Ventilyasiya xajmining normotiv kattaligini uglerod (IV) oksidining mikdorini xisobga olgan xolda bitta odamga bir soatda


Download 1.67 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/175
Sana25.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1119263
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175
Bog'liq
gigiena

 
 Radioaktiv mahsulotlarni taklif etilgan maxsus moddalar yordamida saqlash
zararsizlantirish, qadoqlash va nazorat qilish kеrak. Ishlab chiqarish jarayonlarida 
foydalanayotgan jihozlar faqat radiofarmatsеvtik prеparatlarni tayyorlash uchungina 
qo`llanilishi lozim. 
Radioaktiv moddalarni tarqalib kеtishini oldini olish uchun, mahsulotlar 
saqlanadigan ochiq idishlar turadigan еrdagi havo bosimi, atrof muhit bosimiga 
nisbatan pastroq bo`lishi kеrak. Bunday mahsulotlarni atrof muhitdagi moddalar bilan 
aralashib kеtishidan himoya qilish kеrak. 
Mahsulot yoki birlamchi qadoqlangan mahsulotlarga tashqi muhit omillari ta'sir 
etishi sababli, stеril mahsulotlarni tayyorlash uchun ish maydoni stеril prеparatlarni 
tayyorlashda tavsiya etilgan qo`llanma va tavsiyanomalardagi ko`rsatilgan talablariga 
javob bеrishi kеrak. Bunga ish joyida havo kirish еriga shlyuzlarni o`rnatish, NЕRA 
filtrlari orqali filtrlash va laminar havo oqimini еtkazib bеrish yordamida erishishimiz 
mumkin. 
Atrof muhit rеaktiv zarrachalar va gazlar bilan ifloslanishini oldini olish uchun, 
havo chiqarish tеshigi shunday konstruktsiya qilinishi kеrakki, havo so`ruvchi 
vеntilyatorlar ishlamagan vaqtlarda rеaktiv mahsulotlar qayta ishlanayotgan 
maydondagi chiqindi havoning toza maydonga qayta kirishini oldini olish lozim, 
buning uchun havo so`rish sistеmalari bo`lishi kеrak.
NAZORAT SAVOLLARI 
1. Ionli nurlanish manbalari? 
2. Ionlanish usuli bilan nurlarni yozish printsiplari? 
3. Lyuministsеnt usuli, ionli nurlanishni tеkshirish usullari? 
4. Fotografiya usuli? 
5. Kimyoviy usul? 
6. Biokimyoviy usul? 
7. Kalorimеtriya usuli? 
8. Dozimеtriya asboblari? 
9. Tashqi muhit ob'еktlarini radioaktiv ifloslanish darajasini aniqlash 
usulllari?
10. Radioaktiv ifloslanganlik? 
 


Ionli nurlarni moddalarga ta'siri natijasida hosil bo’ladigan maxsus fizikaviy 
prosesslar ionlanish, atomlarni qo’zgalishi, ikkilamchi nurlanishni hosil bo’lishi va 
boshqalar bo’yicha aniqlanadi va o’lchanadi. Hamma holatlarda ionlanish yoki undan 
kelib chiqadigan ikkilamchi effektlar o’lchanadi. Bevosita ionlanish effekti bo’yicha 
aniqlash ionlanish usuli deyiladi. 
Fotografiya, lyuminessent, kimyoviy va boshqa usullar asosida ionlash ta'sirida 
kelib chiqadigan ikkilamchi effektlar aniqlanadi. 
Ionlanish usuli 
Ionlanish usulida aniqlashda asbobni asosiy qismini ionlanish kamerasi tashkil 
etadi. Ionlanish kamerasi havoli yoki gazli kondensator bo’lib to’yinganlik holatda 
ishlaydi /1 rasm/ 
┌─────┤ ├────┐
│ │ 

│ 
└───┤│
׀

׀

׀
├──┘ 
rasm. Gazli kondensatorni sxemasi. 
Agar, gaz bilan to’ldirilgan va ichida kichik elektromaydonli kondensatordan 
konli nurni o’tkazsak, u yerda hosil bo’lgan birlamchi ionlarni kondensator 
elektrodlarida kirish va hosil bo’lgan ionli tokni o’lchash mumkin. Kondensatordagi 
ionlardan kelib chiqadigan tokni kuchi kuchlanganlik berilsa ionlar zaryadlangan 
elektrodlarga xarakatlanganda ularni bir qismi rekombinasiyaga uchraydi. 
Kuchlanganlik kupaytirilsa rekombinasiyaga uchrash kamayadi va shu bilan
birgalikda ionli tokni kuchi ham ortib boradi. Geyger -Myuller hisobchisida tokni 
shunday kuchlanganligini biladiki, har bir hosil bo’lgan juft ionlar kamerada ionlarni 
kuchli oqimini chaqiradi va u o’z navbatida razryadga olib qoladi.
Lyuminessent usuli 
Ionli nurlari ta'sirida sink sulfati, stilben, antrasen va boshqalar nurlanadi 
/lyuminessent nurlanish/. Bu moddalar osintillyator deyiladi. Yoriq chaqnashni 
/osintillyasiya/ sonini o’lchab kvantlarni yoki zarrachalarni o’lchash mumkin, 
Korong’ilashtirilgan xonada ostsiloskop yoki maxsus fotoelektron ko’paytiruvchilarda 
chaqnashni ulchash mumkin. Lyuminessent usuliga fosforissensiya usuli ham kiradi. 
Fotografiya usuli 
Ionli nurlar quyosh nuriga o’xshab fotoemulsiyani qorayishiga olib keladi. Bu 
usul tashqi korpuskulyar nurlanishni, radiaktivlikni ob'ektlarda tarqalganligini 
/radioavtografiya/ tekshirishda qo’llaniladi. 
Kimyoviy usul 
Kimyoviy usuli ionli nurlar ta'sirida moddalardagi kimyoviy va fizikaviy 
o’zgarishlarni aniqlashga asoslangan. Kimyoviy dozimetrlar bilan katta dozada va 
aralash bo’lgan ionli nurlanishni aniqlash mumkin. Keng qo’llanadigan dozimetrlardan 
ferrosulfatli va seziyli dozimetrlar xisoblanadi. 


Beta - va gamma - nurlarni ta'sirida rangsiz plastmassalarni ba'zi turlari 
qorayadi /polisterol, melanin va boshqalar/. Shunga o’xshash xossalarga oynalarni 
ba'zi turlari ham ega /fosfatli oynalar, kumush bilan aktivlashtirilgan oynalar/. 
Biologik usul 
Biologik usul nurlar ta'sirida inson organizmining ta'sirchan organ va sistemalardan 
funksional va morfologik o’zgarishlarni aniqlashga asoslangan /kon, immunobiologik 
reaksiyalar, teri rangini o’zgarishi, sochni to’kilishi va boshqalar/. 
Kalorimetrik usul 
Kalorimetriya usuli kalorimetrda ionli nurlanish energiyasini issiqlik 
energiyasiga aylantirib uni aniqlashga asoslangan. Kalorimetr tomonidan to’liq
yutilishi natijasida alfa - va beta - nurlanishi aniqlash ancha oson. Lekin gamma - va 
rentgen nurlarni yutilishi kam bo’lganligi uchun ularni o’lchashda tuzatishlar kiritiladi. 
Tashqi muhitni, inson organizmini radiaktiv moddalar bilan ifloslanganligini 
tekshirish uchun quyidagi guruxga qarashli dozimetrik asboblar qo’llaniladi: 
1 gurux - rentgenometrlar /MRSh -2/; 
2 gurux - radiometrlar /Luch-A; TISS/; 
3 gurux - individual dozimetrik asboblar /KID-2; IFN-2,3; IFK-U; Luch-A/ 
Havoni radiaktivligiga gigienik baho berish usullari 
Havoni radiaktivligini tekshirish uchun sedimentasiya va aspirasiya usullari 
qo’llaniladi. 
Sedimentasiya usulida havodagi radiaktiv moddalarni cho’kish tezligi bo’yicha 
aniqlanadi. Havodan namuna olish uchun kyuvetalar, banka, beklar yoki boshqa 
idishlar ishlatiladi. Namuna olish vaqti havoni radiaktiv ifloslanganligi va 
yogingarchilik bilan bog’liq. 
Yog’ilgan namuna chini idishga solinib quritiladi. Kyuvetalar dokali salfetkalar 
bilan artiladi. Dokali salfetka 400-500
0
S haroratda kuydiriladi. Namuna qoldig’i va
dokali salfetkani kuli radiometrik usulda tekshiriladi. 
Aspirasiya usulida xavodagi radiaktiv aerozollar filtrlovchi materiallar bilan 
yigiladi. AFA tolali filtrlar keng qo’llaniladi. 
Olingan namunani radiaktivligi radiometrik asboblar bilan bevosita filtrlardan 
o’lchanadi. 
Suvni radiaktivligiga gigienik baho berish usullari 
Havzalardagi suvni radiaktivligini tekshirish quyidagi bosqichlarda olib boriladi: 
1. 
Havzalarni sanitar - topografiyasini tekshirish; 
2. 
Radiometriya tekshirishlarni shu joyda olib borish; 
3. 
Suv, plankton, cho’kmalardan namuna olish; 
4. 
Namunani laboratoriyada radiometriya usullari yordamida tekshirish; 
5. 
Olingan natijalarni analiz qilish va ularni sanitar-gigienik baholash 
6. 
Ohirgi bosqichda tekshirilgan joy yakunidagi aholini nurlangan dozasi 
aniqlanishi zarur. 


Suvdan namuna olish. Ochiq havzalardan suv quyidagi tartibda olinadi: chiqindi 
suvlar tashlanadigan joydan yuqori /kontrol/: bevosita chiqindi suvlar tashlanadigan 
joydan /suvni oqimi bo’yicha/ pastroq - 0,25; 0,5 va 1 km. Tekshiriladigan joyni har 
biridan bir necha namuna olinadi /chuqurligi 0,5 dan, ko’proq yonida va xavzani 
o’rtasida/. Chuqur havzalarda namunalar har xil chuqurliklardan oldinadi. Radiometrik 
tekshirishlarga 0,5 - 1 litr, radiokimyoviy tekshirishlarga esa kamida 10 litr suv olinadi. 
Olingan namunalarni umumiy radiaktivligini aniqlash. 
Laboratoriyaga yetkazilgan namunani porsiyalarga bo’lib, chinni idishlarga quyib 
qurib qolgunicha quritiladi /105
0
S, 2 soat/ 1 litrdagi quruq kodikni og’irligi o’lchanadi. 
Analitik toroz yordamida yupqa pardaga mo’ljallangan 5-8 mg/sm
2
oshmagan 
miqdorda tortiladi. Tekshirish radiometriya asboblari bilan olib boriladi. 
Radiaktiv moddalar bilan tashqi ob'ektlarni qismini ifloslanganlik darajasini aniqlash 
va baho berish. 
Radiaktiv moddalar ochiq ishlatilganda ishchilarni kiyimi va qo’llari, 
laboratoriyadagi asboblar, xonalarning poli, devorlari va havosi ifloslanadi. 
Tekshirishlar stasionar va ko’chma radiometrik asboblar va surtma usuli bilan olib 
boriladi. 
Surtma usuli asboblar bilan tekshirish mumkin bo’lmagan joylarda yoki 
ifloslanganlikga baho berish kerak bo’lgan hollarda qo’llaniladi. Bu usulda ifloslangan 
ob'ektlardan filtrlovchi yoki oddiy kog’oz, doka, paxtali va boshqa materiallar bilan 
radiaktiv moddalar surtilib olinadi. Keyinchalik bu materiallarni radiaktivligi 
o’lchanadi. 
Namuna 100sm
2
satxdan olinadi. 
Ifloslangan ob'ektlarni zararsizlantirishda quyidagi dezaktivasiya usullari 
qo’llaniladi: 
1. 
Mexanik; 
2. 
Fizikaviy; 
3. 
Kimyoviy; 
4. 
Biologik. 
Suvni zararsizlantirishda quyidagi sxema keng qo’llaniladi: koagulyasiya - 
tindirish - mexanik usulda filtrlash - kationit - anionitli filtrlash. /sintetik, organik 
smolalar - espatit - I, EDE - 10, sulfougol, vermikulit/. 
Xavoni zararsizlantirishda turli filtrash sistemalar qo’llaniladi /elektrocho’ktirish 
yuqori effektiv tolali filtrlar - FPP-15/. 
Xona, buyum, asboblar, individual himoya vositalar va qo’llar quruq radiaktiv 
moddalar bilan ifloslanganda namlangan latta bilan artiladi. Suyuq radiaktiv moddalar 
bilan ifloslangan joylarga quruq yutuvchi /qipiq, qum/ materiallar sepiladi. Asosiy 
radiaktiv moddalar olingandan so’ng ifloslangan joy maxsus yuvish moddalari bilan 
yuviladi. Radiaktiv toriy va fosforga qarshi trilon B qo’shilgan sovun, "Novost" Kir 
yuvish poroshogi ishlatiladi, radiy esa - kaolinli sovun va boshqalar. 

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling