Vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti


Uy xo'jaligi moliyasini takomillashtirishning obektiv zaruriyati


Download 0.65 Mb.
bet4/6
Sana27.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1235259
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
abbos brat

2.Uy xo'jaligi moliyasini takomillashtirishning obektiv zaruriyati
Uy-xo‘jaliklari moliyasi har bir davlat moliya tizimining ajralmas tarkibiy qismi (elementi) hisoblanadi. Bozor munosabatlari tizimida uy xo'jaliklarining moliyaviy ahamiyati uning iqtisodiy jihatdan nimaga mo‘ljallanganligi bilan belgilanadi. Bir tomondan, uy xo'jaliklari ishlab chiqarish omillarining (mehnat, yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va boshqalarning) xususiy egalari hisoblanadi
va xuddi shu asosda o'zlarining daromadlar manbalari va mohyaviy tushilmalarini shakllantiradi. Boshqa bir tom ondan esa, uy xo'jaliklari iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlarni iste’mol qiluvchilar sifatida maydonga chiqadi va demak, bozor talabini belgilab (aniqlab) beradi. Bir vaqtning o'zida, uy xo'jaliklari jamiyat yalpi
daromadining bir qismini jamg'aradi, real va moliyaviy aktivlarni sotib olish orqah moliyaviy rezervlarni yaratishda ishtirok etadi, soliq to'lovlari orqali esa davlatning markazlashtirilgan mohyaviy fondlarini shakllantirishda katta (muhim) rol o'ynaydi.
Odatda, “uy xo‘jaligi” atamasidan milliy statistikada aholidan (fuqarolar to'plamidan) iborat bo'lgan institutsional birlikni ifodalash uchun foydalanmoq kerak. Shuning uchun ham Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan tavsiya etilgan Milliy hisoblar tizimining (MHT) zamonaviy xalqaro andozasi (standarti) uy xo'jaligini yagona (bir) yashash maydonchasida (maydonida) birgalikda yashayotgan, umumiy fondga o'zlarining daromadlari va boyliklarini to'liq yoki qisman o'tkazayotgan (berayotgan) va ayrim tovarlar hamda xizmatlarni, eng asosan uy-joy va iste’mol mahsulotlarini umumiy tarzda (birgalikda) iste’mol qilayotgan kishilarning katta bo'lmagan guruhi, deb ta’riflaydi (aniqlaydi) Ayrim hollarda o‘zbek iqtisodiy adabiyotda “uy xo'jaligi” atamasining “xonadon” yoki “oila” atamalari bilan almashtirihshiga yo‘l qo'yilmoqda. Shunga mos ravishda “uy xo'jaligi moliyasi” iborasining o'rniga “xonadon moliyasi” va “oila moliyasi” iboralari ham ekvivalent yoki sinonim iboralar shaklida ishlatilmoqda. Shu munosabat bilan “oila” yoki “xonadon”ni “uy xo‘jaligi”dan ajratmoq lozim. Eng awalo, “uy xo'jaligi” aniqlilik darajasining “oila”ga nisbatan kamroq darajada cheklangan xarakterga ega ekanligini qayd etib o'tmoq lozim. Masalan, o'zlarining o'g'illariga tegishli bo'lgan joyda (binoda) yashayotgan keksa ota-onalar uy xo'jaligining a’zolari bo'lsalar-da, uning oilasi bo'lolmaydi. Xuddi shuningdek, bir xonani ijaraga olgan talaba uy-joy egasining uy xo'jaligi tarkibiga kiradi, lekin uning oilasi tarkibiga kirolmaydi va h.k. Boshqacha aytganda, uy xo'jaligi qarindosh bo'lmaganlarni ham o'z ichiga olishi yoki bir kishidan (shaxsdan) iborat ham bo'lishi mumkin.
Uy xo'jaliklari moliyasi tartibga solish (tartiblash) funksiyasining namoyon bo'lishini quyidagi ikki nuqtai-nazardan qarash maqsadga muvofiq:
• makroiqtisodiyot;
• mikroiqtisodiyot.
Makroiqtisodiy yondoshuv nuqtai-nazaridan uy xo'jaliklarimoliyasi, bir vaqtning o'zida, davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibgasolishning (tartiblashning) ob’ekti va instrumenti hisoblanadi. Uy xo'jaliklari moliyasini tartibga solaverib (tartiblab), davlat, eng avvalo;
• bozor m unosabatlariga xos bo'lgan daromadlarni differensiatsiya qilish (tabaqalashtirish) muammosining o'tkirligini kamaytiradi;
• aholi darom adlari m anbaining tarkibiy tuzilishi va dinamikasidagi (o'zgarishidagi) tendensiyalarni shakllantiradi;
• iste’molning minimal (eng kam) darajasini tartibga soladi (tartiblaydi);
• uy xo'jaliklarining investitsion potensialiga (salohiyatiga) ta’sir ko'rsatadi.
Mikroiqtisodiy yondoshuv nuqtai nazaridan esa uy xo'jaliklarining iqtisodiyoti uning turli ishtirokchilari o'rtasidagi yetarli darajada murakkab bo'lgan munosabatlar kompleksigaasoslanadi. Bu munosabatlar yosh borasidagi farqlar, xarakterning belgilari, odamlarning qiliqlari, ular daromadlari va ehtiyojlarining
xilma-xil darajasi bilan belgilanadi. Shu bilan birgalikda, faqat uning ishtirokchilari iqtisodiy (moliyaviy) qarorlar qabul qilishda o‘zaro tushunishga ega (yakdil) bo‘lsalargina, uy xo'jaliklarining sog'lom (normal) rivojlanishi sodir bo'lishi mumkin. O'z navbatida, uy xo'jaliklarining turli ishtirokchilari iqtisodiy manfaatlarini muvofiqlashtirish ularni tartibga solish orqali amalga oshiriladi. Bu yerda “ularni tartibga solish” deyilganda, uy xo'jaligining bir a’zosiga to'g'ri keladigan daromad bir qismining o'zgartirilishi nazarda tutilayapti. Demak, bundan uy xo'jaliklari mohyasining yana bir funksiyani-iqtisodiy birlik sifatida uy xo'jaligining balanslashtirilgan(muvozanatli) tarzda rivojlanishini qo'llab-quvvatlovchi tartibga solish funksiyasini-bajarishi yaqqol ko'rinib turibdi.
Uy xo'jaliklari moliyasining rag'batlantiruvchi funksiyasi turli shakl va mazmunda o'zini ifoda etadi. Bir tomondan, u o'z o'sib boruvchi ehtiyojlarini (ehtiyojlarning o'sib borishi ob’ektiv iqtisodiy qonunining harakatiga muvofiq ravishda) qondirish uchun zarur bo'lgan daromadlarni uy xo'jaliklari tomonidan oshirishga intilish tufayli namoyon bo'ladi. Boshqa bir tomondan esa, uy xo'jaliklari daromadlarining o'sishi mehnat faoliyatining sifati va natijalariga asoslangan bo'lmog'i lozim.
Uy xo'jaliklari moliyasining rag'batlantiruvchi funksiyasi asosan real daromadlarining o'sishiga yo'naltirilgan ishlab chiqarish jarayonining rivojlanishiga va samarali byudjet siyosatiga asoslangan rag'batlantiruvchi mohya mexanizmini (mohyaviy mexanizmni) yaratish orqali amalga oshiriladi.
Uy xo'jaliklari moliyasi amal qilishining ijtimoiy aspektlari (yo'nalishlari, jihatlari) unga tegishli bo'lgan yuqoridagi barcha funksiyalarning tahlilida kuzatiladi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, ijtimoiy funksiyaning uy xo'jaliklari moliyasiga tegishli bo'lgan alohida funksiya sifatida qaralishini, ma’lum ma’noda, yetarli darajada asoslangan deb hisoblash mumkin. Chunki uy xo'jaliklarining daromadlari, xarajatlari va jamg'armalari aholi va uning alohida guruhlari ijtimoiy-iqtisodiy holatini bevosita aks ettiradi, shaxsning shakllanishi va demografik jarayonlarga o'z ta’sirini ko'rsatadi. Anashu ma’noda, uy xo'jahklari moliyasi jamiyat barcha a’zolarining hayotiy ta’minlanish darajasini shakllantirish va iste’mol talabi tarkibiy tuzilishining xususiyatlarini aniqlaydi, aholi daromadlarini taqsimlashdagi bogiiqliklarni ifodalaydi, jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy stratifikatsiyasiga ta’sir ko'rsatuvchi asosiy omil bo'lib hisoblanadi.
Moliyaviy indikatorlar (masalan, o'rtacha jon boshiga to'g'ri keluvchi pul daromadlari, aholi daromadlarining differensiasiyalanish (tabaqalanish) koeffitsienti, hayot ko'rish (yashash) minimumi, minimal ish haqi va boshqalar taraqqiyot (rivojlanish) ijtimoiyiqtisodiy dasturiarining majburiy elementi hisoblanadi, davlat ijtimoiy siyosatining ishlab chiqilishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi, jamiyatning farovonlik darajasini baholashga imkon beradi.
Uy xo'jaliklari moliyasining samarali faohyat ko'rsarishi uy xo'jaliklaridagi moliyaviy m unosabatlarning masshtabi, bu munosabatlar namoyon bo'lishi xilma-xilligining to'liqligi va ularning rivojlanishini ta’minlovchi mexanizmlarga bog'liqdir.


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling