"Vem-Servis" ichk da ishlab chiqarish amaliyoti bo'yicha hisobot rejasi


Download 119.5 Kb.
bet1/7
Sana18.12.2022
Hajmi119.5 Kb.
#1029103
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TERON GLASS


"TURON GLASS" MCHJ da ishlab chiqarish amaliyoti bo'yicha hisobot rejasi.

  1. Kirish .

  1. “TURON GLASS” Mchj korxonasining shakllanish tarixi va boshqaruv strukturasi.

  2. "TURON GLASS" Mchjni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko’rsatkichlarining tahlili .

  3. “TURON GLASS” Mchjni rivojlantirish yo’llari.

  1. Xulosa va takliflar.

  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.

Kirish.
Mа’lumki, bоzоr munоsаbаtlаri shаrоitidа bоzоr qоnunlаrigа jаvоb bеrа оlаdigаn kоrхоnаlаr mаmlаkаt iqtisоdiyoti rivоjlаnishini bеlgilаy оlаdi vа mchji bоzоrniturli хil mаhsulоtlаrgа to‘ldirа оlаdi. Bоzоr munоsаbаtlаri shаrоitidа хususiy mulkchilik, erkin rаqоbаt vа tаdbirkоrlik elеmеntlаri ustuvоr dаrаjаdа turаdi vа ulаr bоzоrdа ishtirоk etuvchi subyektlаrni bоzоrning аsоsiy qоnunlаridаn biri bo‘lgаn tаlаb vа tаklif qоnunigа bo‘ysunishgа mаjbur qilаdi. Chunki bоzоr shаrоitidа fаоliyat yuritаyotgаn kоrхоnаlаr ishlаb chiqаrish, mоliyaviy, ахbоrоt rеsurslаri chеgаrаlаngаn shаrоitlаrdа оptimаl qаrоr qаbul qilishi lоzim.
Shu munоsаbаt bilаn rеspublikаdа оlib bоrilаyotgаn tub iqtisоdiy islоhоtlаr bоzоr qоnunlаrigа jаvоb bеruvchi, sаmаrаli fаоliyat yurituvchi kоrхоnаlаrni tаshkil etish, qo‘llаb-quvvаtlаsh vа rivоjlаntirishgа qаrаtilgаn. Ishlаb chiqаrishning аsоsiy оmillаri hisоblаnаgаn, mеhnаt, kаpitаl, tаbiiy rеsurslаr bilаn bir qаtоrdа axborot tа’minоti hаm аsоsiy оmil sifаtidа tаn оlinmоqdа.
Menejment - bu xo'jalik faoliyati samaradorligini oshirish va foydani ko'paytirish maqsadida boshqaruv tamoyillari, usullari va vositalari yig'indisidir. Menejment har bir korxona hayotini saqlab turuvchi dinamik elementdir. Ushbu elementsiz "ishlab chiqarish resurslari" faqat resurslar bo'lib qoladi va hech qachon ishlab chiqarishga aylanmaydi. Amaliyotimning maqsadlari ham ushbu korxona faoliyati bilan tanishish, uning ish tamoyillarini, unda ishlayotgan mutaxassislar tajribasini o'rganish, o'quv mashg'ulotlarida olingan bilimlarni chuqurlashtirish va mustahkamlash, shuningdek, mutaxassislarni tayyorlash bo'yicha ko'nikmalarni rivojlantirish, qarorlar qabul qilish va amalga oshirish amaliy faoliyat, korxonaning ish yuritish va jihozlari bilan tanishish va jamoada muloqot qilish va muloqot qilish ko'nikmalarini egallashdan iboratdir. Ma’lumki, ishning yuqori darajadagi samaradorligiga erishish ko’plab omillarni talab etadi. Shunday ekan, biz bu omillarni o’rganib, resurslarni to’gri yo’naltirishimiz lozim. Korxonadagi ishlab chiqarish jarayoning boshidan to yakuniy qismigacha to’g’ri tashkil etilishi ham samaradorlik muhim omillaridan bo’lib xizmat qiladi. Shu boradagi nazariy bilimlarni amaliyot bilan chambarchas bog’lab, malakamizni oshirish asosiy maqsad bo’lib oldimizda turadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy ko’zlanadigan maqsad yuqori foyda olish bo’lsa, buning uchun eng zarur talablardan biri malakali ishchilar va mutaasislar hisoblanadi. Shunday ekan nafaqat iqtisodiyotni balki, o’zimizni rivojlantirishimiz uchun o’zimizda va texnika texnoliyalar asri beradigan barcha imkoniyatlardan to’laqonli foydalanish eng to’g’ri yo’ldir.
TURON GLASS” Mchj korxonasining shakllanish tarixi va boshqaruv strukturasi
Ishlab chiqarish amaliyoti «TURON GLASS” Mchj korxonasida bo‘lib o‘tdi. Amaliyot mobaynida dastur asosida belgilangan tartibda ishlar bilan shug’ullandim. Ishni korxonaning tarixi, tarkibiy tuzilishi, vazifalari va funksiyalarini o’rgandim. Eng avval korxona to’g’risida Nizomni, amaliyot obyekti bilan bog’liq bo’lgan qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari va Qarorlarini, Vazirlar Maxkamasining qarorlarini xamda boshqa qonun osti hujjatlari bilan tanishib chiqdim.
Men amaliyot davrida ishlab chiqarishni boshqarish bo‘yicha menejer yordamchisi lavozimida faoliyat yuritib o’z tajribaarimni orttirdm. Raqobat sharoitida har qanday korxonaning hayotiyligi va bundan tashqari, uning muvaffaqiyati ayniqsa boshqaruv tajribasi va samaradorligiga bog'liq. Tajriba va to'g'ri harakat qilish qobiliyati raqobatbardosh iqtisodiyotda korxona ega bo'lgan yagona afzallikdir.
Korxonaning rivojlanish tarixini, asosiy faoliyat yo'nalishlarini, faoliyatning tashkiliy-huquqiy asoslarini, boshqaruv tuzilmasi va usullarini o'rganishga katta e'tibor berildi. Birinchi navbatda amaliyot davomida tashkilot faoliyati bilan bog‘liq tashkiliy masalalarni o‘rgandim.
«TURON GLASS” Mchj – ayollar erkaklar va bolalar uchun kiyim – kechaklar ishlab chiqaradigan va chetga eksport qiladigan tekstil korxonasi. «TURON GLASS” Mchj korxonasida iste'mol bozoridagi ancha yosh korxona bo'lib, 2003 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. «TURON GLASS” Mchj korxonasi faoliyati tovar va xizmatlar bozorini kengaytirish, shuningdek, foyda olish uchun faoliyat olib boradi. Bu borada texnik bazasi, ishlab chiqaarish jarayoni, xodimlar va ularning malakasi yetarli deb ayta olamiz.
Korxonaning eng avval hududiy tuzilishini o’rganib chiqdik. Korxona Andijon shahar Bog’ishamol dahasida joylashgan. Hududiy jihatdan bir nechta binolarni o’z ichiga olgan bo’lib, unda ofis, asosiy ishlab chiqarish binosi, omborxona, oshxona va kiyinish xonalaridan iborat.
Korxona eng avval qo’riqlash xizmati xonasidan boshlanib, boshqa binolar ham birin ketin joylashgan.
Korxonani aholi istiqomat qiladigan joyga yaqin ekanligini hisobga olib aytish mukinki, korxona shu ko’chadagi tikish malakasiga ega ayol va qizlarni ish bilan band qilgan ya’ni xodimlarning asosiy qismi shu mahalla fuqorolaridir. Korxona ishchi xodimlari 50ga yaqin kishini tashkil etadi, bularning ichida asosiy ishlab chiqarish binosida: tikuvchilar, bichuvchilar, dazmol qiluvhi hamda qadoqlovchi ishchilar mavjud. Ofis binosida esa korxona rahbari, buxgalter, ish boshqaruvchi master va boshliq yordamchilari joylashgan. Undan tashqari, qorovul oshpaz va farroshlar ham mavjud.
Xodimlarga yaratilgan shart – sharoitlarni ham o’rgandim va quyidagi xulosalarga keldik:

  • xodimlar bir mahal issiq ovqat bilan ta’minlangan;

  • uzoqdan keladigan xodimlar yotoqxona bilan ta’minlangan;

  • yo’lovchi tashiydigan mashina ham mavjud;

  • issiq va yorug’ xonalar tashkil etilgan.

Korxonanig ish vaqti soat ertalabki 8:00 da boshlanib, kechki 17:00da tugaydi. Tushlik vaqti 12:00dan 13:00 gacha bo’lgan vaqtni tashkil etadi. Dam olish kuni esa yakshanba kuni hisoblanadi.
Ushbu korxona xususiy korxona hisoblanib, unda yagona yagona yuridik shaxs rahbarlik qiladi.

Download 119.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling