Vaziyatga amaldagi qonun hujjatlariga asoslangan holda huquqiy baho bering
Download 483.4 Kb. Pdf ko'rish
|
mehnat yakuniy
qo`llash, analiz qilish: Mehnat shartnomasi deganda biz avvalo, xodim bilan ish
beruvchi o`rtasida muayyan mutaxassislik, malaka, lavozim bo`yicha ichki mehnat tartibiga bo`ysungan holda taraflar kelishuvi bilan belgilangan shartlar asosida haq evaziga ishni bajarish haqidagi kelishuvni tushunamiz. Xodim va ish beruvchi mehnat shartnomasining taraflari hisoblanadi. Mehnat shartnomasida xodimning mehnat vazifasi, ishning boshlanish kuni, mehnat shartnomasi muayyan muddatga
2 O`zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksi. – T.:Adolat, 2018. 4
tuzilsa uning amal qilish muddati, mehnat haqi miqdori ko`rsatiladi. Xususan, yuqorida ifodalangan kazusda ham “Oftob” mas`uliyati cheklangan jamiyati buxgalteri A.Asadov bilan mehnat shartnomasi tuzilgan bo`lib, A.Asadov – xodim, MCHJ rahbari – ish beruvchidir. A.Asadov mehnat shartnomasini o`z tashabbusi bilan bekor qilishga ariza yozgan. MK 99-moddaga asoslangan holda aytish mumkinki, A.Asadov istagan vaqtda mehnat shartnomasini bekor qilishi mumkin. U mehnat shartnomasini muayyan yoki nomuayyan muddatga tuzganligi ham bunga hech qanday to`sqinlik qila olmaydi. Faqat undan mehnat shartnomasini bekor qilishdan 2 hafta oldin MCHJ rahbarini ogohlantirish talab etiladi. Agar ular kelishsalar, ogohlantirish muddati tugashidan oldin ham mehnat shartnomasini bekor qilsa bo`ladi. (I)O`rganishimiz lozim bo`lgan ikkinchi masala: A.Asadov mehnat shartnomasini o`z tashabbusi bilan bekor qilish haqida ariza yozganidan so`ng u arizasini qaytarib olishi mumkinmi?
Download 483.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling