«veterinariya sanitariya ekspertizasi» kafedrasi “tasdiqlayman”


Download 3.15 Mb.
bet34/266
Sana31.01.2024
Hajmi3.15 Mb.
#1829713
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   266
Bog'liq
Sut va sut mahsulotlari 2023-yil majmua

Sut idishi. Sut idishiga quyidagilar kiradi.: 1. Sut qabul qilish qismi. U faqat ochiq separatorlarda bo‘ladi.U oddiy idish bo‘lib o‘rtasida sutni separatorga ko‘p yoki kam berishni boshqarib turadigan jo‘mragi bor. Sut qabul qilish idishning tashqi davrida «O» va «Z» harflari tushirilgan, agarda jo‘mrakning egilgan boshi «O» harfiga qaratilgan bo‘lsa u ochiq, «Z» harfiga qaratilgan bo‘lsa yopiq bo‘ladi.
2. Poplavok kamerasi, unga sut qabul qilish idishidan tushib turadi. 3. Poplavok u sutni barabanga bir zaylda berib turadi. 4. Yig‘ma tarnovlar biri qaymoq va ikkinchi qaymog‘i olingan sut uchun.



13 – rasm. SOM-3-1000 separatorining kesimi.
1 – popalavok; 2 – poplavokli kamera nayi; 3 – poplavok kamerasi; 4 – qaymoq yig‘gich; 5 – qaymog‘i olingan sut to‘plagich; 6 – baraban; 7 – stanina; 8 – bo‘yin podshipnigi; 9 – qopqoq; 10 – katta shesterna; 11 – qayishli xarakat uzatgich; 12 – elektro dvigatel; 13 – taranglash qurilmasi; 14 – asosi; 15 – ko‘tarib turgich; 16 – vertikal val (urchuq); 17 – gorizontal val; 18 – moylash moyi.
Baraban u separatorning asosiy qismi bo‘lib unda markazdan qochirma kuch evaziga sut qaymoq va qaymog‘i olingan sutga ajratiladi. Barabanning aylanishi baraban radiusi va unumdorligiga qarab 1 minutda 6,5 mingdan 11 ming martagacha aylanadi. Barabanda nayli tag bo‘lib uning asosini tashkil qiladi. Taglik atrofi bo‘ylab rezina xalqa va kojuxning devorini zich o‘tirish uchun 111 kemtiklar bo‘ladi. Temir nayning ustki qismida rezbasi, markazida esa 3 ta teshigi bo‘ladi. Nay pastrog‘ida u bo‘lma yordamida ustki va ostki qismlarga bo‘linadi.Ustki qismi sut kirishini ta’minlaydi, pastki qismi urchuqqa o‘tkazish uchun ishlaydi. Rezina xalqa tag va kojuxni germetik yopishishini ta’minlaydi.



14 – rasm. Separatorni urchug‘i va barabani.
a – baraban: 1 – baraban asosi quvuri bilan; 2 – rezina xalqa; 3 – tarelka ushlab turgich; 4 – ostki tarelka; 5 – o‘rta tarelkalar; 6 – ustki ajratuvchi tarelka qaymoq vinti bilan; 7 – baraban kojuxi; 8 – qisish gaykasi. b – urchuq (vertikal val): 1 – urchuq o‘yiqlari; 2 – urchuqni ko‘tarib turuvchi soqasi bilan; 3 – urchuqni ko‘tarib turgich vinti kontragayga bilan; 4 – tayanch xomuti; 5 – bo‘yin podshipnigi prujina bilan; 6 – bo‘yin podshipnigining qopqog‘i; 7 – urchuqning o‘rnatish uyasi.

Download 3.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling