Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi


Download 1.92 Mb.
bet35/84
Sana30.01.2024
Hajmi1.92 Mb.
#1809090
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84
Bog'liq
BO\'G 6-9- boblar

Aerasiya sharoitlariga kо‘ra, barcha iqlimiy xududlardagi maktablardagi uchastkalar shamol oqimlari sekinlashgan, shamolni tusuvchi bino orqasida hosil bо‘lgan aerodinamik (shamoliy) soya xududida joylashtirilishi zarur. Aerodinamik soya xududi deb tusuvchi obyekt orqadan 5 balandlikda bо‘lgan xududga aytiladiki, bu yerda shamol tezligi kamida 2 marta pastroq bо‘ladi.
Umumiy tipdagi maktabgacha muassasalarda yer uchastkalarining о‘lchami bir joy uchun qо‘yidagi sig‘imlarda bо‘lishi kerak: 100 о‘ringacha – 40 m2 ; 100 о‘rindan kо‘p – 35 m2 ; 500 о‘rindan kо‘p bо‘lgan yasli-bog‘cha majmualarida – 30 m2.
Yer uchastkalarining о‘lchami iqlimiy xududlarda 30 – 40 foizgacha; qayta tamirlash sharoitida – 25 foizgacha; yer tuzilishi 20 foizdan ortiq nishab bulgan yerlarda joylashganda – 15 foizgacha; yangi qurilgan mavzelarda 10 foizgacha (kukalamzorlashtiriluvchi maydonning qisqartirilishi hisobiga) kamaytirilishi mumkin.
Maktabgacha muassasalarining yer uchastkalarida guruhli uyinlar, jismoniy tarbiya mashqlarini bajarish, meva va sabzavotlarni yetishtirish, xо‘jalik uchun mо‘ljallangan maydonchalar joylashtiriladi. Maktabgacha muassasa uchastkasi aniq funksional xududlashtirilib, unda guruhli о‘yinlar maydonchalari ushbu guruhlarning binosidan chiqish joyiga iloji boricha yaqinlashtiriladi; bolalarning yо‘li xо‘jalik maydonchasidan kesib о‘tmasligi lozim.
Kо‘kalamzorlashtirish uchastkadagi obodonlashtirishning muhim tarkibiy qismi va maqbul sog‘lomlashtiruvchi sharoitlarni shakllantiruvchi vosita bо‘lib, havo harorati, namligi, quyosh radiasiyasi, shahardagi atrof-muhitning salbiy omillari susayishiga bevosita tasir о‘tkazadi. Maktabgacha muassasa uchastkasi hududini kо‘kalamzorlashtirish kamida 50 foizni tashkil etishi lozim. Yangi binolarni qurishda mavjud bо‘lgan yashil о‘simliklar iloji boricha saqlab qolinadi. Yashil nihollar maydoni, maysazorlar, gulzorlar, mevazor-tomorqalar va jismoniy tarbiya hamda guruhli о‘yin maydonlari uchastkasining kо‘kalamzorlashtiruvchi maydoni hisobiga kiradi. Maktabgacha muassasa uchastkalarining kо‘kalamzorlashtiruvchi maydoni bitta о‘ringa kamida 16 m 2 joy egallashi, shu jumladan, maysazor va gulzorlar – 7 m 2 dan, yasli-bog‘cha majmualarida – 14 m 2 dan kam bо‘lmasligi lozim. Qayta ta’mirlash sharoitida, yer uchastkalari о‘rmon yoki bog‘lar hududiga bevosita tutashib ketgan holatlarda kо‘kalamzorlashtirish maydoni 50 foizgacha kamaytirilishiga ruxsat beriladi. Daraxt va butalardan uchastkaning perimetri bо‘yicha kengligi 1,5 metrdan kam bо‘lmagan, kо‘cha tomondan esa 6 metrdan kam bо‘lmagan yashil himoya yо‘lagi tashkil etish tavsiya qilinadi. Binoning haddan tashqari soya bо‘lib ketishining oldini olish uchun butalarni binodan 5 metrdan uzoqroq, daraxtlarni – 10 metrdan kam bо‘lmagan masofada ekish tavsiya etiladi. Kо‘kalamzorlashtirishda mevali daraxtlar ekishga ruxsat beriladi.

Download 1.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling