Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


-rasm. Oilaning iqtisodiy funksiyalari3


Download 0.65 Mb.
bet3/6
Sana27.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1235259
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abbos brat

1-rasm. Oilaning iqtisodiy funksiyalari3
Odatda, uy xo‘jaligi o‘zining xo‘jalik faoliyatini bo‘sh joydan boshlamaydi, ya’ni birlamchi asosan me’ros bo‘yicha, ba’zida hadya natijasida o‘tuvchi avvalgi boylikka ega bo‘ladi. Bu boylik turli ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Eng avvalo, ko‘chmas mulk, naqd pullar ko‘rinishidi, ayrim hollarda esa – qimmatli qog‘ozlar. Birlamchi resurslardan tashqari uy xo‘jaliklari moliyaviy resurslarining manbalari quyidagilar bo‘lishi mumkin: a) uy xo‘jaligining tasarruf etadigan daromadi; b) iste’mol krediti; v) ijtimoiy transfertlar; g) boshqa resurslar (misol uchun, bu lotereyalardan yutuqlar, shaxsiy zayomlarni boshqa jismoniy shaxslarga sotishdan daromadlar bo‘lishi mumkin). Daromadlar uy xo‘jaliklarining iste’mol tovarlari va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga, to‘plash va jamg‘arishga hamda majburiy to‘lovlarga, ya’ni xarajatlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Uy xo‘jaliklarining daromadlarini turli mezonlar bo‘yicha ajratish mumkin. Eng avvalo, daromadlarni pul ko‘rinishidagi va natural ko‘rinishdagilarga bo‘lish mumkin. Agar, uy xo‘jaligi mahsulotlarning bir qismini bozorda sotish maqsadida ishlab chiqaradigan yoki yetishtiradigan bo‘lsa, u holda sotishdan olingan tushumni pul daromadlari, deb hisoblash lozim.4
Uy xo‘jaliklarining xarajatlari
Iqtisodiy fanda uy xo‘jaliklarining xarajatlarini turkumlashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Uy xo‘jaliklarining xarajatlarni ularni amalga oshirilishining davriyligi (chastotasi) nuqtai nazaridan uchta umumlashgan guruhlarga bo‘linadi:
1) qisqa muddatli xarajatlar;
2) o‘rta muddatli xarajatlar;
3) uzoq muddatli xarajatlar.
Uy xo‘jaliklari xarajatlarini kelgusi tavsifi uchun ularni turkumlashning boshqacha variantidan foydalanish mumkin. Ular yuqoridagi ikkita mezonni umulashtirish imkonini beradi. Bu variant uy xo‘jaliklari budjetining xarajatlar qismini uchta asosiy bo‘limga bo‘lishni nazarda tutadi:
1. Majburiy to‘lovlar.
2. Iste’mol xarajatlari.
3. Pul omonatlari.
Uy xo‘jaliklarining majburiy to‘lovlari uning real daromadlarini qisqartiradi. Bunday xarajatlarga soliqlar va boshqa davlat majburiy to‘lovlarini to‘lash hamda kommunal xizmatlar uchun to‘lovlar kiradi. Mazkur modda bo‘yicha uy xo‘jaliklari qanchalik pul mablag‘larini ko‘p sarflasalar, shunchalik oz pul mablag‘larini joriy iste’mol va jamg‘arishga yo‘naltirishi mumkin. Tovarlar sotib olish va xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha iste’mol xarajatlari shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq. Tovarlar sotib olish va xizmatlarga to‘lovlar bo‘yicha xarajatlarning miqdori chakana narhlarga, oilaning konkret narsalarga ehtiyojiga, ularning pul daromadlarini hajmiga va oila tomonidan to‘lanadigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summalariga bog‘liq.5



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling