3
(R)Mazkur masalani tartibga soluvchi qonun hujjatlari va huquq
normalari: O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 97-moddasida mehnat
shartnomasining bekor qilish asoslari keltirilgan bo`lib, mehnat shartnomasi:
1) taraflarning kelishuviga ko`ra. Bu asosga ko`ra istalgan vaqtda mehnat
shartnomasi bekor qilinishi mumkin;
2) taraflardan birining tashabbusi bilan;
3) muddatning tugashi bilan;
4) taraflar ixtiyoriga bog`liq bo`lmagan holatlarga ko`ra;
5) mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga ko`ra. Mehnatga oid
munosabatlarni bekor qilish to`g`risidagi shart mehnat shartnomasida bu shartnoma
ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning o`rinbosarlari, bosh buxgalter bilan,
korxonada bosh buxgalter lavozimi bo`lmaganda bosh buxgalter vazifasini amalga
oshiruvchi xodim bilan tuzilganda ham bo`lishi mumkin.
6) yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov bo`yicha o`tmasa) yoki saylanishda
qatnashishni rad etganligi (agar tanlovda o`z ixtiyori bilan qatnashmasa).
Mehnat Kodeksi 99-moddaga muvofiq xodim muayyan muddatga tuzilgan
mehnat shartnomasini ham, muddati tugagunga qadar muddatli mehnat
shartnomasini ham, ikki hafta oldin ish beruvchini yozma ravishda ogohlantirib,
bekor qilishga haqli. Ogohlantirish muddati tugagandan so`ng xodim ishni
to`xtatishga haqli bo`ladi, ish beruvchi esa xodimga mehnat daftarchasini berishi va
bilan hisob-kitob qilishi shart
2
.
(
A)Huquq normalarini o`rganishimiz lozim bo`lgan birinchi masalaga
Do'stlaringiz bilan baham: