Vi – mavzu. Ishlab chiqarish xarajatlari – korxonaning iqtisodiy darajasining va uning raqobatbardoshligining eng muhim ko’rsatkichi


Download 141.02 Kb.
bet3/5
Sana02.11.2023
Hajmi141.02 Kb.
#1741132
1   2   3   4   5
Bog'liq
6-Mavzu

6.2. Korxona tannarxining turlari

Ishlab chiqarish xarajatlari ma’lum bir tovarni yaratish va sotish uchun sarflangan barcha omillarning pulda ifodalanishidir. Ishlab chiqarish xarajatlarini tannarx deb aytiladi. Mahsulot tannarxining tarkibiga xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy vositalarning amortizatsiyasi va joriy remonti sarfi, ish haqi va boshqa ishlab chiqarish va sotish xarajatlari kiradi.


Mahsulot tannarxi tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) tovar ishlab chiqarishga tayyorgarlik kо‘rish va uni amalga oshirish sarflari; 2) tovar ishlab chiqarish xarajatlari; 3) mehnat haqi sarfi; 4) tabiiy xom ashyodan foydalanish xarajatlari; 5) texnika va texnologiyani takomillashtirish xarajatlari; 6) mahsulot sifatini yaxshilash xarajatlari; 7) ishlab chiqarishga xizmat kо‘rsatish xarajatlari; 8) mehnatni muhofaza qilish va texnika xafsizligi xarajatlari; 9) ishchi kuchini yollash xarajatlari; 10) tabiiy fondlardan foydalanish xarajatlari; 11) kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari; 12) ishchilarni tashish xarajatlari; 13) xodimlarga pul yordami va mehnat ta’tili uchun pul berish xarajatlari; 14) sotsial straxovaniye, pensiya tо‘lash, ishsizlik nafaqasi tо‘lash fondlariga pul tо‘lash; 15) kredit uchun foiz tо‘lash xarajatlari; 16) mahsulotni sotish xarajatlari (о‘rash, saqlash, tashish); 17) amortizatsiya va joriy remont xarajatlari;
Xarajatlarning miqdori resurslarning bahosiga hamda ishlab chiqarish texnologiyasiga bog‘liq bо‘ladi. Ishlab chiqarish resurslarning bahosi bozordagi talab va taklifga bog‘liq bо‘ladi. Materiallarni iqtisod qilish qо‘llaniladigan texnologiyaga bog‘liq.
Maxsulot tannarxi unga sarflanadaigan xom ashyolarning manbaiga kо‘ra ikkiga bо‘linadi:

  • Umumiy tannarx

  • Ishlab chiqarish tannarxi

Umumiy tannarx – maxsulot ishlab chiqarishdan istemolchiga yetkazib borguncha ketgan xarajatlarning puldagi ifodasi.
Ishlab chiqarish tannarxi – ishlab chiqarishdan korxona omborigacha qilingan xarajatlar. Bunda sotish xarajatlari va ustama xarajatlar qushilmaydi.



Download 141.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling