- Temir yoʻl va avtomobil transporti Vengriya transportining asosini tashkil kiladi. Temir yoʻllarning uz. — 7752 km (2277 km elektrlashtirilgan), avtomobil yoʻllarining uz. —30 ming km dan ortiq, ichki suv yoʻllarining uz. 1,6 ming km ni tashkil etadi. Dunay daryosida kemalar katnaydi; u kanal orqali Balaton koʻli bilan tutashtirilgan. Asosiy porti — Budapesht sh.
- Vengriya chetga asosan mashinalar va asbobuskunalar, ximikatlar, elektr ashyolari, boksit, dori-darmon, kiyim-kechak, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari chiqaradi. Chetdan xom ashyo, yoqilgʻi, yengil va yuk avtomobillari, traktorlar, don kombaynlari, maʼdanli oʻgʻitlar va b. sotib oladi. Chet el sayyohligi rivojlangan. Vengriya iktisodiyotiga xorijiy sarmoya jalb etish surʼatlari ancha yuqori. Vengriyaning tashqi savdodagi mijozlari — Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari. Pul birligi — forint.
- Adabiyotining tarixi xalq ogʻzaki ijodidan boshlanadi. Uning ayrim parchalari oʻrta asrlarga oid lotin tilidagi risolalarda saqlanib qolgan. Nomaʼlum muallifnimg „Mojarlarning ishlari“ risolasi shu jumladandir. Mojar tilidagi dastlabki yozma adabiyot obidalari — „Qabr ustidagi vaʼz“, „Assizlik Fransiskning sarguzashti“ asarlari 13—14-asrlarga mansub. Yaus Pannonius va Balint Balashshi 15— 16-asrlarda lirik sheʼrlari bilan mashhur boʻldilar. Turklar zulmiga qarshi mustaqillik yoʻlidagi kurashga bagʻishlangan asarlar milliy adabiy tilning shakllanishiga barakali taʼsir qildi. Vengriya Zrinining „Siget falokati“ epik dostonida milliy birlik gʻoyasi madh etildi. Vengriya Dyondyoshining epik asarlari 17-asr mojar klassitsizmining namunasidir. 18-asrda maʼrifatchilik adabiyoti paydo boʻldi. Bu davrda „Agis“, „Faylasuf“, „Tarimenning sayohati“ asarlarining muallifi D. Beshshenei, demokratik ruhdagi „Doroteya“ hajviy eposi bilan shuhrat qozongan Vengriya Chokonai-Vitez ijodi muhim. Y. Katoni, Vengriya Vyoryoshmarti, milliy madhiya matnining muallifi F. Kyolchei romantik asarlari bilan tanildi. 19-asrning 40 yil larida adabiyotda realizm kurtaklari koʻrina boshladi. Y. Etvyosh „Qishloq notariusi“, „1514-yilda Vengriya“ romanlarida eski feodal tartiblarini tanqid qildi, Doji boshchiligidagi dehqonlar qoʻzgʻolonini aks ettirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |