olishga haqli. Bu huquqidan u ikki haftalik ogohlantirish muddatida, agar mehnat
belgilashgan bo`lsa ana shu muddat ichida foydalana oladi. 10-noyabrda ariza
yozganligini, 16-noyabrda fikridan qaytganligini inobatga olsak, 6 kunlik muddatda
u bemalol arizani qaytarib olishi mumkin. Bordi-yu, A.Asadov ikki haftalik
5
muddatdan keyin ham MCHJ da ishlasa va rahbar-ish beruvchi u bilan mehnat
shartnomasini bekor qilmasa, uning avvalgi 10-noyabrdagi arizasi bilan mehnat
shartnomasi bekor qilinishi mumkin bo`lmay qoladi.
Ammo, ish beruvchining vajiga e`tibor qaratadigan bo`lsak, u 10-noyabrda
mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi qanoatlantirilganligini hamda u
bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 10-noyabr kuni bekor qilinganligi to`g`risida
buyruq chiqarilganligini ma`lum qilgan. MK 99-modda ikkinchi qismini vaziyatga
tatbiq etadigan bo`lsak, ish beruvchining vaji qachonki xodim A.Asadov bilan avval
kelishuv tuzib, kelishuvda mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugamasdan
oldin bekor qilinishi haqda aytilgan va ushbu kelishuvga ko`ra mehnat shartnomasi
bekor qilingan bo`lsa qanoatlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: