«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet33/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Sutni tashish
Sutni yig‘ishtiradigan punktlarga va sut zavodlariga olib borish uchun flyaga va sisternalar ishlatiladi (hajmi 2 dan 20 ming)
l). Bular issiqlikni o‘tkazmaydigan materiallar bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Ayrim paytlarda temir yo‘l sisternalaridan foydalaniladi (hami 30 t). Sisternaning ichidagi sutning harorati 1,5-2o bo‘lishi kerak.
Sut bilan to‘ldirilgan flyagalarning og‘ziga rezina halqalari qo‘yib yopiladi.
Yozda flyagalar sut bilan qopqog‘igacha to‘ldirilishi kerak, chunki to‘ldirmasa chayqalib, yog‘ ajralishi mumkin. Qishda u darajada to‘ldirilmasa ham bo‘ladi. Sutni tashib olib borishda, yozda isib ketmasligi va qishda muzlamasligi uchun flyagalar tashqi tomonidan biror himoya qiladigan narsa bilan yopilishi lozim. Hozirgi vaqtda sutni tashish markazlashtirilgan usulda tashkil qilinib, bunda issiqlik va sovuqlikni o‘tkazmaydigan vagonlar yoki avtotsisternalar ishlatiladi. Zaharli va yomon hid chiqaradigan moddalar bilan sutni tashib borish taqiqlanadi.


Sutdagi kamchiliklar (poroki)
Kelib chiqishiga binoan sutdagi kamchiliklar ozuqadan va bakteriyalarning ta’siridan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari hayvonlar kasallanganda, yoki olingan sut noto‘g‘ri saqlashdan, sutda har xildagi kamchiliklar sodir bo‘ladi. Ayrim paytlarda sut o‘tkir ozuqa ta’miga va o‘ziga xos bo‘lmagan hidlarga ega bo‘lib, konsistensiyasi cho‘ziluvchan bo‘ladi va rangi o‘zgaradi.
7-mavzu. Separator va sutni separatlash
Reja:

1.Sutni separatlash


2.Separatorning tuzilishi
3.Separator turlari
4.Sutni separatlashga ta’sir etuvchi omillar

Separatorning asosiy ishchi organi bo‘lib, baraban hisoblanadi. U markazdan qochma kuch ta’sirida ish bajaradi. Shu kuch ta’sirida sut 2 qismga: zichligi 1,036 bo‘lgan yog‘siz sut va zichligi 0,92-1 g/sm3 bo‘lgan qaymoqqa ajraladi.


Separatorlar sutning qaymog‘ini ajratishdan tashqari sutni tozalashda ham undan foydalaniladi (tozalash barabani qo‘yiladi). Separatorlar ixtiro qilinguncha sutning qaymog‘i sut yog‘ining boshqa tarkibiy qismlariga nisbatan solishtirma og‘irligining yengilligiga asoslanib tindirib, guvida pishish yo‘li bilan ajratib olingan.
Sut sanoati va xo‘jaliklar uchun ishlab chiqariladigan separatorlar qaymoq ajratadigan va me’yorlashtiriladigan (bir xil yog‘likdagi sut chiqarib beradigan), sutni tozalaydigan va yog‘ donachalarini parchalaydigan hamda bakteriyalarni ajratadigan xillariga bo‘linadi.
Tuzilishiga qarab ochiq, yarim ochiq va germetik separatorlar mavjud. Ochiq separatorlarda sut, ajragan qaymoq va qaymog‘i olingan sut bevosita havo ta’sirida bo‘ladi. Yarim ochiq separatorlarda faqat tushadigan sut ochiq, qaymoq va qaymog‘i olingan sut yopiq sharoitda olinadi.Germetik separatorlarda barcha jarayonlarber sharoitda kechadi.
Fermer xo‘jaliklarida asosan qo‘l kuchi va elektr bilan ishlaydigan yarim ochiq separatorlar ishlatiladi. Yarim yopiq separatorlar kamida 3 tonna sutga ishlov beruvchi xo‘jaliklarda ishlatiladi.
Yirik sutchilik komplekslari va sutni qayta ishlash korxonalarida faqat yopiq separatorlar ishlatiladi.
50-600 kg sutni bir soatda qaymog‘ini ajratadigan separatorlarda qaymoq sut nisbati 1:4 dan 1:10 gacha, 1 soatda 1000-2000 kg sutni qaymog‘ini ajratadigan separatorlarda 1:4 dan 1:12 gacha bo‘ladi. Hamma separatorning ishlash asosida markazdan qochirma kuch bo‘lib u baraban aylanishi natijasida ancha yengil yog‘ baraban markaziga, biroz og‘ir qaymog‘i olingan sut baraban chetiga to‘planadi va alohida shoxlar tarnovlardan tashqariga oqib turadi. L.V.Chekulayeva ma’lumotlariga qaraganda 15 % yog‘lilikka ega qaymoqning solishtirma og‘irligi 108
1,017, agar yog‘lilik 50 % ga yetkazilsa 0,978 g/sm3ga teng bo‘ladi, yoki qaymoqning yog‘liligi ortishi bilan uning solishtirma og‘irligi pasayib boradi. Sutni separatlash natijasida u tozalanadi, ya’ni uning barcha iflosliklari baraban ichki yuzasiga to‘planib, baraban quyuqligi sifatida vaqti-vaqti bilan tozalab turiladi.
Barcha separatorlar tuzilishi, unumdorligi, shakli, shamoyili va harakatga keltirisht manbaiga qaramasdan bir xil bo‘ladi. Bir separator tuzilishini bilish bilan boshqa rusumdagi separatorlarni ham ishlatish mumkin. Barcha separatorlar quyidagi qismlardan iborat. Sut idishi, baraban, harakatga keltirish uskunasi va korpus.

12 – rasm. “Volga” rusumli seporator kesimi.
1 – separatorning korpusi; 2 – korpusning qopqog‘i; 3 – moyni chiqarib tashlash vinti; 4 – aylantirish dastasi; 5 – yuqorigi valik; 6 – katta tishli g‘ildirak; 7 - kichik tishli g‘ildirak; 8 – ostki valik; 9 – bronza g‘ildirak; 10 – urchuq; 11 – ko‘tarib turgich; 12 - ko‘tarib turgichni toblash vinti; 13 – sharikli podshipnik; 14 – xropovik; 15 – ko‘tarib turuvchi vtulka; 16 – bo‘yin podshibniki; 17 – podshipnik prujinasi; 18 – baraban; 19 – sut qabul qilgich; 20 – jumrak; 21 – poplovok kamerasi; 22 – poplovok; 23 – qaymov to‘plagich; 24 – qaymog‘i olingan sut to‘plagich; 25 – qo‘ng‘iroq; 26 – xarakatga keltirish mexanizmini yechib, yig‘ish uchun qopqoq.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling