«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet30/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Immun tana Har qaysi hayvonlar qonining tarkibida immun tanachalar bo‘lganligi uchun, har xildagi kasallik chaqiradigan mikroblar bilan ko‘rashish qobiliyatiga ega. Bularga antitoksin, agglyutinin, opsonin (oq qon tanachalari, presipitin va boshqalar) kiradi. Immun tanachalar sutda ham bor, lekin og‘iz sutining tarkibida immun tanachalarining bo‘lishligi juda ham katta ahamiyatga ega, chunki bu tanalar orqali yangi tug‘ilgan yosh organizm o‘zini har xildagi kasallik chaqiradigan mikroblardan saqlaydi, hamda yosh organizmda immunitet hosil bo‘lishiga olib keladi.
Sutdagi kamchiliklar (poroki)
Kelib chiqishiga binoan sutdagi kamchiliklar ozuqadan va bakteriyalarning ta’siridan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari hayvonlar kasallanganda, yoki olingan sut noto‘g‘ri saqlashdan, sutda har xildagi kamchiliklar sodir bo‘ladi. Ayrim paytlarda sut o‘tkir ozuqa ta’miga va o‘ziga xos bo‘lmagan hidlarga ega bo‘lib, konsistensiyasi cho‘ziluvchan bo‘ladi va rangi o‘zgaradi.
Gormonlar
Ichki sekresiya bezlari tomonidan ishlab chiqariladigan moddalar gormonlar deb ataladi. Gormonlar oksidlanish – tiklanishda, modda almashinishda, chiqarish, sut hosil bo‘lish jarayonida katta ahamiyatga ega. Misol uchun gipofiz bezining oldingi bo‘limi prolaktin ishlab chiqaradi, prolaktin sut ajralishini yaxshilaydi, tuxumdonni sariq tanasining gormoni lyuteosteron sut ajralishni to‘xtatadi. Bu gormonning jadalligi hayvonlarning bo‘g‘ozligida kuchayadi. Tuxumdonning boshqa gormoni follikulin sut bezi to‘qimalarining taraqqayotiga, o‘sishiga yordam beradi. Sutning tarkibida boshqa gormonlar ham bor oksitosin, tiroksin.


Sutning tarkibi va xususiyatlariga ta’sir qiladigan omillar
Og‘iz sutining fiziko-kimyoviy xususiyatlari va tarkibi (Molozivo)

Sigir va boshqa qishloq xo‘jalik hayvonlari (sut emizuvchilar) tug‘gandan keyin, sut bezlarining birinchi kunlarda chiqaradigan ekskreti-og‘iz suti deb yuritiladi. Og‘iz suti o‘zining kimyoviy tarkibi, fizikaviy va fiziologik xususiyatlariga ko‘ra, oddiy tabiiy sutdan farq qiladi. Og‘iz suti o‘zining tabiatiga ko‘ra, yuqori biologik qiymatga ega, shuning uchun ham yangi tug‘ilgan organizm uchun yagona ozuqa hisoblanadi. Og‘iz sutining tarkibida oqsillarning (15-16%) va globulinning (12,5 – 13 % miqdori yuqori bo‘lib, bu moddalar antitelalarning tashuvchisi hisoblanadi), shuning uchun ham yangi tug‘ilgan organizmni kasalliklardan saqlaydi. Og‘iz sutining tarkibidagi oqsillarning miqdori kundan-kunga kamyib boradi va taxminan 4-6 kundan keyin, og‘iz sutining oqsili oddiy sutning oqsiliga miqdori jihatidan tenglashadi. Oqsil moddalar og‘iz sutining tarkibini quyuqlashtiradi, yopishqoqligini oshiradi va uning zichligi 50o gacha yetishi mumkin. Og‘iz sutining tarkibidagi yog‘ning miqdori, oddiy sutning yog‘iga teng, lekin sifatiga ko‘ra boshqacha.


Laktozaning miqdori og‘iz sutida oz muncha kamroq. Og‘iz sutidagi mineral moddalar 1,21-1,22 % ni tashkil etadi, ya’ni bu oddiy sutdagiga nisbatan ikki barobar ko‘p, kalsiy bir yarim barobar ortiq. Og‘iz sutining tarkibida ham bir qancha mikroorganizmlar bo‘ladi. Birinchi kunlarda sog‘ib olingan og‘iz sutining tarkibidagi quruq modda uch barobar ko‘p (32,5 % gacha), shuning uchun ham og‘iz sutining zichligi yuqori. Birinchi kunlarda sog‘ib olingan og‘iz sutining kislotaliligi yuqori 35-50oT gacha yetishi mumkin. Og‘iz sutining yuqori darajadagi kislotaliligi, uning immunobiologik xususiyatlari bilan bog‘langan.
Og‘iz sutining tarkibiy qismi birikmalarining miqdori va uning fiziko-kimyoviy xususiyatlarining o‘zgarishi hayvonlarning zotiga, yoshiga, ozuqlanishiga, yashash sharoitiga, sog‘ligiga va boshqa ko‘pgina omillarga bog‘langan bo‘lib, og‘iz suti asta-sekinlik bilan oddiy sutga aylana boradi. Og‘iz sutining tarkibida, og‘iz sutining tanachalari va leykotsitlar bo‘lishi tabiiy. Og‘iz sutining tarkibidagi ayrim leykotsitlar quyidagicha (G.Tinyakov bo‘yicha) %:
Bazafillar 0,5 – 1
Eozinofillar 2 – 6
Tayoqcha yadroli neytrofillar 2 - 4
Segment yadroli neytrofillar 20 - 28
Limfotsitlar 55 - 64
Monositlar 5 – 12
Og‘iz sutining o‘ziga xos belgisi uning tarkibida monosit yadrolarining mavjudligi bo‘lib, monosit yadrolar zich, sharsimon tuzilishga ega va diametri 20 dan 80 mkm gacha. Agar og‘iz suti sinchiklab mikroskopning tagida tekshirilganda, sut bezining chiqaruv teshiklaridagi epiteliyalarini topish mumkin. Sog‘lom sigirlardan olingan og‘iz sutining rangi tiniq – sariq yoki aniq – sariq, chunki uning tarkibida shu rangni beruvchi pigment-karotin mavjud. Og‘iz sutining ta’mi tuzliroq, bunday bo‘lishiga sabab, tarkibida ko‘p miqdorda tuzlar mavjud, lekin laktozaning miqdori kamroq. Og‘iz sutining hidi o‘ziga xos bo‘lib, tarkibida A, D, E vitaminlari ko‘p bo‘lganligi yosh organizmning o‘sishiga, taraqqiyotiga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Og‘iz sutining tarkibida mineral moddalarning yetarli mig‘dorda bo‘lishi ovqat hazm qilishdagi fermentativ jarayonni yaxshilaydi va suyak to‘qimalarining hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Og‘iz sutining tarkibida gipofizning prolon va tuxumdonning follikulin gormonlari topilgan.
Og‘iz sutining yuqori darajada kislotali bo‘lishi, oshqozon – ichak sistemasining ishlariga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Og‘iz suti tabiy toza holatda, yoki oddiy sutga aralashtirilganda, ulardan sut mahsulotlari tayyorlash mumkin emas (sariyog‘, pishloq). Sariyog‘ olish uchun sigir tug‘gandan keyin 5 – 6 kundan keyingi sutini ishlatish mumkin, pishloq tayyorlash uchun 8 – 10 kun o‘tishi kerak. Sutni ekspertiza qilishda va bu sutdan sariyog‘, pishloq ishlab chiqarishga yuborayotganda, shu narsani nazarda tutish kerakki, sutning tarkibiga og‘iz suti qo‘shilmagan bo‘lishi kerak. Agar oddiy sutning tarkibiga, og‘iz suti qo‘shilgan bo‘lsa, uni aniqlashning usuli yo‘q, lekin shunga qaramsadan, vetsanekspert sutning organoleptik va boshqa o‘zgarishlarini hisobga oladi.



Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling