Vazirligi urganch davlat universiteti


-rasm. Mikrosporidiya: A-Muxobolus pfeifferi bilan kasallangan


Download 327.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana21.04.2023
Hajmi327.33 Kb.
#1375930
1   2   3   4
2-rasm. Mikrosporidiya: A-Muxobolus pfeifferi bilan kasallangan
baliqning umumiy ko'rinishi; B-ko‘ndalang kesmasi ko‘rinishi.
MIKROSPORIDIYALAR (MICROSP niORIDIA) tipining vakillari juda mayda
bo'lishi va sporalarining tuzilishi bilan miksosporidiyalar tipidan farq qiladi.
Mikrosporidiyalar tipiga 800 dan ortiq tur kiradi. Bu tipga 2 ta sinf va 70 dan
ortiq urug‘ kiradi. Mikrosporidiyalar sporasi juda kichik, ya’ni 2-10 mkm
bo‘ladi va ular qattiq po‘st bilan qoplangan. Mikrosporidiyalar, asosan har xil
hasharotlaming hujayralarida, ba’zan baliqlaming hujayralarida parazitlik qiladi.
Ular sporasining kat
ta qismini bitta otuvchi kapsula va qalin qobiq egallagan. Ikki yadroli
amyobasimon murtak juda kichik boiib, sodda tuzilgan. Spora hayvon hazm
organiga tusnganida ancha uzun otuvchi tola ajratib chiqaradi va qobiqdan
ajralgan amyobasimon tanacha hayvonning to‘qima va hujayralariga kirib
rivojlanadi, ya’ni ular jinssiz yo‘l bilan ko‘payib, sporalar hosil qiladi. Ichak
bo‘shlig‘iga tushgan sporalar tashqariga chiqarib yuboriladi.
8


Mikrosporidiyalaming ayrim vakillari, masalan, Nosema bombycis tut ipak
qurtining turli ichak to!qimalarida parazitlik qilib, ularda xavfli oiat - qoradog‘,
qorason (pebrina) kasalligini vujudga keltiradi (3-rasm).
3-rasm. Nozema mikrosporidiyasining ipak qurti ichagi epiteliysida
rivojlanish sikli. Chapda - qurt ichagi epiteliysida jinsiy ko‘payishi va
spora hosil qilishi, o‘ngda - sporaning hujayradan chiqishi va amyobasimon
parazit hosil bo‘lib, qurt ichagi epiteliy hujayrasiga kirib olishi.
 Qoradog' qo‘zg‘atuvchisi nozema sporalari tirik qolgan ipak qurti kapalagining
tuxumi(urug‘i) orqali so‘nggi avlodga ham o‘tadi.
Ipak qurti kasalligining qo‘zg‘atuvchisi - nozemaning biologiyasini 1849-1858-
yillarda fransiyalik olim L. Paster o‘rgangan. Tut ipak qurti nozemasi ifloslangan
tut bargi orqali ipak qurtiga o‘tadi. Ichak epiteliysi orqali qonga o‘tgan parazit
qurtning barcha organlarini zararlaydi. L. Paster parazitning nasldan-naslga
o‘tishini aniqlab, kasallangan tuxumlardan sog‘ tuxumlami ajratib olish usulini
ishlab chiqqan. Bu usuldan hozirgacha gren zavodlarida foydalaniladi. Bu
kasalning nomini nozematoz deyiladi.
Qoradog' (pebrina) kasalligiga qarshi kurashish uchun, awalo, ipak qurti urug‘ini
ochirishga qo‘yishdan oldin uni yaxshilab tekshirish kerak. Urug‘ zavodlarida
faqat sogiom tut ipak qurti kapalaklarini ajratib, ulardan urug‘ olish lozim.
Mikrosporidiyalaming yana bir turi - Nosema apis asalarilaming ichagida
parazitlik qilib, ichak kasaliga sabab boiadi va ko‘plab asalari oilalari qirilib
ketadi. Shuning uchun bu kasallikka qarshi kurashish choralaridan biri
9


kasallangan asalarilar oilalari dezinfeksiya qilinishi kerak. Kuchli zararlangan
oilalami qirib tashlashga to‘g‘ri keladi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkin odamlarda uchraydigan soxta oyoqlilarning
vakili ularning umumiy tavsifi va sistematik o’rni ,kasalliklar keltirib chiqarishi:
1.Odamda uchraydigan soxta oyoqlilarnning umumiy tavsifi ular sarkodallilar
sinfiga kiradi.ularning 11000ga yaqin turi bor.Parazit yashaydigan vakili
amyobalar turkumiga oid ichburug’ amyobasidir.U odamda parazitlik qilib qonli
ichburug’kasalligini keltirib chiqaradi. Ichburug’ amyobasinni birinchi marta
1875 yilda rus shifokori Lesh tomonidan aniqlangan va uning patologik
belgilarini ham o’rganilgan.Ichburug’amyobasining kattaligi 20-30 mikron
keladi.Sodda hayvonlar xo’jayinlarini turli a’zolarida (ichak, tana bo’shlig’i,
qoni, jinsiy sistema va boshqalar) joylashadi va ularni zararlaydi. Ko’pchiligi
hujayra ichi parazitlari. Sodda hayvonlar orasida odam va hayvonlarda turli
og’ir, o’lim bilan tugaydigan hastaliklarni keltirib chiqaruvchi turlari bor.
Shuning uchun parazit sodda hayvonlarni o’rganish nafaqat zoologiyani tibbiyot
va veterinnariyani ham predmeti hisoblanadi.
2.Odam uchraydiygan soxta oyoqlilarning sistematikasi Hayvonot olami,bir
hujayralilar kichik olami,sarkomastigoforalar tipi.sarkodalilar sinfi,amyoba
turkumi,ichburug’ amyobasi turi hisoblanadi.
10


3.Odamda uchraydigan soxta oyoqlilar odamda amyobiaz ya’ni qonli ichburug’
keltirib chiqaradi.kasallikning belgilari qorin og’rishi,ishtahaning
yo’qolishi,yiring va qon aralash ich ketishi kabi belgilar yuzaga keladi.
Ichburug’ amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300
milliontagacha sista chiqarishi mumkin.Kasallikka tashxis qo‘yish uchun
bemoming najasi konservantga yigiladi va tekshiriladi.
Profilaktika choralariga ovqat iste’mol qilishdan oldin qo'lni yaxshilab
yuvish, xomligicha yeyiladigan sabzavot va boshqa masalliqlami yaxshilab
yuvish, pishirilgan ovqat va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash,
pashshalami yo‘qotish (chunki ular dizenteriya amyobasining sistalarini
mexanik ravishda tashiydi), bemor va sista tashuvchilami aniqlash va davolash,
umumiy ovqatlanish muassasalarida sanitariya holatini va ovqat tayyorlash
texnologiyasini nazorat qilib borish va aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena
qoidalariga rioya qilish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini olib borish kabilar
kiradi.

Download 327.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling