Vaziyatga amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda huquqiy baho bering
Download 483.4 Kb. Pdf ko'rish
|
mehnat yakuniy
13-savol
Xalqaro Mehnat tashkilotining O`zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan konvensiya va tavsiyalarini O`zbekiston Respublikasi qonunchiligida tutgan o`rni va ahamiyatini yoritib bering. Xalqaro shartnomalar, konvensiyalar hamda O`zbekiston Respublikasi mehnat to`g`risidagi qonun hujjatlarining nisbati haqida fikr yuritar ekanmiz, avvalo, shuni aytish kerakki, O`zbekiston qabul qilgan konvensiyalarning yuridik kuchi O`zbekiston qonun hujjatlaridan ustun deb qaraladi. Jumladan, agar O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida yoki Xalqaro Mehnat tashkilotining konvensiyasida xodimlar uchun imtiyozliroq qoidalar belgilangan bo`lsa, xalqaro shartnoma yoki konvensiya qoidalari qo`llanilishi kerak. Xalqaro Mehnat tashkiloti konvensiyalarining O`zbekiston qonunchiligidagi o`rni haqida to`xtalsak, misol uchun fuqaro A shaxs bilan chet el fuqarosi B o`rtasida vujudga kelgan mehnatga oid huquqiy munosabat O`zbekiston qonunchiligi bilan tartibga solinmasa yuqoridagi Xalqaro Mehnat tashkiloti konvensiyalarining qoidalari qo`llaniladi. Xalqaro Mehnat tashkilotining xizmatlari nafaqat O`zbekistonning mehnat qonunchiligida, balki butun mehnat huquqi tarixida katta ahamiyat kasb etadi. Masalan, xalq tilida “dekret” deb ataluvchi homiladorlik va tug`ish ta`tillari tarixi Rossiya Sovet Respublikasiga borib taqaladi 6 . 1917-yil 22-dekabrdagi “Kasallik sug`urtasi to`g`risida”gi dekretda xodim agar tug`adigan bo`lsa to`liq miqdordagi ish haqi hisobida nafaqa to`lanishi belgilab qo`yilgan edi. Shu bilan bir qatorda xodimga tug`ruqqa qadar 8 hafta, tuqqandan so`ng 8 hafta ta`til berish nazarda tutilgan. Faqatgina Ikkinchi Jahon urushidan so`ng Xalqaro Mehnat tashkiloti tomonidan qabul qilingan 1952-yil 28-iyundagi “Onalikni muhofaza qilish to`g`risida”gi konvensiya orqali mazkur tartib xalqaro darajaga chiqdi 7 . Aynan Mehnat Kodeksi 233-moddadagi ayollarga tuqqunga qadar 70 kalendar kun va
6 Tursuno Y. Mehnat huquqi. – Toshkent:Moliya., 2002. 7 www.mehnat.uz 8
tuqqanidan 56 kalendar kun (tug`ish qiyin kechgan yoki ikki yoki undan ortiq bola tug`ilgan hollarda – 70 kalendar kun ) muddati bilan homiladorlik va tug`ish ta`tillari berilib, davlat ijtimoiy sug`urtasi bo`yicha nafaqa to`lanishi haqidagi qoida ham yuqoridagi Konvensiyani O`zbekiston ham ratifikatsiya qilishi sababli qonunchiligimizga kirib kelgan. Amaliyotda bu qoida ayollarning mehnatni muhofaza qilish va ijtimoiy kafolatlashda juda katta o`rin tutadi. “Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat qiluvchilarga ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarda zararni qoplash to`g`risida”gi 17-son Konvensiyasini (Jeneva, 1927-yil 1-aprel) ratifikatsiya qilish haqida”gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni muhokama uchun joylashtirildi. Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan hozirga qadar 189 konvensiya va 202 ta tavsiya qabul qilingan. Davlatimiz tomonidan ratifikatsiya qilingan XMT konvensiyalari -17 ta. Agar yuqoridagi konvensiya ratifikatsiya qilinsa – 18- konvensiya bo`ladi. Quyida ushbu konvensiyalar ba`zilarining ro`yxatini keltirib o`tamiz: 1) Majburiy mehnat to`g`risidagi 1930-yilgi 29-konvensiya (1997-yil 30- avgustda ratifikatsiya qilingan); 2) Qirq soatlik ish haftasi to`g`risidagi 1935-yilgi 47-konvensiya (1995-yil 6- mayda ratifikatsiya qilingan); 3) Haq to`lanadigan ta`til to`g`risidagi 1936-yilgi 52-konvensiya (1995-yil 6- mayda ratifikatsiya qilingan); 4) Jamoa muzokaralarini olib borish va birlashish huquqi to`g`risidagi 1949- yilgi 98-konvensiya; 5) Teng haq to`lash to`g`risidagi 1951-yilgi 100-Konvensiya ( 1997-yil 30- avgustdaqabul qilingan); 6) Mehnat va ish turlari sohasida kamsitish to`g`risidagi 1958-yilgi 111- Konvensiya (1997-yil 30-avgustda ratifikatsiya qilingan). Bulardan tashqari, ish bilan ta`minlash sohasidagi siyosat to`g`risidagi, mehnatkashlarning vakillari to`g`risidagi, eng kichik yosh to`g`risidagi, jamoa muzokaralarini olib borish to`g`risidagi, bolalar mehnatining eng yomon shakllari
9
to`g`risidagi, qishloq xo`jaligida mehnat inspeksiyasi to`g`risidagi, sanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to`g`risidagi konvensiyalarni ham O`zbekiston ratifikatsiya qilgan. Download 483.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling