Vi – mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari – korxonaning iqtisodiy darajasining va uning raqobatbardoshligining eng muhim ko’rsatkichi
Download 141.02 Kb.
|
6-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- О‘zgarmas xarajat(FC)
- О‘rtacha о‘zgarmas xarajat
- TC = FC + VC
Qaytarilmaydigan xarajatlar. Qaytarilmaydigan xarajatlar oldin qilingan xarajatlar bо‘lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas. Bu xarajatlar qaytarilmasligi uchun ham firmaning qaror qabul qilishiga ta’sir qilmaydi. Masalan, firma 100 ming sо‘mga maxsus uskuna sotib oladi, lekin firmani qarori о‘zgaradi va bu uskuna umuman kerak bо‘lmay qoladi, undan alternativ foydalanish varianti mavjud emas. Firma ushbu uskunani 60 ming sо‘mga sotib, 40 ming sо‘m zarar kо‘rdi, 40 ming sо‘m qaytarilmaydigan xarajat hisoblanadi.
О‘zgarmas xarajat(FC) – bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bо‘lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham о‘zgarmaydigan xarajat). О‘zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish uskunalaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta’mirlash, ma’muriy xarajatlar kiradi. О‘rtacha о‘zgarmas xarajat – bu bir birlik mahsulotga tо‘g‘ri keladigan о‘zgarmas xarajat bо‘lib, u quyidagicha aniqlanadi: О‘rtacha о‘zgarmas xarajat mahsulot hajmi oshishi bilan kamayib boradi. О‘zgaruvchan xarajat(VC) – bu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bо‘lgan xarajat, ya’ni ma’sulot hajmi oshganda yoki kamayganda о‘zgaradigan xarajat. О‘zgaruvchan xarajat Q ga bog‘liq funksiya bо‘ladi. О‘zgaruvchan xarajatlarga xom-ashyoga, elektroenergiyaga, gazga, yordamchi materiallarga bо‘lgan xarajatlar hamda ish haqi kiradi. О‘zgaruvchan xarajatlar shunday xususiyatga egaki, ishlab chiqarishning boshlang‘ich qismida, ularning о‘sishi sur’ati mahsulot ishlab chiqarish sur’atidan yuqori bо‘ladi, ishlab chiqarish hajmi optimal о‘lchovga erishganda о‘zgaruvchan xarajatlar kamayib, undan keyin yana oshadi. О‘rtacha о‘zgaruvchan xarajatlar: bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotlarga tо‘g‘ri keladigan о‘zgaruvchan xarajat bо‘lib, u о‘zgaruvchan xarajat miqdorini ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga nisbati bilan aniqlanadi: О‘rtacha xarajatlar firma optimal texnologik razmerga (optimal ishlab chiqarish hajmiga) erishganda о‘zining minimal qiymatiga erishadi ishlab chiqarish hajmi yana oshsa, о‘rtacha xarajat ham oshib boradi (bu yerda boshqarishning murakkablashuvi, samarali bо‘lmagan resurslardan foydalanish, о‘zgaruvchan xarajatlarni oshishiga sabab bо‘ladi). О‘rtacha о‘zgaruvchan xarajat firma faoliyatini tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Uning yordamida firma faoliyatining samaradorligi aniqlanadi. Firmaning muvozanat holati va kelajakdagi istiqboli (ishlab chiqarishning kengaytirish, qisqartirish yoki tarmoqdan chiqish) belgilanadi. Umumiy xarajatlar qisqa muddatli oraliqda ma’lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan о‘zgarmas va о‘zgaruvchan xarajatlarning yig‘indisiga teng: TC = FC + VC bu yerda FC – о‘zgarmas xarajat, VC – о‘zgaruvchan xarajat. Umumiy xarajatni ba’zi hollarda TS о‘rniga S bilan ham belgilaydi. О‘rtacha umumiy xarajatlarni umumiy xarajatni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga bо‘lish yо‘li bilan aniqlash mumkin: О‘rtacha umumiy xarajatlar firma faoliyatini tahlil qilishda asosiy kо‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. О‘rtacha umumiy xarajat bilan narx о‘rtasidagi farq orqali firmaning olayotgan foydasi yoki zarari aniqlanadi. Chegaralangan xarajatlar – bu ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorda (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog‘liq bо‘lgan umumiy xarajatdir. Optimal hajmdan keyingi ishlab chiqarish hajmining о‘sishiga kam samarali resurslarni ishlab chiqarishga jalb qilish, ishlab chiqarish kо‘lamining ortiqcha kengayishi natijasida boshqaruv samaradorligining kamayishi, xarajatlarning ortishi natijasida chekli xarajatlar о‘sib boradi. Download 141.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling