Вазиятга амалдаги қонун ҳужжатларига асосланган ҳолда ҳуқуқий баҳо беринг


Ходимнинг розилигисиз, иш берувчининг буйруғи билан ходимнинг меҳнат ҳақидан ушлаб қолиш асослари ва шартларини муҳокама қилинг


Download 36.1 Kb.
bet2/10
Sana01.05.2023
Hajmi36.1 Kb.
#1418250
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Mehnat huquqi

Ходимнинг розилигисиз, иш берувчининг буйруғи билан ходимнинг меҳнат ҳақидан ушлаб қолиш асослари ва шартларини муҳокама қилинг.

  1. Муайян давр учун белгиланган меҳнат нормасини ва меҳнат вазифаларини тўлиқ бажарган ходимнинг ойлик меҳнат ҳақи қонун ҳужжатларида Меҳнатга ҳақ тўлаш ягона тариф сеткасининг биринчи разряди бўйича белгиланган миқдордан оз бўлиши мумкин эмас.

Меҳнатга ҳақ тўлашягона тариф сеткасини ҳуқуқий таҳлил қилинг. 

  1. Меҳнат қонунчилигига кўра, тунги ишларда ҳамда дам олиш вақтида бажарилган ишларда ишлаганлик учун тўланадиган меҳнат ҳақи умумий меҳнатга ҳақ тўлаш миқдорларидан фарқланади.

Ушбу фарқланувчи ҳолатларни таҳлил қилинг.


5. Меҳнат ҳақини натура шаклида тўлаш тақиқланади, Ўзбекистон Республикаси Ҳукумати томонидан белгиланган ҳоллар бундан мустасно.

Мазкур ҳолатни қонун ҳужжатлари асосида таҳлил қилинг.
Mavzu yuzasidan testlar




  1. Mehnatga haq to‘lashning yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga o‘zgartirishga uning roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi. Bunday o‘zgarish amalga oshiriladigan bo‘lsa, qancha muddat oldin ogohlantirish lozim?

  1. 1 oy

  2. 2 oy

  3. 3 oy

  4. 4 oy




  1. Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori qancha?

  1. yagona tarif setkasining uchinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas

  2. mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan miqdordan oz bo’lishi mumkin emas

  3. lokal hujjatlarda ko‘rsatilgan miqdorda

  4. yagona tarif setkasining birinchi razryadi bo‘yicha belgilangan miqdordan oz bo‘lishi mumkin emas




  1. Ish haqini har gal to‘lash vaqtida ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori qanchadan ortib ketmasligi lozim?

  1. Ish haqining ellik foizidan

  2. Ish haqining umumiy miqdoridan

  3. Ushlab qolish mumkin emas

  4. Ish haqining oltmish foizidan




  1. Xodimga tegishli bo‘lgan o‘rtacha ish haqini hisoblab chiqarish tartibi barcha hollarda qaysi organ tomonidan belgilanadi?

  1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan.

  2. Ish beruvchi va kasaba uyushmasi o‘rtasida tuzilgan komissiya tomonidan?

  3. Xodimning boshqa vakillik bergan organlari tomonidan?

  4. Mehnat birjasi tomonidan.

5. Xodimlar davlat yoki jamoat vazifalarini bajarayotgan vaqtida ularga qanday kafolatlar beriladi ?.


A. Ish beruvchi o‘rniga boshqa xodim ishga oladi va vazifalaridan ozod qiladi.
B.Ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart, shuningdek, vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanmaydi.
C. Ish beruvchi uni ish joyini (lavozimini) saqlagan holda ishdan ozod qilishi shart, shuningdek, vazifalarni bajarish vaqtida xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
D. Ish beruvchi ma’lum bir muddat xodimni ishdan bo‘shatadi.

6. “Mehnatga haq toʼlash, pensiyalar va boshqa toʼlovlar miqdorlarini aniqlash tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni (2019 yil 21 may, PF-5723) bilan eng kam ish haqi tushunchasi oʼrniga qaysi tushuncha joriy qilindi?


А. mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdori
B. mehnatga haq toʼlashning yagona tarif setkasi
C. bazaviy hisoblash miqdori
D. pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori
7. Soliqlar, yigʼimlar, jarimalar, davlat bojlari va koʼrsatilayotgan davlat xizmatlari uchun boshqa toʼlovlarning miqdorlarini aniqlashda qaysi tushuncha qoʼllaniladi?
А. bazaviy hisoblash miqdori
B. mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdori
C. pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori
D. mehnatga haq toʼlashning yagona tarif setkasi
8. Maosh, ustamalar, qoʼshimcha haq, gonorar, qoʼshimcha ish uchun kompensatsiya toʼlovlari va ragʼbatlantiruvchi tusdagi toʼlovlarning miqdorlarini aniqlashda qaysi tushuncha qoʼllaniladi?
А. bazaviy hisoblash miqdori
B. mehnatga haq toʼlashning eng kam miqdori
C. pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori
D. mehnatga haq toʼlashning yagona tarif setkasi

9. Xizmat safari muddati yoʼldagi vaqtni hisobga olmagan holda necha kundan koʼp boʼlmasligi kerak? Montaj, sozlash va qurilish ishlarini bajarish uchun xizmat safari bundan mustasno.


А. 20 kun
B. 30 kun
C. 40 kun
D.50 kun
10. Ish beruvchi tomonidan ixtiyoriy ravishda toʼlangan, shu jumladan qonunni notoʼgʼri qoʼllanish oqibatida toʼlangan ortiqcha ish haqi
(hisob-kitobda yoʼl qoʼyilgan xato oqibatidagi ortiqcha toʼlovlar bundan mustasno) - ...
А. sudning qarori yoki hukmi asosida undirib olinadi
B. ish beruvchining buyrugʼi asosida undirib olinadi
C. xodimning yozma roziligi asosida undirib olinadi
D. qayta undirib olinishi mumkin emas



Download 36.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling