Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
gigiena



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
M.X.Nurmuxamedova, H.A.Nazarova 
GIGIENA 
O’zbekiston respublikasi So’g’liqni saqlash 
vazirligi tomonidan 
Oliy ta’lim bo’yicha farmatsevtika institutlari uchun darslik 
sifatida tavsiya etilgan 
TOSHKENT 2007 yil 


KIRISH 
Farmasevtika institutlar va fakultetlarda gigiena fanini o’qitishdan maqsad, 
bo’lajak provizorlarda gigiena asoslarini ilm sifatida shakllantirish, mamlakat 
aholisini dori preparatlari bilan ta’minlashdagi muammoli masalalarni hal etishda 
bevosita aloqador ekanligini va asosiy o’rin egallashini tushuntirishdan iborat.
Gigiena darsligining mazmuni va vazifalari sog’liqni saqlash tizimida olib 
borilayotgan profilaktik chora – tadbirlarini ochib berish, aholini sog’lomlashtirish 
muammolariga qaratilgan. Bu bo’lajak provizorlarga dori preparatlari va ularning 
shakllarini, dorixona muassasa va korxonalarida, ish faoliyatlarida profilaktik chora 
– tadbirlarni ishlab chiqarishda fikr yuritishga yordam beradi.
Darslikda inson organizmiga doimo ta’sir etuvchi atrof muhit omillari suv, 
havo, tuproq, oziq- ovqat mikroflorasining umumnazari gigienik jihatlari bayon 
etilgan. Bu bo’limlarni yoritishda an’anaviy usullardan foydalanibgina qolmay, 
balki muallif zamonaviy gigienaning ilmiy asoslari va ilg’or tajribalariga suyangan 
holda darslik yaratildi. Atrof muhitga gigienik хаrakteristika berishda oxirgi 
yillarda rasmiy hujjatlar, uslubiy ko’rsatma, sanitary qoidalaridan foydalanilgan. 
Gigienaning nazariy qismini amaliy sanitary tavsiyalari va talablar asosida chuqur 
o’rganish, bo’lajak provizorlarda mustahkam bilim egallashlarida va bilimlar 
amaliy faoliyatni olib borishlarida yordam beradi. 
Dorixona korxonalari, muassasa va kimyo – farmasevtika sanoatidagi ishlab 
chiqarish jarayoni zamonaviy gigienik talablar asosida olib boriladi. Turli xil dori 
preparatlarini ishlab chiqarishda qo’llaniladigan texnologik jarayon va asbob – 
uskunalarning loyihasiga isitish, havo almashtirish, yoritish, ichki pardozlariga 
qo’yiladigan zamonaviy talablarni aks ettiradi. 
Bu darslik farmasevtika institutlari va tibbiyot oliygohi fakulteti talabalariga 
mo’ljallangan bo’lib, bulardan dorixona xodimlari ham foydalanishlari mumkin. 
Darslikdan ma’lum darajada texnolog – mutaxassislar, hamda dori tayyorlash 
jarayoniga aloqador bo’lgan shaxslar ham foydalanishlari mumkin. 
Mualliflar darslik hajmidagi barcha taklif va e’tirozlarni qabul qiladilar. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling