Vi-bob. Bir yillik va ikki yillik dorivor o‘simliklarni yetishtirish agrotexnikasi
Download 53.78 Kb.
|
BIR YILLIK VA IKKI YILLIK DORIVOR O‘SIMLIKLARNI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI
VI-bob. BIR YILLIK VA IKKI YILLIK DORIVOR O‘SIMLIKLARNI YETISHTIRISH AGROTEXNIKASI 6.1. Bir yillik dorivor o‘simliklarni yetishtirish agrotexnikasi Inson hayotini o‘simliklar olamisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Kishilar doimo o‘simliklar bilan birga ularning mo‘jizalari orasida mangu tabiat bag‘ridagi yashil dunyo mo‘jizalari bilan to‘lib toshgan. Tabiat voyaga yetkazgan har niholni ona bolasini e’zozlaganidek avaylab keladi. Uning unib o‘sishiga, barq urib yashnashiga va nasil qoldirib asrlar osha barhayot bo‘lishiga doimo ko‘maklashib keladi. Ko‘hna tabiat mahsuli bo‘lmish o‘simliklar dunyosi insonlarni oziqlantirish, kiyintirish, nozu - ne’matlari bilan tanga rohat baxsh etish, nafis nazokati bilan estetik zavq berishi bilangina emas, evalyutsiya jarayonini o‘zida mujassamlashtirilgan ichki dunyosi, aql bovar qilmaydigan biologik xususiyatlari, salobatli shox-shabbasi, ularning umrboqiyligi, hayvonlar singari tirik mavjudotlar bilan oziqlanishi kelgusi avlodlarni o‘z bag‘rida voyaga yetkazib mustaqil hayotga yo‘llanma berish kabi irsiy belgilari bilan ham necha asrlardan beri o‘ziga rom etib keladi. Yer kurrasida o‘simlik o‘chramaydigan maskan kam topiladi desak mubolag‘a bo‘lmasa kerak. U okean va dengizlarda, daryo va ko‘llarda, kimsasiz jazirama cho‘l sahrolarda qoyalarda va g‘orlarda, qir adirlarda buyuk tog‘ va yaylovlarda, go‘zal bog‘larda, shuningdek har bir xonadonda ham topiladi. Bugunga kelib yer yuzida 500 mingga yaqin o‘simlik turlari borligi aniqlangan. O‘simliklar dunyosi tabiat boyliklaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda ayniqsa dorivor o‘simliklarga bo‘lgan ishtiyoq nihoyatda zarur bo‘lib bormoqda. Insonning yashashi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat, dori-darmon, vitamin shakar moddalari, yog‘lar, efir moylari va boshqa mahsulotlar o‘simliklardan olinadi. O‘simliklar o‘z navbatida tabiiy kimyoviy labaratoriya vazifasini o‘taydi va murakkab tuzilgan organik birikmalarni sintez qiladi. Bu birikmalar esa xalq xo‘jalikning turli tarmoqlari uchun qimmatbaho xom-ashyo manbalari bo‘lib hisoblanadi. Shu sababli yovvoyi o‘simliklarni o‘rganish va ulardan unumli foydalanish xalq xo‘jaligimizning asosiy vazifalaridan biridir. Download 53.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling