«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet23/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Zichlik – Qaymog‘i olinmagan sog‘lom sigirdan olingan sutning zichligi 1,027-1,0033, qo‘yniki 1,034-1,038, echkiniki 1,027-1,038, baytalniki 1,0033-1,035, buyvolniki 1,028-1,030.
Sutning zichligi deganda, moddalar massasining, uning hajmiga bo‘lgan nisbati tushuniladi. Sutning zichligi o‘rtacha 1,030 ga teng, ya’ni suvga nisbatan 1,030 marta og‘irroq. Zichlik sutning tarkibidagi oqsilga, uglevodlarga va tuzlarga bog‘liq. Yog‘ning zichligi-0,9225, sut shakariniki – 1,6103, oqsiliniki- 1,3908, tuzniki- 2,8575.
Yog‘sizlantirilgan quruq sut qoldig‘ining zichligi-1,6105 ga teng. Sutning tarkibiy qismida har xildagi komponentlar ko‘p bo‘lsa, sutning zichligi ortadi. Aksincha, sutda yog‘ miqdori ko‘p bo‘lsa, uning zichligi pasayadi. Og‘iz sutining tarkibida quruq moddalar ko‘p bo‘lganligi uchun zichligi 1,038-1,040 ga teng. Sutga 10% suv qo‘shilsa, uning zichligi 0,003 ga kamayadi. Yangi sog‘ilgan sutda, yog‘larning suyuq holatda bo‘lganligi tufayli va gazi chiqib turganligi uchun zichligi past bo‘ladi.Shuning uchun ham zichlikni aniqlashda bularni hisobga olish kerak
Sutning muzlash nuqtasi
Sutning muzlash nuqtasi minus 0,54odan 0,57ogacha, qaynash nuqtasi 100,16 – 100,20o. Sutdagi tuzning miqdorini o‘zgarishi bilan, sutning muzlash harorati o‘zgaradi. Xloridlarning ko‘payishi bilan muzlash pasayadi. Bu esa o‘z navbatida hayvonning patologik holatidan dalolat beradi. Agar sutga suv qo‘shilib suyo‘ltirilsa, uning muzlashi ortadi.
Sut 80o haroratda qizdirilganda, laktozaning tarkibi o‘zgarishidan, sut kuchsiz sarg‘ish rangga kiradi.
Sutning nisbiy yopishqoqligi
Sutning nisbiy yopishqoqligi o‘rtacha 1,7 dan 2,0 gacha (santipuaz). Sutning yopishqoqlik xususiyatiga oqsilining kimyoviy tuzilishi bevosita ta’sir ko‘rsatadi (ko‘proq kazein). Sutning boshqa tarkibiy qismlari sutning yopishqoqligiga kamdan-kam ta’sir qiladi. Sutning elektr tokini o‘tkazuvchanligi o‘rtacha 38 ∙ 10-4 om gacha.
Bordi-yu, sutga suv qo‘shilsa, uning elektr tokini o‘tkazuvchanligi pasayadi. Hayvonlar ayrim kasalliklarga uchraganda ularni sutining elektr o‘tkazuvchanligi ortadi.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling