Vaziyatli masalalar
Download 79.5 Kb.
|
Вазиятли масалалар
Poli- va geterofunksoinal birikmalardan vaziyatli masalalar: Tabiiy α-gidroksikislotalarni α-galogenkarbonkislotalarga ishqor eritmasini ta’sir ettirib olishadi. Sut kislota sintezini yozib, mexanizmini tushintirib bering. α-aminokislotalar sintezini amalga oshirishda boshlang‘ich modda sifatida α-galogenkarbonkislotalar ishlatiladi. Glitsinni xlorsirka kislotadan olish reaksiyasini yozib mexanizmini tushintirib bering. Metabolizm jarayonlarida eliminlash reaksiyalari ham uchraydi. Masalan: β-gidroksimoy kislota va β-aminomoy kislotadan α, β- to‘yinmagan kislotalar xosil bo‘ladi va boshqalar. Shu jarayonlarni sxemasini yozing, reaksiyalarni ajralayotgan modda nomi bilan nomlang va mexanizmini tushintiring. Teri shikastlanib shilinganda doktor birinchi yordam sifatida yarani yuvib, unga streptotsidni maydalab sepib qo‘ydi. Nima uchun u shu dorini ishlatdi, dorini davolovchi xusisiyatini kimyoviy nuqtai nazardan tushintiring. Anestezin va novokain bir xil – maxalliy og‘riq qoldiruvchi xususiyatga ega. Inyeksiya dorilarini suyultirishda novokain ishlatiladi, anestezin esa yo‘q. Nima uchun? Salitsil kislota dezinfeksiyalash xususiyatiga ega. Ammo uni ichga ishlatish mumkin emas. Nima uchun? Uning xosilasi aspirin (atsetil salitsil kislata)ni isitma tushirish, qonni suyultirish uchun ishlatishadi. Sababini kimyoviy asoslab bering. Katexolaminlar biogen aminlar bo‘lib, modda almashinuvida gormon va neyromediatorlar sifatida qatnashadi. Ular qatoriga adrenalin kiradi. 1) Katexolamin deb nomlanishining sababi nimada? 2) in vitro adrenalin sintezining bosqichma-bosqich ta’riflab bering va mexanizmini ko‘rsating. Organizmda adrenalin buyrak usti postloq qismida sintezlanib, gormon vazifasini bajaradi. Odatda adrenalinni qanday nomlashadi? Adrenalinni in vivo sintezini ta’riflab bering. SHu jarayonda qatnashadigan fermentlarni nomlang. Piratsetam tibbiyotda miyada qon aylanishini ta’minlovchi dori moda sifatida ishlatiladi. Uning asosidagi kimyoviy modda miya tarkibida aniqlangan va organizmda neyromediator vazifasini bajaradi. Piratsetam qaysi kimyoviy moddaning xosilasi? Miyada aniqlangan boshlang‘ich moddadan piratsetam xosil bo‘lishi reaksiyasini ta’riflab bering. Uretanlar, ureidlar, barbituratlar tibbiyotda trankvilizatorlar sifatida ishlatiladi. Ularni organizmga ta’siri qanday? Kimyoviy tarkibida umumiyligi nimadan iborat? SHu moddalarning tuzilishini ta’riflab, ularni organik moddalarning qaysi guruxiga kirishini ko‘rsating. Xolin xujayra membranalarining tuzilish birligi fosfolipidlar tarkibiga kiradi. Bundan tashqari u metabolizmda yog‘ almashinuvini boshqaruvchi vitamisifat modda bo‘lib ishtirok etadi. Xolin organizmda qaysi aminokislotadan va qaysi reaksiya natijasida hosil bo‘ladi? Uni atsetilkoferment A bilan atsillashda qanday modda hosil bo‘ladi? Oqsillar chirishida undan qaysi bir juda zaharli modda xosil bo‘ladi? Oksalatsirka kislota uchkarbon kislotalar siklining qatnashchisi. U olma kislotadan hosil bo‘lib, keyin limon kislotaga o‘tadi. Oksalat sirka kislota organik moddalarning qaysi turiga kiradi? Uni olma kislotadan hosil bo‘lish reaksiyasini ta’riflang. Uni limon kislotaga aylanish reaksiyasini ta’riflang. Limon kislota ko‘p miqdorda sitrusli o‘simliklarda saqlanadi. SHuningdek u organizmda Krebs halqasida qatnashadi. Limon kislotani sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlang. Limon kislotaning tuzlari qanday nomlanadi? Uni organizmda hosil bo‘lishi reaksiyalarini ta’riflang. Gammalon preparati (aminolon) nerv-psixik kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi. Moddani formulasini yozing va nomlang. SHu moddaning qaysi bir hosilalari va nima maqsadda tibbiyotda qo‘llanadi? Ikki atomli fenollar ko‘pchilik tabiiy moddalar tarkibida uchraydi. Ularning dezinfeksiyalovchi, oksidlovchi-qaytaruvchi xossalari dori moddalar ishlab chiqarishda va metabolizm jarayonlarini o‘rganishda ishlatiladi. Ikki atomli fenollarni nomlang Ularning metabolizmni o‘rganishdagi ahamiyatini kimyoviy tuzilishi bilan bog‘lab bering. Diaminlar organizmga zaxarlovchi ta’sir ko‘rsatadi. Ularni ba’zi birlari oqsillar chirishida hosil bo‘lib, ko‘p vaqt davomida murda zaxarlari deb yuritilgan. SHu moddalarning formulasini yozing va sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlang. Nima uchun ularni ptoaminlar deyishadi? Qaxrabo kislota ma’lum miqdorda archa daraxtlarining qotib qolgan smolasi - yantar tarkibida aniqlangan. Organizmda u degirogenlanib boshqa bir organizm uchun muhim modda fumar kislotani xosil qiladi. Qaxrabo kislotani degidrogenlanish reaksiyasini yozing va mahsulotini nomlang. Qahrabo kislotaning tuzlari qanday nomlanadi? SHu reaksiyaning fermenti va kofermentini nomlang. Fumar kislota uning izomeri biologik faol bo‘lmagan malein kislotadan farqli ravishda Krebs siklida oraliq modda sifatida hosil bo‘ladi. Malein kislotaga fumar kislota qaysi jihatdan izomer bo‘ladi? Kimyoviy usul bilan uni malein kislotadan qanday farqlash mumkin? Reaksiyasini yozing. Sut kislota glikoliz jarayonining mahsulotidir. Organizm zo‘riqib ishlaganda u mushaklarda yig‘ilib qolib o‘ziga xos og‘riq beradi. Sut kislota formulasini yozing, nomini sistematik nomenklatura bo‘yicha bering va tuzlarini nomlang. Mushaklarda sut kislotani yig‘ilib qolib og‘riq berishi qaysi kimyoviy jarayon bilan bog‘liq? β- Gidroksimoy kislota yog‘larni β-oksidlanishida oraliq modda sifatida hosil bo‘ladi va qandli diabetda organizmda to‘planib qoladi. SHu kislota formulasini yozing va sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlang. Organizmda qaysi moddani hosil qiladi? Keton tanachalari qatoriga kiradigan moddalarni nomlang va ularga ta’rif bering. Olma kislota metabolizmning muhim ishtirokchilaridan bo‘lib uch karbon kislotalar siklida qatnashadi. SHu kislotaning formulasini yozing va sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlang. U organizmda qaysi moddadan hosil bo‘ladi? Krebs xalqasida u qaysi moddaga o‘tadi? Krebs xalqasining shu bosqichlarini ta’riflab bering. Oksalatsirka kislota metabolizmning muhim ishtirokchilaridan bo‘lib uch karbon kislotalar siklida qatnashadi. SHu kislotaning formulasini yozing va sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlang. U organizmda qaysi moddadan hosil bo‘ladi? Krebs xalqasida u qaysi moddaga o‘tadi? Krebs xalqasining shu bosqichlarini ta’riflab bering. 1935 yilda sulfanil kislota amidining antibakterial xususiyati aniqlangan. Uning xosilalari sulfanilamidlar deb nomlanib, tibbiyotda ishlatiladi. Sulfanilkislota qaysi moddaning xosilasi xisoblanadi? Sulfanilamid praparatlar tarkibida qaysi gurux ularning antibakterial faolligi uchun javobgar? Sulfanil kislota qaysi moddaning antimetaboliti xisoblanadi? Salitsil kislota biologik faol modda. Lekin u o‘zi ichga qabul qilinmaydi. Salitsil kislotanining formulasini yozing va sistematik nomenklatura bo‘yicha nomlang Salitsil kislota hosilalarini nomlang Salitsil kislota hosilalarining biologik faolligini ta’riflab bering. Download 79.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling