Venn diagrammasi” grafik
Xulosa: “SWOT-tahlil” metodi
Download 0.55 Mb.
|
Q7SFqV0MRqifVTlKnM7qZrNkMpRXW89NGC01Zxev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Na m u n a
- Mashg’ulotlar chog’ida metoddan foydalanish quyidagi tartibda kechadi
- Tushunchalar”
- Bahs-munozara”
- Muammoli vaziyat” metodi
- Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi “Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan
Xulosa:
“SWOT-tahlil” metodi Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo’llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Namuna: An’anaviy va zamonaviy ta’lim shakllarini SWOT tahlil metodida tahlil qiling.
Konseptual jadval metodi Konseptual jadval metodi - turli g’oyalarni, qarashlarni o’zaro taqqoslash va ularni turli toifalar bo’yicha taqqoslagan holda baho berishga qaratilgan chizmali organayzer hisoblanadi. Metod o’quvchilarni o’rganilayotgan mavzu (masala yoki muammo)ni ikki yoki undan ortiq jihatlari bo’yicha taqqoslashga o’rgatadi. Undan foydalanishda o’quvchilarning mavzu yuzasidan mantiqiy fikrlash, ma’lumotlarni tizimli bayon qilish qobiliyatlari rivojlantiriladi. Mashg’ulotlar chog’ida metoddan foydalanish quyidagi tartibda kechadi: Namuna:
“Muammoli vaziyat” metodi “Muammoli vaziyat” metodi - ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo’yicha ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir. Muammoli vaziyat metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo’yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo’lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmagach, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so’nishiga, o’zlariga bo’lgan ishonchlarining yo’qolishiga olib keladi. Muammoli vaziyat metodi qo’llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o’rganadilar. Quyida muammoli vaziyat metodining tuzilmasi keltirilgan. “Muammoli vaziyat” metodining tuzilmasi “Muammoli vaziyat” metodining bosqichlari quyidagilardan iborat: Ta’lim beruvchi mavzu bo’yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon etadi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o’rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida muammoning oqibatlari to’g’risida fikr-mulohazalarini taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so’ng bir xil fikrlar jamlanadi. Muammoni yechishning turli imkoniyatlarini muhokama qiladilar, ularni tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni yechish yo’llarini ishlab chiqadilar. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo’yicha taqdimot qiladilar va o’z variantlarini taklif etadilar. Taqdimotdan so’ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo’llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi. “T-jadval” Texnologiya tayanch tushunchalarni bir-biri bilan o’zaro solishtirish, qiyoslash asosida o’rganilayotgan mavzu yoki masalaning muayyan jihatini bir necha asosiy belgilarga ko’ra batafsil yoritish maqsadida qo’llaniladi. Ko’p hollarda texnologiya mavzu mazmunida yoritiladigan bir necha holatlarning afzallik yoki kamchiliklarini, samarador yoki samarasizligini, taqqoslash maqsadida qo’llaniladi. O’quvchilar e’tiboriga o’rganiladigan mavzu havola etiladi Texnologiyani qo’llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: O’quvchilar texnologiyani qo’llash shartlari bilan tanishtiriladi Tinglovchilar guruh (juftlik)larga biriktiriladi Belgilangan vaqtda tinglovchilar jadval asosida topshiriqqa ko’ra qiyoslashni amalga oshiradi (jadvalning chap va o’ng tomonlarida bir-biriga zid holatlar ko’rsatiladi) Guruh (juftlik)lar tomonidan to’ldirilgan jadvallar o’zaro solishtiriladi Masalaning yechimi bo’yicha yakuniy xulosaga kelinib, yagona jadval shakllantiriladi O’qituvchi jamoa yordamida barcha ishlarni tahlil qilib, eng yaxshi ishni aniqlaydi O’qituvchi guruh (juftlik)larning ishini baholab, mashg’ulotga yakun yasaydi Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling