Rang Yerdan balandlik, mm. da
Qovoqrang 1000 dan 1150 gacha
|
Binafsha rang 1150 dan 1300 gacha
|
Sariq 1300 dan 1450 gacha
|
Qizil 1450 dan 1600 gacha
|
Yashil 1600 dan 1750 gacha
|
Xavorang 1750 dan yuqori
|
Bu chizg‘ich yordamida о‘quvchilar mustaqil ravishda о‘z bо‘ylarini о‘lchashlari va kerakli mebelning rang belgisini aniqlashlari mumkin.
Mebelda fabrikaning rang belgisi bо‘lmagan holda uni tibbiy xodimlar aniqlashadi. Buning uchun santimetrli о‘lchov tasmasi yordamida parta yoki stol va stulning asosiy о‘lchamlari о‘lchanadi va olingan raqamlar mos tushuvchi SanMvaQ bilan taqqoslanadi. Eng avvalo, stol va stulning balandligi, keyin esa qolgan barcha о‘lchamlarning mos tushishiga diqqat qaratiladi.
7.4 rasm. Metal trubadan 7.5 rasm. Bitta о‘rinli
tayyorlangan stol va stul. parta.
7.6 rasm. Ikki о‘rinli parta. 7.7 rasm. Balandlik buyicha
boshqariladigan parta-monoblok
О‘quvchining bо‘yini bilgan holda (ma’lumotlar individual karta-026 sonli formada bо‘ladi) va unga poshna hisobidan 2 sm qо‘shib, bola uchun mos keluvchi parta yoki stol va stul guruhini aniqlash mumkin. (7.8-7.12 rasmlar)
7.8 – rasm. Rasm va chizmachilik xonasi jihozlari.
Fizika va kimyo о‘quv xonalari maxsus kо‘rgazmali stollar bilan jihozlangan bо‘lib, ularda tasvir tushiruvchi uskunalarni boshqarish pulti, suv quvurlari, elektr va oqava suv quvurlari о‘tkazilgan bо‘lishi kerak. О‘quv-kо‘rgazmali qurollar yaxshiroq kо‘rinishi uchun ularni xonaning turidagi namoyish stoliga о‘rnatish tavsiya etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |