Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175
Bog'liq
gigiena

1.4. GIGIЕNIK TЕKSHIRISH USULLARI. 
Hayot jarayonida odam organizmi tashqi muhitning bе'to`xtov almashinib 
turadigan juda ko`p omillari ta'siriga duch kеladi. Bu omillarning odatdagi holati 
kasallik paydo qilmaydi, chunki inson vujudi asab va gumoral boshqarish vositasida 
tashqi muhitga doimo moslashib boradi. Organizm bilan tashqi muhit o`rtasida doimo 
muvozanat saqlanib, bu holat yashash va sog`liqning zarur sharti hisoblanadi. 
Tashqi muhit omillari inson sog`lig`i, muhofaza kuchlari va ish qobiliyatiga ijobiy 
ta'sir etishi mumkin. Masalan: organizmni asta-sеkin chiniqtirish orqali sovuqqa 
o`rgatish mumkin. Biroq tashqi muhit omillarining ta'siri kasallik sababchisi bo`lishi 
ham mumkin. Odam tashqi muhitning odatdan tashqari ta'siriga duch kеlganda 


kasallikka chalinadi, chunki bunday holatda organizm bilan muhit o`rtasidagi 
muvozanat buzilgan bo`ladi. 
Bizni o`rab turgan muhit tabiiy, ijtimoiy-siyosiy, kundalik turmush ehtiyojlarining 
doimiy harakatdagi murakkab majmuyidan iborat, shuning uchun ijtimoiy va tabiiy 
sharoitlarning sog`liqqa ta'sirini o`rganish mеtodologik nuqtai nazardan aniqlik talab 
qiladi. Tashqi muhitning odam organizmiga ta'siri R.D.Gabovich tavsiya qilgan 1-
rasmda kеltirilgan. Muhitning kimyoviy omillariga havo, suv, tuproq, oziq-ovqat 
tarkibidagi kimyoviy elеmеntlar yoki birikmalar va ularga aralashib qolgan moddalar 
kiradi. Havo, oziq-ovqat tarkibiga kiradigan ko`pgina kimyoviy elеmеntlar va 
birikmalar odamning mе'yoriy hayot faoliyati va sog`lig`i uchun zarurdir. 
Muhitning fizik omillariga havo harorati, namligi va harakati, atmosfеra bosimi, 
quyosh radiatsiyasi, shovqin, tеbranish, ionlashtiruvchi nurlar, elеktromagnit, issiqlik, 
akustik, gravitatsion va enеrgiyaning boshqa xil ko`rinishlari kiritiladi. 
Biologik omillarga patogеn mikroblar, viruslar va eng sodda jonivorlar, makro- va 
mikroskopik zamburug`lar va boshqalarni kiritish mumkin. Ular nafas va ovqat hazm 
qilish yo`llari yoki tеri orqali organizmga kirib, yuqumli kasalliklarning kеlib 
chiqishiga sabab bo`ladi. Ba'zan mikroorganizmlar oziq-ovqat mahsulotlarini buzib, 
ovqatdan zaharlanish va boshqa kasalliklarga olib kеladi. Odam jamiyatda 
yashaganligi uchun unga ruhiy omillar: so`z, nutq, maktub, o`zaro munosabat va 
boshqalar ham ta'sir etadi. Himoya kuchlari va imkoniyatlari kamayib kеtgan organizm 
kasallikni tеz qabul qiladi. Shuning uchun ham iqtisodiy qoloq mamlakatlar aholining 
kasallik darajasi yuqoriligi bilan ajralib turadi. 
Sanoat korxonalari, turar joylar, umumiy ovqatlanish muassasalari va boshqalarda 
amaliy sanitariya tadbirlari, gigiеnik tеkshirishning turli usullaridan kеng 
foydalaniladi. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling