Vazirligi urganch davlat universiteti
-rasm. Ichburug' amyobasi hayot siklining sxemasi: 1-hazm yo‘liga
Download 327.33 Kb. Pdf ko'rish
|
1-rasm. Ichburug' amyobasi hayot siklining sxemasi: 1-hazm yo‘liga
tushgan sista; 2-amyobaning sistadan chiqishi; 3 -4-ichak bo‘shlig‘idagi mayda vegetativ shakli; 5-yirik vegetativ shakli; 6-ichakdagi sistalar; 7- ichakdan chiqqan qon va shilimshiq aralash chiqindilarda uchraydigan shakli. Ichburug' amyobasining rivojlanish jarayonida sista va vegetativ shakllari bo‘ladi. Vegetativ holatining uch xil shakli aniqlangan: a) kichik vegetativ shakli; b) to‘qima shakli; d) gematofag yoki eritrofag shakli. Amyobaning to‘qima va eritrofag shakllari ba’zan yirik vegetativ shakl deb ham ataladi. Aslida, bu ikki shakl o‘zaro yashash joyi hamda ovqatlanish usuli bilan farq qiladi. Sista, odatda, yumaloq shaklga ega bo‘lib, zich parda - sista qobig‘i bilan o‘ralgan. Yetilgan sistada 4 ta, yetilmaganida 1-2 ta yadro bo‘ladi. Mayda vegetativ shakli kichkina (15-20 mkm) bo‘lib, serharakatdir. Uning sitoplazmasi keskin ravishda ikkiga - tiniq oynasimon ektoplazma va donachali endoplazmaga bo‘linadi. Endoplazmada sharsimon yadro joylashadi. Mayda vegetativ shakli odamning yo‘g‘on ichagi qavatida yashab, bakteriyalar bilan oziqlanadi va odamga zarar keltirmaydi. Noqulay sharoitda sistalarga aylanishi mumkin. Dizenteriya amyobasining to‘qima shakli (20-25 mkm) odamning yo‘g‘on ichagi devorlarida 4 yashab, yaralar hosil qiladi va ichak devoridagi to‘qimalami yemirib, shuning hisobiga oziqlanadi. To‘qima shakli boshqalariga nisbatan eng zararli hisoblanadi. Yaralar yallig‘lanib, yiringlaydi va qon tomirlarining shikastlanishi natijasida yaralardan qon oqadi. Gematofag yoki eritrofag shakllari odatda yaralarga yaqin joylarda topilib, eritrotsitlar bilan fagotsitoz holida oziqlanadi. Dizenteriya amyobasining mayda vegetativ shakli asosiy shakli hisoblanadi. Chunki u ko‘payib, to‘qima shakliga - eritrofagga va sistaga aylanadi. Sistalar xo‘jayin axlati bilan birga tashqariga chiqib turadi. Sistalar tashqi muhitga chidamli boiib, hatto, xlorlangan suvda ham halok boimaydi. Bir qancha dizenfeksiyalovchi moddalar ta’siriga ham chidamli boiadi. Dizenteriya amyobasining sistalarida 4 ta yadro boiadi. Sistalar bilan ifloslangan suv, sabzavot va mevalar iste’mol qilinganda, parazitlar odamning oshqozon-ichak sistemasiga tushadi. Ichakda har bir sistadan 4 ta mayda vegetativ shakl paydo boiadi. So‘ngra ular mitoz yoii bilan boiinib, soni ikki hissa oshadi. Ichagida amyobaning faqat mayda vegetativ shakli boigan odamlar odatda sogiom boiib qolaveradi. Organizm zaiflashganda amyobalar boshqa patogen shakliga, ya’ni to‘qima shakliga aylanadi. To‘qima shakli o‘zidan proteolistik ferment ajratib, ichak devorida yaralar boiishiga olib keladi. Yaralardan qon oqadi, shu sababli bemorlaming axlatida qon boiishi kuzatiladi. Odatda, yaralarga yaqin joylarda dizenteriya amyobasining yana bitta shakli - eritrofag shaklini topish mumkin. Bu shakl ancha yirik boiib, ko‘ndalang oichami 20-40 mkm keladi. Soxta oyoqlari kalta boiib, o‘zi esa ancha harakatchan boiadi. Sitoplazmada, ko‘pincha, eritrotsitlami topish mumkin. Shuning uchun u eritrofag yoki gematofag (qon bilan oziqlanuvchi) degan nomni olgan. Dizenteriya amyobasi odamning boshqa a’zolariga (jigar, o‘pka) ham joylashishi mumkin. Agarda amyobaning to‘qima shakli hosil qilgan yara qon tomiriga to‘g‘ri kelib qolsa, u qon orqali to‘g‘ri jigarga boradi va jigar absessiga sabab boiadi. 0 ‘pkaning jarohatlanishi esa jigar abssessining o‘pkaga diafragma orqali o‘tishidan kelib chiqadi. Amyobiaz kasalligining belgilari, asosan, qorin og‘rishi, ishtahaning yo‘qolishi, yiring va qon aralash ich ketishidan aniqlanadi. Ichburug4 amyobasi bilan kasallangan odam bir kecha-kunduzda 300 milliontagacha sista chiqarishi mumkin. Kasallikka tashxis qo‘yish uchun bemoming najasi konservantga yigiladi va tekshiriladi. Konservant tarkibi A.A. Turdiyev tomonidan taklif etilgan (1971- y.). Odamda 4 yadroli sistalar va eritrofag topilishi unga amyobiaz 5 yuqqanligidan dalolat beradi. Ichburug4 amyobasi yer yuzida keng tarqalgan. Turli geografik sharoitlarda odamlaming bu parazit bilan kasallanishi 10 % dan 30 % gacha yetadi. Ichburug‘ kasalligi asosan issiq tropik va subtropik iqlimli mamlakatlarda ko‘p uchraydi. U Markaziy Osiyo davlatlarida, shu jumladan, 0 ‘zbekistonda ham uchraydi. Profilaktika choralariga ovqat iste’mol qilishdan oldin qo'lni yaxshilab yuvish, xomligicha yeyiladigan sabzavot va boshqa masalliqlami yaxshilab yuvish, pishirilgan ovqat va ichiladigan suvni yopiq idishda saqlash, pashshalami yo‘qotish (chunki ular dizenteriya amyobasining sistalarini mexanik ravishda tashiydi), bemor va sista tashuvchilami aniqlash va davolash, umumiy ovqatlanish muassasalarida sanitariya holatini va ovqat tayyorlash texnologiyasini nazorat qilib borish va aholi o‘rtasida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilish bo‘yicha keng targ‘ibot ishlarini olib borish kabilar kiradi. SPORALILAR (SPOROZOA) tipiga 4800 dan ortiq tur kirib, ulaming hammasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odamlaming turli ichki organlarida parazitlik qilib hayot kechiradi va birorta kasallikni keltirib chiqaradi. Shunga ko‘ra, ulaming rivojlanishi murakkablashgan boiib, har xil muhit sharoitda yashashga, xo‘jayinlarini almashtirib turish, jinssiz va jinsiy y o i bilan ko‘payish kabi yangi xususiyatlar vujudga kelgan. Ulaming harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat hazm qiluvchi vakuolalari rivojlanmagan, himoya qobigiga o‘ralib spora hosil qiladi. Sporalilar tipi koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) va gregarinalar (Gregarinina) sinflariga boiinadi. Mahsuldor hayvonlarda va odamlarda asosan koksidiyasimonlar sinfi vakillari parazitlik qilib, xavfli kasalliklami keltirib chiqaradiSPORALILAR (SPOROZOA) tipiga 4800 dan ortiq tur kirib, ulaming hammasi umurtqasiz va umurtqali hayvonlarda, shu jumladan, odamlaming turli ichki organlarida parazitlik qilib hayot kechiradi va birorta kasallikni keltirib chiqaradi. Shunga ko‘ra, ulaming rivojlanishi murakkablashgan boiib, har xil muhit sharoitda yashashga, xo‘jayinlarini almashtirib turish, jinssiz va jinsiy y o i bilan ko‘payish kabi yangi xususiyatlar vujudga kelgan. Ulaming harakatlanish organoidlari, qisqaruvchi va ovqat hazm qiluvchi vakuolalari rivojlanmagan, himoya qobigiga o‘ralib spora hosil qiladi. 6 Sporalilar tipi koksidiyasimonlar (Coccidiomorpha) va gregarinalar (Gregarinina) sinflariga boiinadi. Mahsuldor hayvonlarda va odamlarda asosan koksidiyasimonlar sinfi vakillari parazitlik qilib, xavfli kasalliklami keltirib chiqaradi. MIKSOSPORIDIYALAR (MYXOSPORIDIA) YOKI KNIDOSPORIDIYALAR (CNIDOSPORIDIA) tipi yaqin-yaqinga qadar sporalilar tipi bilan qo‘shib o‘rganilar edi. Lekin ularning tuzilishi va rivojlanish sikli har tomonlama chuqur o‘rganilgach, morfologik va fiziologik jihatdan sporalilardan farq qilishini hisobga olib, miksosporidiyalami mustaqil tip darajasiga ko‘tarishga imkon yaratildi. Miksosporidiyalarda vegetativ va generativ yadrolar borligi, sporalari ko‘p hujayrali murakkab tuzilishga ega ekanligi aniqlandi. Yana shuni ham aytish kerakki, miksosporidiyalarning ko‘payishi va tarqalishi uchun xizmat qiladigan kapsulli sporalari deyarli hamma vaqt yetishib turishi bu tip vakillari uchun juda xarakterlidir (ma’lumki, sporalilar tipining vakillarida sporalar ularning oxirgi rivojlanish stadiyasida yetishar edi). Miksosporidiyalarning vakillari hayvonlaming hujayrasida parazitlik qilib yashaydi. Ularning sporalari kapsula ichida boiadi. Kapsulada o‘ralib yotgan kuydirgich ipi boiib, xo‘jayin ichiga tushganda ip kapsuladan otilib chiqib, ichakning epiteliysiga sanchiladi. So‘ngra amyobasimon embrion sporadan chiqib xo‘jayin to‘qimasi ichiga kiradi. Miksosporidiyalar tipiga 1000 dan ortiq tur kirib, 2 sinfga boiinadi: 1. Aktinomiksidiyalar yoki aktinosporalilar (Actinosporea) sinfi. 2. Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilar (Myxosporea) sinfi. Aktinomiksidiyalar sinfida 20 dan ortiq tur mavjud boiib, ular asosan halqali chuvalchanglarda parazitlik qiladi. Miksosporalilar yoki shilimshiq sporalilar sinfiga 1000 ga yaqin tur kiradi. Ular asosan baliqlarda parazitlik qiladi va baliqchilik xo‘jaligiga katta iqtisodiy zarar yetkazadi. MDH da bu sinf vakillarini o‘rgangan olimlar V.A. Dogel va S.S. Shulmanlar hisoblanadi. Miksosporalilar shizogoniya, jinsiy jarayon, sporogoniya davrlari va nasllar gallanishining yo‘qligi bilan sporalilardan farq qiladi. Shilimshiq sporalilardan Myxobolus pfeifferi turi baliqlaming har xil to‘qima va organlarida (jabralari, terisi, o‘t pufagi va muskullarida) parazitlik qiladi. 7 Baliqlarning terisida shishlar paydo boiib, ko‘plab, ayniqsa, yosh baliqlar qirilib ketadi (2-rasm). Miksosporalilaming oichami bir necha mikrondan 2 sm gacha boradi. Download 327.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling