Vi bob. Bolalar va о‘smirlarning ratsional ovqatlanishi
Download 1,92 Mb.
|
BO\'G 6-9- boblar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.14 rasm. О‘quvchini о‘tirishida egilish burchaklari . I
7.10 – rasm. Ikkifunksiyali xona
7.11 – rasm. 7 ta ishchi yuzali sinf doskasi. О‘quv xonalarini jihozlashda о‘tish yо‘laklari va oraliq masofalarning qо‘yidagi о‘lchamlariga rioya qilinishi shart: ikki о‘rinli stollar orasi-60 sm. dan kam emas; stollar qatori orasi va tashqi bо‘ylama devor orasi-50-70 sm.dan kam emas; stollar orasi va ichki bо‘ylama devor (tusiq) yoki ushbu devor yoniga qо‘yilgan shkaf orasi-50-70 sm.dan kam emas; eng sо‘ngi stollardan sinf doskasiga qarama-qarshi tomondagi devor (tо‘siq) orasi-70 sm., orqadagi tashqi devordan-100 sm.dan kam emas; devor orqasida ham sinflar bо‘lgan taqdirda-120 sm. tajriba-namoyish stolidan to о‘quvchilar doskasigacha-100sm.dan kam emas; birinchi partadan о‘quv doskasigacha-2,4-2,7 m.; sо‘ngi о‘quvchi joyining о‘quv doskasidan uzoqligi-860 sm.; о‘quv doskasi pastki chekkasining yerdan balandligi-80-90 sm. doskaning kо‘rinish burchagi (3 metr uzunlikdagi doska chekkasidan to oldingi stol yonidagi sо‘ngi о‘quvchi joyining о‘rtasigacha) maktabning II-III bosqich о‘quvchilari uchun 35 0 dan kam bо‘lmasligi va 6-7 yoshli о‘quvchilar uchun 45 0 kam bо‘lmasligi lozim. Partalar, stol va stullar sinfda raqamlariga qarab joylashtiriladi: kichiklari-о‘quv doskasiga yaqinroq, kattalari-uzoqroq; kо‘rish va eshitish qobiliyati past bolalar uchun, о‘lchamidan qat’i nazar, oldinga qо‘yiladi. Kо‘rish kо‘zoynak yordamida tо‘g‘rilangan о‘quvchilar istalgan qatorda о‘tirishlari mumkin. Revmatik xastaliklari bor, tez-tez kasal bо‘ladigan (angina, yuqori nafas yо‘llarining о‘tkir yalliglanishlari) bolalarni tashqi devordan uzoqroq о‘tkazish lozim. 7.14 rasm. О‘quvchini о‘tirishida egilish burchaklari . I-boshni egilish burchagi; II-umurtqa pog‘onasining kо‘krak sohasining egilish burchagi; III-tananing egilish burchagi; IV-tizza egilish burchagi; V-tovon egilish burchagi. Yiliga kamida 2 marta I va II qatorda о‘tiruvchi о‘quvchilar mebellarning bо‘yga mosligini buzmagan holda joylarini almashtirishlari lozim. Dars jarayonida о‘qituvchining bolani kuzatishi tо‘g‘ri gavda vaziyatidagi meyordan chetlanishlari payqashga va keyin uni tо‘g‘rilashga imkon beradi. Kuzatuvlarni muayyan о‘lchashlar bilan obyektivlashtirish mumkin: о‘quvchining kо‘zidan stolgacha bо‘lgan masofa (qaralayotgan buyumlar bilak va barmoqlar uzunligi-о‘rtacha 31 sm.ga teng masofada turishi kerak); stol qopqogining orqa qirrasi va о‘rindiqning oldingi qirrasi orasidagi masofa manfiy bо‘lishi kerak (urindiq 1-gurux stullarida stol qirrasidan 4 sm; 2-3 guruxda-5-6 sm, va 4-6-guruxda 7-8 sm. ichkariga kirib turishi kerak). Stoldagi ish joyi kengligi ikkita bilakning barmoqlari yeyilgandagi uzunligi va erkin о‘tirish uchun 3-4 sm. qо‘shilganiga teng bо‘ladi. Stul balandligi boldirlar uzunligiga poshna balandligi uchun 2 sm qо‘shilganiga teng bо‘ladi. Stol chuqurligi sonning 2/3 uzunligidan kam bо‘lmasligi va ¾ uzunligidan kо‘p bо‘lmasligi lozim. О‘quvchining tо‘g‘ri о‘tirishini aniqlash uchun о‘quvchilarning fotosuratdagi gavda holati bо‘yicha goniometriya yordamida (7.14-rasm) bо‘g‘inlar burchak kattaliklarini maqbul kо‘rsatkichlari (7.18-jadval) bilan taqqoslab aniqlash mumkin. 7.18-jadval Download 1,92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling