ShDQ) tasdiqlaydi.


– 2002-yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan Yevropa Fond birjasida muomalada bo’lgan kompaniyalar aktsiyalari uchun 2005-yildan boshlab MHXSni qo’llash majburiyati belgilandi. – 2002-yilda MHXSQ va Amerika moliyaviy hisobi standartlari bo’yicha


kengash - FASB o’rtasida konvergensiya (birlashtirish) to’g’risida bitim imzolandi.

– 2004-yildan boshlab, MHXSQ majlislari Internet orqali uzatilmoqda.


– 2004-yilda MHXSlarning yakuniy variantlari va ShDQning birinchi loyihasi chop etilgan.
– 2005-yilda MHXS va Amerika moliyaviy hisobi standartlari o’rtasidagi farqlarni tushuntirish bo’yicha belgilangan talablarni bekor qilish to’g’risida SECning Harakat rejasi qabul qilingan.

– 2008-yilda QQKXT moliyaviy hisobotlarni tayyorlashda MHXSQ


tomonidan qabul qilingan standartlarga qat‟iy rioya qilish to’g’risida ko’rsatma berdi.

– 2008-yilda MHXSQ va FASB 2014-yilda ko’pgina mamlakatlar, shu jumladan, AQSh ham MHXSni qabul qilish munosabati bilan konvergensiya bo’yicha qo’shma loyihalarni tezlashtirishga qaror qildi.


– 2008-yilda Amerika ijtimoiy diplomli buxgalterlar instituti – AICPA, o’z “Axloq kodeksi”da MHXSKni buxgalteriya standartlarini belgilovchi tashkilot sifatida tan oldi.


– 2009-yilda MHXSK davlatlar va davlatlararo tashkilotlar vakillaridan iborat Kuzatuv kengashini ta‟sis etdi.


– 2010-yilda Vasiylar ikkinchi marta Nizomni qayta ko’rib chiqdilar. Oldingi BHXSQ Fondi nomi MHXSQ Fondi nomiga o’zgartirildi.


Bundan tashqari, o’tkazilgan islohotlardan so’ng, Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qo’mitasining tarkibiga MHXS Fondi va MHXS Kengashi (keyingi matnda Kengash) kiritildi. Bundan tashqari, uning tarkibida Standartlar bo’yicha maslahat kengashi (IFRS Advisory Council), Standartlar bo’yicha Sharh
berish bo’yicha qo’mita (IFRIC, IFRS) hamda MHXSni joriy etish bo’yicha tezkor xizmat faoliyat yuritadi. Yangi tashkil topgan MHXS qo’mitasining tarkibiy tuzilishi keltirilgan. O’tkazilgan islohotlardan so’ng standartlar Kengash tomonidan ishlab chiqiladi va qabul qilinadi. Bugungi kunga qadar Kengash tomonidan 13 ta yangi standart
(International Financial Reporting Standards – IFRS) ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilmoqda. Kengash 16 a‟zoga ega bo’lib, MHXS Fondiga hisobdor hisoblanadi. MHXS fondi – xususiy sektorning jamiyat manfaatlari maqsadida ishlaydigan, mustaqil, notijorat tashkilot bo’lib, uning asosiy maqsadi: – MHXS standartlarni o’rnatuvchi idora ‒ Kengash tomonidan yuqori sifatli, tushunarli, amalda kuchga ega va xalqaro miqyosda tan olingan moliyaviy hicobotning xalqaro standartlari yagona to’plamini ishlab chiqish;
– ushbu standartlarning joriy etilishi va qat‟iy qo’llanilishini ilgari surish;
– rivojlanayotgan mamlakatlar hamda kichik biznesning moliyaviy hisobot bo’yicha ehtiyojlarini hisobga olish;
– Kengash tomonidan chiqariladigan standart va izohlar bo’lmish Moliyaviy Hisobotning Xalqaro Standartlarini milliy standartlar va MHXSni konvergensiyasi (birlashishi) orqali ilgari surish va ularning qabul qilinishini jadallashtirishdan iborat.

Download 74.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling